DARS ISHLANMA Mavzu: Axborot xavfsizligi xakkerlik. Kiberxavfsizlik masalalari
Maqsad:
1) talimiy: axborotlarni xavfsizligini ta’minlash bo’yicha o’quvchilarga tushuncha berish;
2) tarbiyaviy: nomaqbul ma’lumotlardan foydalanmaslik;
3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarda shaxsiy ma’lumotlarini himoyalashni amalga oshirish.
DTS: Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha amaliy va nazariy ko’nikmlalar berish.
Dars turi:Aralsh. Bilim va ko‘nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
O‘qitish usullari: blits-so‘rov, mustaqil ishlash.
O‘qitish shakllari: yakka,
O‘qitish vositalari: Kompyuter, proyektor, MS PowerPointda dars uchun slaydlar, ko’rsatmali karta, ekran. tarqatma materiallar, dаrslik.
Monitoring va baholash: og‘zaki va test nazorati, amaliy vazifalar; 5 ballik tizimda baholash
Asosiy tushunchalar:
Axborot, axborot xavfsizligi, xakker, kiberxavfsizlik, ijtimoiy tarmoqlar, login, parol, avtorizatsiya, identifikatsiya, foydalanuvchi huquqlari, password manager, password generator, murakkab parol
DARSNI BORISHI:
I. Tashkiliy davr (3 minut)
1) salomlashish;
2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash (10 minut)
“Interaktiv Krossvord” (Izoh № 1)
III. Yangi mavzuni o`rganish. (20 minut)
Taqdimot orqali ko’rgazmali prezentatsiya (Izoh № 3)
Amaliy ko’rsatish (Izoh № 4)
IV. Mustahkalamsh (10 minut)
“Interaktiv savollar” (Izoh № 6)
V. Uyga vazifa (2 minut) uyga vazifa qilip darsimizning so'ngidagi savol va topshiriqlarni bajarip kelish.
Izohlar
1.O’quvchilarning diqatlarini tekshirish va tortish uchun bitta ekisperimen qo’llayman.
2.Takrorlash qismida o’tilgan mavzu bo’yicha savol javob o’tkazaman savol javop krasvord shaklida boladi . Savolni o’qib eshittirgach, javobni bilgan o’quvchi qo’lini ko’tarib javob beradi. Bu o’quvchilarning darsga faolligini ham oshiradi. Quyidagi o’tilgan mavzu bo’yicha tuzilgan savollar beriladi:
Savollar
1. Axborot nima?
2. Axborotni biz qanday tarzda olamiz?
3. Axborot xavfsizligi nima?
4. Xakkerlar kimlar?
5. Kiberxavfsizlik nima?
6. Axborotlarni himoya qilishning qanday usullari bor?
7. Parol nima?
8. Login nima?
9. Avtorizatsiya nima?
10. Identifikatsiya nima?
Oldindan kompyuterlarga ,,Interaktiv”krossvord ochib qo’yiladi va va savolga javop berishni hohlagan o'quvchi qol ko'tarib javob berish imkoniga ega bo'ladi. Ushbu faolliklar Darsning so'ngida faol qatnashgan o'quvchilar harakatlariga loyiq baho bilan baxolanadi
3.Yangi mavzu bayonini taqdimot orqali tushuntirish qilaman va amaliy ko’rsataman.
Amaliy mashg’ulot
O’quvchilar biror bir tizimdan ro’yhatdan o’tayotgan davrda murakkab parol qo’yish bu axborotlarni himoya qilishni samarali usullaridan biri. Murakkab parol hosil qilishning eng yaxshi usullaridan biri bu https://passwordsgenerator.net/ kabi tizimlardan foydalanish.
1-qadam:
https://passwordsgenerator.net/ saytga kiramiz.
1 -rasm. https://passwordsgenerator.net/ websayti
2-qadam:
Parol qanday harflar va belgilardan va nechta belgidan iborat bo’lishini belgilaymiz va Generate Password tugmachasini bosamiz.
2 -rasm. Natijaviy parol
Natijada biz murakkab parolga (Your new password da) ega bo’lamiz va quyida uni yodda saqlashimiz uchun izoh beriladi (Remember your password)
2-mashq. Har chand urinsakda bizga parollarni yodda saqlash murakkablik qiladi (Ayniqsa biz ko’plab tizimlardan ro’yhatdan o’tganimizda bizda juda ko’p parollar vujudga kelishi mumkin). Bunday hollarda biz parollarni ishonchli saqlovchi tizimlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Shunday tizimlardan biri Google password manager dir. Biz biror tizimdan ro’yhatdan o’tganimizda bizda quydagicha ko’rinish namoyon bo’ladi
3 -rasm. Uzbekcoders.uz saytidan ro’yhatdan o’tish jarayoni.
Oynadagi maxsus kalit ikonkasini bosish orqali biz quydagi oynaga ega bo’lamiz
4-rasm. Parolni saqlab qolish oynasi.
Agar Сохранить tugamasini bosadigan bo’lsak brauzer bizning login va parolni saqlab qoladi.
4.Interaktiv savollar bilan o'tilgan mavzuni mustahkamlash.Ushbu uslub shunday ko'rinishdanki bunda baxolash ham olib boriladi 5 baho olish uchun 5 ta savol,4 baho olish uchun 5 ta savol jami mavzuga oid 10 ta savoldan tashkil topdadi. Sinfdagi 10 ta eng teskor bo'lgan o'quvchilar baxo olish imkoniga ega bo'ladi ular o'z ixtiyorlari bilan 5 baxo uchun yoki 4 baho uchun belgilangan savollarga javob berishlari mumkin boladi savollar taqdimot ko’rinishida taqdim qilinadi.
5. Uyga vazifa: Har bir o’quvchi o’ziga password generate dasturlari yordamida murakkab parol yaratish va shu paroldan foydalangan holda uzbekcoders.uz saytidan ro’yhatdan o’tib parol va loginini brauzerda saqlab qo’yish
Do'stlaringiz bilan baham: |