O'rmon massivlari va daraxtzorlar
Massivlar bir necha o'n gektar maydonni, daraxtzorlar esa 0,2 ga va undan ortiq maydonni egallaydi. Ular ignabargli va boshqa navlardan tashkil topadi. Tarkibiga ko'ra, ular sof va aralash bo'lishi, shakliga ko'ra oddiy va murakkab bo'lishi mumkin. Massivlar va daraxtzorlar, daraxtlar, butalar va daraxt-buta navlaridan tashkil etiladi. O'simliklar egrilik radiusi katta bo'lgan (qatorlardagi va qatorlar orasidagi masofa 4—5 m) parallel egiluvchi chiziqlar bo'yicha to'g'ri chiziqli qatorlarga (Ixlm, 4x4m, 3x5m va h.k.), shuningdek, erkin ravishda ekiladi. Navlar erkin holda ekilganda massivda ularning balandroqlari markazga, pastlari — diet qismlarga ekiladi.
Chiziqli o'tqazishlar qatorma-qator va xiyobon shakllardagilarga bo'linadi. Qatorma-qator ekish bir qatorli, ikki qatorli, kamroq uch qatorli bo'lishi mumkin. Qatorlar orasida daraxtlar shaxmat tarkibida yoki bir-biriga qarshi joylashtiriladi. Qator qilib ekishda daraxtlar orasidagi masofa 4.3-jadvalda berilgan.
Qator qilib ekishda daraxtlar orasidagi masofa, m.
4.3-jadval
Daraxtlar
|
Bir qatorli
|
Ikki qatorli
|
Siyrak-lashtirib
|
Siyrak-lamasdan
|
Qator-
larda
|
Qatorlar orasida
|
Tepasi keng, baiand o'suvchi, tez o'suvchi
|
5,5 - 6,0
|
3,5 - 4,0
|
7,5 - 8,0
|
4,0 - 4,5
|
Baiand, sekin o'suvchi
|
4,4 - 5,0
|
3,0 - 3,5
|
6,0 - 7,0
|
3,2 - 3,0
|
O'rta bo'yli, tez o'suvchi
|
4,5 - 5,0
|
3.0 - 3,5
|
6,0 - 7.0
|
3,2 - 3,5
|
O'rta bo'yii, sekin o'suvchi
|
4,0 - 4,5
|
2,0 - 2,5
|
5,0 - 5,5
|
2,5 - 3,0
|
Bo'yi past (10m gacha)
|
3,5 - 4,0
|
2,5 - 3,0
|
5,0 - 5,5
|
2,5 - 3,0
|
Tepasi tor, turli balandlikdagi
|
3,0 - 4,0
|
-
|
4,0 - 5,0
|
2,2 - 3,0
|
Eslatma: ko'rsatilgan o'lchamlardan kichiklari soyaga chidamli navlar uchun, kattalari — yorug'likni yaxshi ko’ruvchilar uchun.
Xiyobonlar — piyodalar yo'laklarining ikkala tomonini o'rab turuvchi daraxtlar. Xiyobonlar ochiq (piramidasimon va sharsimon tepa qismlari tutashmaydi) va yopiq (tepa qismlari tutashib ketgan) bo'ladi. Berk Xiyobonlar nozik (gledichiya, akatsiya va b.), yarim soyali (Gretsiva yong'og'i) va soyali (eman, sharq chinori. kashtan) bo'lishi mumkin. Uzun va keng xiyobonlarga baiand tepa qism; k;ng daraxtlar ekiladi. Tor va qisqa xiyobon'ar uchun iepasi Piramidasimon shaklli past bo'yli daraxtlar yok» butolar y~>
Yashil devorlar — daraxtlardan yoki balandligi 2,5—4 m, eni 1 — 1,3 m baland butalardan zich qilib ekilgan joy. Bir qator qilib ekilganda bir qatordagi masofa soyaga chidamli daraxtiar uchun 0,67 m va 1 m. Ikki qator qilib ekishda qatordagi masofa 1—1,25 m. qatorlar oralig'i 0,5—0,6 m. Yashil devorlarni qurish uchun ignali va bargli daraxtiar qo'llaniladi, bunda tikanli o'simliklar afzal ko'riladi (gledichiya, maklura). Bir qator qilib ekishda 10 m ga !0— 15 ta ko'chat ekiladi, ikki qatorli ekishda 16-20 ta ko'chat ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |