Endi shunday savol qo'ysak, ruhiy holatni yengish mumkinmi? – deb. Bunga
ham aniq ha, yoki yo'q deb aytish mushkul. Kimlardur o'zlaridagi holatni yengishi
mumkin, ammo atrofdagilarni salbiy ta'sirida ikkilanib qolishi mumkin.
Ikkilanish esa salbiy ruhiy holatni keltirib chiqaradi. Bu o'yinda
bilimdonlarni 2 ta asosiy raqiblari mavjud, birinchisi savoli o'ynalayotgan
teletomoshabin, ikkinchisi o'ylash uchun berilgan bir daqiqa. Ikkinchi raqib ancha
ashaddiyroq va jiddiyroq hisoblanadi. Jarrohga yoki zargarga ishingizni
falon vaqt ichida bajaring deb, buyruq beringda, keyin ularni ahvolini
tomosha qiling. Vaqtni ketidan quvsa, sifat esdan chiqadi, sifatli bajaray
desa vaqt o'tib ketmoqda. Tajribasiz bilimdonlar shuning uchun o'zlarini
yo'qotib qo'yishadi. Ularga yo'llanma berayotgan
paytimizda bir daqiqa deb
emas, o'n daqiqa deb foydalanishini maslahat beramiz. Meni eng sevimli
iboram bilan ya'ni, K.S.Stanislavskiyning «Sekin shoshilish kerak» fikrini
qayta-qayta tushuntirib, qanday qilib sekin shoshish yo'lini ularga o'rgatish
orqali yo'l-yo'riq ko'rsatamiz.
Bilimdonlarga yana bir salbiy ta'sir vositasi bor, bu ko'rinmas
boshlovchining ovozi. Bir odamni yuzini ko'rmay suxbatlashingda, keyin
ro'parama-ro'para gaplashing. Tasavvur qilayapsizmi? Yuzma-yuz o'tirgan
kishingizni ko'rib turasiz, uni qanday kiyimdaligini, soch turmagini, yuz
tuzilishi, gaplashish manerasi har qalay aniq bo'ladi. Suhbatdoshingiz xozir
nima deydi, yoki nima demoqchiligini oldindan bilishga sizda imkoniyat
bo'ladi. Umuman shou ko'rsatuvlar borki, barchasi ekrandagi boshlovchiga
quriladi.
“Nima? Qaerda? Qachon?” o'yini bu televizion qoidalarni inkor qilganlagi
bilan ham bu loyihani originalligini belgilagan. Bilimdonlar boshlovchini
faqat ovozi orqali muloqotga kirishadilar.
Boshqa loyihalarda, yo tok-
shoularda bu usul samara bermasligi mumkin. Ammo bu intellektual o'yinda
boshlovchining ko'rinmasligi o'yindagi ziddiyatni, qarama-qarshilikni,
sirlilikni yanada kuchaytiradi. Men oxirgi paytlarda nega ekranda
ko'rinmaysiz, degan savolni kamayganidan sezyapmanki, tomoshabinlar,
muxlislar yuqoridagi jihatlarni tushunib yetishmoqda. Bu yerda boshlovchining
o'zi, uning kiyimi, yuz tuzilishi, sochi ortiqcha diqqatni tortuvchi, kerak bo'lsa
chalg'ituvchi vosita bo'lib qolishi mumkin. Buni ustiga tomoshabinlardan
keladigan kuchli aql barovar qilmas savollar bir bo'lib bilimdonlarga qarshi
o'ynashadi. Va ularni ko'p hollarda yengishadi ham.
Endi boshqa masalaga o'tamiz. Yutqazgan jamoa haqiqatdan ham kuchsizmi?
Yoki boshqa sabablar ham bormi? Birinchidan «Zakovat » o'yiniga kuchsiz
jamoalar chiqarilmaydi. Bir necha chig'iriqdan o'tgan yigit –qizlargina
ekrandagi o'yinga chiqariladilar. Jamoalarni yutish-yutqazishi avvalo o'zlariga
bog'liq. O'yin oldi jarayonlaridayoq, o'yinga chiqmasdanoq uni boy berib qo'yadigan
jamoalar bor. Albatta bunday jamoalar tarqalishga mahkum. To'g'ri ular ichida
ham loyiqlari boru, ruhiy tayyorgarlik yetarli emas. Kimlarnidur ruhshunosga,
yana kimnidur
quyi ligaga, toki tayyorgarligi yetarli bo'lgunicha mashg'ulotlarda
ushlash kerak. Keyin albatta yuzma-yuz sinovlar, imtihonlar qilish, ruhiy test
o'tkazish, shundan keyingina o'yinlarga jalb etish mumkin. Bu bilan sifatli
bilimdon tayyor bo'ldi degani emas. Uning qismati yana qanday jamoaga A.Abdullaev
“Daqiqa qadri” www.zakovat.mtrk.uz
tushishiga bog'liq. U yerda o'zini topa oladimi-yo'qmi bu ham muammo. Jamoada,
professional jamoada hammani o'z o'rni, vazifasi ampluasi bo'ladi. Xuddi
futboldagidek. Hujumchi, darvozabon, yarim himoyachi, himoyachilar singari.
Kimdur jamoani yuragi, yana kimdur variantlar generatori, dispetcheri.
Ichlarida albatta eruditlar, ya'ni eslab qolish qobiliyati kuchli kishilar
bo'lgani maqsadga muvofiq. 6 kishi 6 sohadan bo'lishi kerak degan aqidalar
o'zini unchayam oqlay olmadi. Qisqa tarihimiz davomida buni sinovdan o'tkazdik.
Yana hayajon, hayajon deb ikki kara aytaman, hayajonsiz hech narsaga erisha
olmaydi. Men faqat tashqi hayajonni nazarda tutmayapman.
Baland ovozda,
stollarni urib, bekorchi baqir–chaqirlarni kerakli hayajon deb ayta
olmayman. Har bir savolni o'z tempi, ritmi, usuli mavjud.
Ayrim savollar o'ta bosiqlik bilan topiladi, ayrimlariga shiddat kerak.
Yana qaysidur savol kuchli mulohazani talab qilsa, yana bir savolda tassavurni
ishlatish samara beradi. Har bir savol yuqorida ayganimizdek kichik bir
badiiy asar. Har bir asarda bo'lib o'tadigan joyi, manzili, muddati,
qahramoni bo'ladi. Rejissyor oylar davomida bajargan ishni bilimdonlar bir
daqiqada amalga oshirishlari kerak. Ya'ni voqealar yechimi, kul`minatsiyasini
hal qilishi kerak. Ko'rayapsizmi qancha mashaqqat va mehnat talab qilinadigan
jarayon, bilimdonlik kasbi. Shubhasiz uni kasb deb atash mumkin. To'g'ri bugun
bu kasbga hammayam berilib, bor mahorati va vaqtini sarf qila olayotgani yo'q.
Bu keyingi bobimiz uchun mavzu. Ya'ni «Zakovatning bilimdonlari» bo'limida
so'z yuritamiz. Hozir esa e'tiboringizga «Zakovat» teleo'yinida o'ynalgan eng
sara savollarni havola etaman. Bu savollar tamoshabinlardan kelgan, lekin
hammasida kaminani mehnati bor.
A.Abdullaev “Daqiqa qadri” www.zakovat.mtrk.uz
Do'stlaringiz bilan baham: