SIFATLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI
1. SODDA SIFAT: Bir asosdan iborat bo‘lgan sifatlar sodda sifatlar sanaladi.
a) tub sifat: sifat yasovchi qo’shimchalar bo’lmatdi: qizil, sariq, shirin, go’zal,
qizg’ish, oqish, katta, kattaroq, qoramtir
b) yasama sifat: sifat ysaovchi qo’shimcha bo’ladi: sershovqin, mevali, erkin,
qochoq, oysimon, achchiq..
2. QO‘SHMA SIFAT: Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar
qo’shma sifatlar hisoblanadi.
Qo‘shma sifatlar, asosan, qo‘shib yoziladi. Erksevar, ochko‘z, kulrang,
mehmondo‘st, devqomat, sheryurak.
3. JUFT SIFATLAR: O‘zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft
kelishidan hosil bo‘lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari
chiziqcha bilan yoziladi. Qing'ir-qiyshiq, g‘adir-budur, egri-bugri, katta-
kichik
Do'stlaringiz bilan baham: |