Talab qilinadi: Auditorlar tomonidan OAJ buxgalterlariga yuqoridagi masalalar bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki maslahat-tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Masala. Chakana savdo korxonasi 10 to‘plamdagi oshxona servizini har bir to‘plam uchun 750 ming so‘m narx bo‘yicha sotdi. Bir to‘plam servizning xarid qiymati - 650 ming so‘mni tashkil qilgan. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettirilgan:
T/r
Xo‘jalik operatsiyalari- ning mazmuni
So‘mma, ming so‘m
Hisobvaraqlar korrespondensiyasi
Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar
Debet
Kredit
1.
Sotilgan servizlarning tannarxi hisobdan chiqarildi
6 500
9220
2820
Kassa kirim orderi, buxgalteriya hisob-kitobi
2.
Servizlarni sotishdan olingan daromad aks ettirildi
6 500
5110
9120
Kassa kirim orderi
3.
Sotilgan servizlar bo‘yicha savdo ustamasi hisobdan chiqarildi
2 000
2880
9220
Buxgalteriya ma’lumotnoma-hisob-kitobi
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Korxona 2013 - yilning boshida 4000 ming so‘mga avtomobil sotib olgan va uni sug‘urtalagan. 2013 - yilning ohirida avtomobil avariyaga uchraganligi sababli sug‘urta tashkiloti 3500 ming so‘m miqdorida sug‘urta to‘lovini to‘lab berdi. Avtomobilning 2013 - yil oxiriga bo‘lgan balans qiymati 3000 ming so‘mni tashkil qilgan. Sug‘urta tashkilotidan olingan mablag‘ga yangi avtomobil sotib olingan. Buxgalter tomonidan 3500 minig so‘mlik sug‘urta qoplamasi daromad sifatida qabul qilingan.
Talab qilinadi: Mazkur holatda buxgalter to‘g‘ri yo‘l tutganmi. Sizning fikringizcha sug‘urta qoplamasining qanday qismi jami yillik daromadga kiritilishi kerak.
Masala. Auditor tomonidan tekshiruv jarayonida 2012 - yilda “Foton” kompaniyasi tomonidan foydali xizmat muddati tugagan uskunani 13 500 ming so‘mga sotilganligi aniqlandi. Uskunaning boshlang‘ich qiymati 230000 ming so‘mni, chiqib ketish sanasidagi to‘plangan amortizatsiyasi 225000 ming so‘mni, 2012 - yilda uskunaga xizmat qo‘rsatish xarajatlari 10 000 ming so‘mga teng bo‘lgan. Mazkur xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha kompaniya buxgalteri tomonidan asosiy vositalarni chiqib ketishi bilan bog‘liq daromad yoki zarar hisobga olinmagan.
Talab qilinadi: 1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Olingan dalillarga asoslanib yuqoridagi holat amaldagi qonunchilikga muvofiqligini izohlab bering.
Masala. Korxona hisobot davrida quyidagi boshqa daromadlarga ega bo‘lgan: shartnoma shartlarini buzganlik uchun mol yetkazib beruvchilardan olingan 114 ming so‘mlik jarima so‘mmasi; xaridorlar bilan shartnoma bo‘yicha aniqlangan o‘tgan yil foydasi 40 ming so‘m; da’vo muddati tugagan 6 ming so‘mlik kreditorlik qarzlari; inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha 10 ming so‘mlik tayyor mahsulot kirim qilingan. Mazkur holatlar buxgalter tomonidan quyidagi provodkalar bilan rasmiylashtirilgan: