Dars ishlanma
Mavzu : Geometrik figuralar. Matnli masalalar
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash Uzunlik va uning birligi santimetr.
Ta’limiy: O’quvchilarning sanoq texnikasini, to’g’ri va teskari sanash qobiliyatlarini boyitish. Sonlarni o’zaro taqqoslash ,. TK3 masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish; FK2 amaliy vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni qo‘llay oladi.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda jonivorlarga nisbatan mehr uyg’otish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash. TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.TK4 milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llay olish;zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘sh gan hissalarini tushuna olish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish. FK1 o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
82-sahifa 6– misol.
6. 10+10=20 50-20=30 70+20=90
30-20=10 40+30=70 60-1=59
III Yangi mavzu bayoni Sanashni takrorlaymiz
Bizning daftarimizdagi 2 ta katak bir santimetr hisoblanadi.
O’quvchilar javoblarini nazorat qilish xatolar ustida ishlashni o’rgatish.
(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O`quvchilarga o`tilgan mavzular yuzasidan qiyinchilik tug`dirgan joylariga qo`shimcha to`ldirishlar beriladi v ava ularning savollariga javob beriladi misollar ishlanadi.Misolni doskada o`quvchilar tushuntirib yechadilar.
2.Qalamning uzunligini o’lchang.
Javob:Bizning qalamimizni uzunligi 7 sm ni tashkil qiladi.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
3.Tasmani o’lchang va uni daftaringizga chizing.
Javob:1-tasma 3 sm., 2-tasma 2 sm., 3-tasma 3 sm., 4-tasma 4 sm ni tashkil qiladi.
VI. Uyga vazifa: 83-sahifadagi 4 – misol.
(30+20)+8=58 (50+20)+4=74
(60-40)+5=25 (90-30)+7=67
Do'stlaringiz bilan baham: |