Daromad soligʻi



Download 25,49 Kb.
bet3/5
Sana12.08.2021
Hajmi25,49 Kb.
#145548
1   2   3   4   5
Bog'liq
Daromad soligʻi

Foyda solig’i

Yuridik shaxslarning to`laydigan soliqlar ichida ularning daromadi (foydasi)ga soliq budjet daromadlari tarkibida katta o’rin egallaydi. Bu soliq to`g`ri soliq bo`lganligi uchun xo`jalik sub`ektlarining to`g`ridan-to`g`ri moliyaviy axvoli bilan bog`liq, unga ta`sir etadi. SHuning uchun bu soliq salmog`ini davlat yildan-yilga kamaytirish sig`satini olib bormoqda. Masalan, 1996-1998 yillarda 31-25 foizlarni tashkil etgan bo`lsa, 2002 yildan boshlab 20 foizni 2008 yilda esa 10 foiz bo`ldi.

Yuridik shaxslarning daromad (foyda)siga soliq - bu korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar daromadi (foydasi)ning bir qismini bYudjetga majburiy to`lov munosabatini bildiradi.

Soliq kodeksi bo`yicha daromad (foydaga) ega bo`lgan Yuridik shaxslargina bu soliqni to`lovchilari bo`ladi. Ammo, jami daromad, ulardan chegirib tashlanadigan chikimlar soliq kodeksiga kiritilgan bo`ladi ham, ularni aniqlashni Vazirlar Maxkamasiga Yuklatilgan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi o`zining 1999 yil 5 fevral 54-son karori bilan «Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish hisoboti» to`g`risidagi Nizomni qabul kilgan. Jami daromad va soliqqa tortiladigan daromad ham shu nizom bilan belgilanadi.

Daromad (foyda)ga soliq to`lovchilari bo`ladi, moliya yilida soliqqa tortiladigan daromad (foyda)ga ega bo`lgan Yuridik shaxslar hisoblanadi. Moliya yili bizning respublikamizda kalendar’ yiliga mos tushadi. Ammo hamma Yuridik shaxslar ham bu soliqni to`layvermaydi. Kichik korxonalar, savdo tashkilotlari, gramplastinkalar ishlab chiqib sotuvchi tashkilotlar, yagona soliq to`lovchi chakana savdo korxonalari (kichik va mikrofirmalar), yagona er solig`i to`lovchi qishloq xo`jalik tovari ishlab chiqaruvchilar bu soliqni to`lamaydilar. Ular o`zlari uchun ixchamlashtirilgan soliqni to`laydilar. Bulardan tashqari tadbirkorlik faoliyatining faqat alohida turlariga qat`iy stavkada soliq to`lovchilar ham bu soliqni to`lamaydilar.

Soliqqa tortish maqsadida daromad (foydaga) soliq to`lovchilarni rezidentlar va norezidentlarga ajratiladi.

Soliq kodeksiga kora:

Soliq to‘lovchilar

Quyidagilar foyda solig‘ining soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi:

1) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi);

2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari (bundan buyon ushbu bo‘limda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar deb yuritiladi);

3) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo‘limda norezidentlar deb yuritiladi);

4) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslar;

5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;

6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.

Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari deb yuritiladi) soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ining mazkur guruh mas’ul ishtirokchisi tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qismi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini bajaradi.

Ushbu Kodeksning 36-moddasi to‘qqizinchi qismiga muvofiq agent vazifalarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aylanmadan soliq to‘lovchi shaxslar soliq to‘lovchilar hisoblanmaydi.

Soliq solish obyekti

Soliq to‘lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig‘i (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanadi.

Ushbu bo‘lim maqsadida quyidagilar foyda deb e’tirof etiladi:

1) yuridik shaxs uchun — ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;

2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun — ushbu Kodeksning 49-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o‘rtasidagi farq;

3) norezident uchun — ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar;

4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun — ushbu Kodeksning 51-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;

5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun — birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (ko‘rsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) to‘g‘ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq.

Ushbu Kodeksning 295-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.

Soliq bazasini ushbu bo‘limda belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq to‘lovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar bo‘yicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin.

Soliq to‘lovchi ushbu bo‘limga muvofiq foydani va zararni hisobga olishning umumiy tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar bo‘yicha daromadlarning (xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.

Soliq bazasi, agar ushbu Kodeksning 48 va 50-boblarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.

Soliq to‘lovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida ko‘rilgan zararlar soliq solish maqsadlarida soliq bazasini ushbu Kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda va shartlarda kamaytiradi.

Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning VII bo‘limi va 331-moddasiga muvofiq belgilanadigan umumiy foydasini ham o‘z ichiga oladi.

Soliq bazasiga ushbu bo‘limda belgilangan hollarda va tartibda tuzatishlar kiritiladi.

Soliq to‘lovchining daromadlariga va (yoki) xarajatlariga (zararlariga) ushbu Kodeksning VI bo‘limida nazarda tutilgan hollarda tuzatishlar kiritiladi.

Natura shaklidagi daromadlar va xarajatlar, agar ushbu qismda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi tomonidan bitimning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda inobatga olinadi. Agar bunday bitimdagi tovarlarning (xizmatlarning) narxi ularning bozor narxidan farq qilsa va bunday farqlanish soliq to‘lovchining soliq bazasi kamayishiga yoki zarari ko‘payishiga olib kelsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning VI bo‘limiga muvofiq belgilanadigan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida 2019-yil 1-yanvardan boshlab:

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun – 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun, rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha oshirish;

dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish belgilandi\




Download 25,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish