Dangasalikni yenging



Download 43 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi43 Kb.
#783624
Bog'liq
Dangasalikni ye-WPS Office


Dangasalikni yenging
Ko'plab usullar sizni holdan toydirishi mumkin. Shuning uchun, men birinchi bo'lib ishlashga yordam beradigan asosiylarini ko'rib chiqaman. Keyin esa qattiqroq ishlashga yordam beradigan murakkab texnikalarni ko'rib chiqaman, lekin ular masalan menga to'g'ri kelmaydi.

1. Kundalik


Men shaxsan bir necha hafta va kunlarga bo'lingan qog'oz kundalikni tavsiya qilaman. Elektron kundalik yuritsa ham bo'ladi, lekin menga bunaqalari yoqmaydi.

Har bir oqshom, muhim! Uni keyingi kunning asosiy vazifalari bilan to'ldiramiz. Ertalab siz budilnikni otqizvorayotganizda, nima uchun turib mehnat qilishingiz kerakligini bilishingiz uchun kerak.

Kuniga 10 ta asosiy vazifa yozing. Men kunim haddan tashqari yuklangan bo'lmasligi uchun men qila oladigan vazifalar chegarasini aniqlashga harakat qilaman. Siz ko'plab vazifa qo'yishingiz mumkin, lekin eng asosiysi butun tunga o'zingizni yuklab tashlamasligiz yoki 1 kun ichida bitirib bo'lmaydigan 100 ta vazifali qahramon ro'yxatini yozmasligingiz kerak. Kechqurun "to'lmaganlik" hissi bo'lmasligi uchun vazifalar bir oqimda tushishi kerak.

O'zingizni ko'p yuklamaslik uchun har bir vazifaning to'g'risiga tahminiy talab etiladigan vaqtni yozishingiz mumkun. Bu ayniqsa, siz doim bajarishingizdan ko'proq bo'lgan vazifalarni oldingizga qo'yganingizda yordam beradi.

Keyinchalik, siz ushbu vazifalarni bajarishingiz kerak. Sizning miyangiz vazifalarni qidirishga chalg'imaydi, chunki siz ro'yxat bo'yicha bemalol ishlashingiz mumkun.

2. Bir vaqtning o'zida barcha uchrashuvlar


Ko'pincha biz qo'ng'iroq yoki uchrashuvga kelishamiz. Qo'ng'iroqqa 1 soat ketsa ham, u sizning undanda ko'proq vaqtingizni oladi. Masalan, qo'ng'iroqdan keyin dam olishga va unga tayyorlanishga.

Diqqat markazidan chiqib ketmaslik, xabarlarni, vazifalarni ajratib olish uchun men odatda, uchrashuv va qo'ng'iroqlarni bir oqimga belgilayman va bu odatda 2-3 ta ketma - ket uchrashuv bo'ladi. Kamdan-kam hollarda kuniga 3 dan ortiq uchrashuvim bo'ladi.

Qo'ng'iroqning diqqat markazida bo'lishingiz va oqim bilan ishlayotganingiz siz uchun qulay bo'ladi, keyinchalik dam olish vaqtingiz kam bo'ladi, lekin qo'ng'iroqlarni yahshi tahlil qilasiz. Men har doim qo'ng'iroq vaqtini tayinlayman, shuning uchun men qachon va kim bilan gaplashishimni rejalashtira olaman. Buni sizga ham maslahat beraman, aks holda mijozlar sizni doimiy ravishda qo'ng'iroq qilib joningizga tegishi mumkun. Chunki, agar sizga har doim qo'ng'iroq qilish mumkun bo'lsa, ular har qanday to'g'ri kelgan savol bo'yicha sizga telefon qiladi va bu sizni ish ritmidan chiqaradi.

Men har doim bir nechta odamlar bilan uchrashuvlarni bir joyda tayinlayman. Men bir yoki bir yarim hafta uchrashuvlarni yeg'a olaman va bir kun ichida gaplashmoqchi bo'lgan odamlar bilan gaplashaman va usha joyni o'zida ishlarimni rejalashtiraman. Uchrashuvga yetib borish vaqti har doim qo'shiladi, shuning uchun men harakatlanishga ko'p vaqtni tejayman. Agar mijoz so'nggi uchrashuv tugashidan oldin kelib qolsa, bu siz uchun yahshi, demak siz talabga egasiz. Garchi bu chiroyli bo'lmasa ham.

3. Asosiy vazifalar uchun vaqtni tanlang
Agar vazifalar bo'lsa, siz bugun 100%, temir-betonni bajarishingiz kerak bo'lsa, biz ularni ustuvor yo'naltiramiz va darhol "quyruq" dagi barcha vazifalarni o'zgartiramiz. Bunday vazifalar zudlik bilan amalga oshirilishi kerak, aks holda siz uni oxirigacha kechiktirasiz va siz uni amalga oshirishdan yuqorida o'tirasiz. Muddatlar yonishi - bu bunday vazifalar haqida.

4. Kunning vazifasini ortiqcha yuklamang


Yuqorida aytib o'tganimdek, ish kuningiz uchun vazifalarni ajratib turing va bittada 100 ta topshiriqni yuklamang.
5. Har xil vaziyatlarga vaqt qoldiring.
Grafigingizni 100% to'ldirmang, sizni chalg'itib, kechiktiradigan narslar har doim topiladi. 20 - 30% vaqtingizni, telefonga, chatlarda suhbatlashishga, mijoz bilan tasodifiy yoki favqulodda vaziyatda suhbatga yoki kelib tushishi mumkun bo'lgan arizaga qoldiring. Agar grafigingiz 100% to'liq bo'lsa, har qanday tasodif sizni ishdan chalg'itadi.

6. Ovozi o'chiq telefon


Men bir yil oldin telefonimni ovozini o'chirib qo'yganman va uni telefonda matn terayotganda yoqaman. Qolgan vaqt telefonimning ovozi o'chirilgan. Men ishlayotganimda yoki vazifa bajarayotganimda, men bilan bog'lana olishmaydi. Barcha qo'ng'iroqlar oldindan rejalashtiriladi, shuning uchun mijozlardan qo'ng'iroq faqat favquloddagi hollarda bo'ladi. Ularni hozir hal qilamiz. Qarindoshlardan, ijtimoiy anketalardan va sizning manikyur ustangizdan qo'ng'iroqlar ishni tugatgunizcha kutib turishi mumkun.
Qayta qo'ng'iroq qilishni unutmang.
Xuddi shu voqea chatlarga ham tegishli. Sizga kerak bo'lmagan yoki chalg'itadigan barcha chatlarni ovozini o'chiring. Menda mijozlarim chatlari va kontaktimdagi odamlardan tashqari, barcha kiruvchi smslarning ovozi o'chiq. Qolgan barcha messenjerlardagi chatlarim "Без звука" rejimida. Bu menga chatdagi har bir xabarga chalg'imaslikka yordam beradi.

7. Ahmoqona uchrashuvlarga yo'q deymiz


Hamma uchrashuvlar ham foydali emas. Agar siz potentsial mijoz bilan uchrashishni xohlasangiz, unga o'zingiz haqingizdada, qanday keyslaringiz borligi, kuchli va zaif tomonlaringiz haqida aytib berishingiz va mijozning biznesi nimadan iboratligi, reklama uchun budjet, xizmat uchun minimal narxlarni aytib o'tishingiz kerak. Ko'p hollarda bu vaqtni tejashga yordam beradi. Ko'pincha men maqsadsiz uchrashuvlarga ko'p vaqt ketkazardim, mijozda yaxshi savdo mahorati bo'lganda ham puli yo'q bo'lar edi.

8. Ish vaqti


O'zingiz uchun ish vaqtini belgilab oling.
- Oilangiz bilan bo'lganda
- Vazifalarni bajarayotganda
- Mijozlar bilan muloqot qilganingizda

Bu siz maksimal darajada ishlashingiz uchun qulay bo'lgan vaqt davrlari bo'lishi kerak.

Bolangizni qo'shimchalarga oborasiz va zerikib o'tirasizmi ?
Mijozni yoping yoki u bilan loyihadagi savollarni hal qiling. Reklama uchun tizer yoki matnlarni yozing.
Shuningdek, ish vaqtida tashqari bezovta qilmasliklari uchun darhol ish vaqtingizni va siz aloqada bo'ladigan vaqtlarni belgilang. Aks holda siz doimo ishlaydigan ish ritmida va stressda yashaysiz.

9.Pomodoro texnikasi


O'ylaymanki, ko'p odamlar bu haqida eshitgan. Bu oddiy usul hisoblanib, unda siz 25 daqiqa vaqtni belgilaysiz va bu vaqtda chalg'itadigan barcha omillarni o'chirib, faqat 1 topshiriqni bajarasiz.

Vaqtni o'zingizga to'g'irlab tanlashingiz mumkun, men bu usuldan foydalanganimda 40 daqiqa ishlardim va 10 daqiqa tanaffus qilardim.

Bu uslub bir vazifaga e'tibor qaratib ishlash uchun qulay, ammo, dam olgandan so'ng yana ishga tushib "Fokus" nuqtani yana boshidan ilish kerakligi uchun menga yoqmaydi. Shuning uchun men ishlashga ko'proq daqiqa ajratardim. Shuningdek, chalg'itadigan barcha qurilmalarni o'chirib qo'yish ham juda muhim. Telefonda internetni o'chirish, "Без звука" rejimini yoqish va agar siz kompyuterda ishlayotgan bo'lsangiz barcha chatlarni o'chirishingiz lozim.
10. Filni bo'ling
Fil - bu 1 ta o'tirishda bajarib bo'lmaydigan katta vazifadir. Biz uni mayda vazifalarga bo'lib tashlab, har biri bilan alohida ishlashimiz kerak. Katta vazifalardan biz har doim qo'rqamiz, chunki uni bajarish uchun deyarli butun kun ketishi mumkun, ammo agar siz ushbu vazifani qismlarga bo'lib bajarsangiz, bir haftada bu vazifangiz yopiladi va osonroq realizatsiyalanadi.

11. Vaqtning kichik nuqtalari


Bu biz band bo'lmagan vaqtning bir qismi, avtobus yoki metrodagi bekor vaqtlarimiz. Odatda bu biz har qanday bo'lar - bo'lmas ishlar bilan shug'ullanayotganimizdagi 5-15 daqiqa. Bu foydali vaqt ham bo'lishi mumkin, masalan, siz chatlarni tekshirishingiz, mijozlarga xabar yozishingiz, qo'ng'iroq qilishingiz, akkauntingizga post joylashingiz yoki kitob o'qishingiz mumkun.
Shunday qilib, men metroda yurayotganimda, bitta borib - kelishda kitobni 20-30 betini o'qiy olaman. Agar men har kuni ofisga borganimda, haftada 100-150 sahifa, oyda 400-600 sahifa o'qigan bo'lar edim, bu esa 1-2 ta kitob bo'lar edi.

O'zingizni rivojlantirish va katta vazifalarni tugatish uchun shunday vaqtning kichik nuqtalarini ishlating.

12. Mayda vazifalarni avtomatlashtiring.
- Uyni tozalash. Masalan, robot changyutgich yoki idish yuvish mashinasi bu muammolarning ba'zilarini hal qiladi. Bu tozalash xizmati bo'lishi ham mumkin, ammo bu juda qimmat.
- Mayda vazifalaringiz paydo bo'lganda yordamchi oling. Ozgina pul evaziga matnlarni tarjima qiluvchi, dizayn bo'yicha oddiy vazifalarni bajaruvchi, kontent planingiz uchun matn qidiruvchi masofaviy yordamchi olishingiz mumkun. Unga barcha vazifalarni yuklang va o'zingizni halos eting.
- Medialarkga borib uyga svetilnik sotib olish kerakmi? Ehtimol, buyurtma berish yoki boshqa odam yuborish arzonroq va tezroq bo'lishi mumkun.

13. Sizga yoqmaydigan yoki siz qilishingiz shart bo'lmagan ishni qilmang.


Masalan, meni mashinam bor edi edi va kamdan-kam hollarda boshqalarni mashinamda olib yurardim. Axir, bu mening vaqtim, u odamga taksi yuborish men uchun arzonroq va qulay bo'lsa, nima uchun borishim kerak?

Qaysi vazifalar sizga ortiqchalik qilayapti, ularni boshqa birovga yuklasa bo'ladimi, qurilma yoki xizmatlarni sotib olish orqali hal qilsa bo'ladimi, o'ylab ko'ring.


Ishni optimallashtirish
— Kompyuteringiz yaxshi ishlamayapti va yaxshi ishlashingizga to'sqinlik qilyaptimi? Yangisini kreditga oling yoki to'liq qiymatini qoplaydigan mablag'ini ishlab toping, yaxshiroq ishlab yanayam ko'proq pul ishlab toping.
— Oila a'zolaringiz ish vaqtida bezovta qilmasligi uchun kovorkingda ishlaysizmi, lekin bu qimmat va ko'p vaqt talab qladimi? Yaqinroqdan joy toping, yaqinroqdan arzonroq ofis yoki birovning ofisidan joy oling. Yana bir variant: ofisga yo'llar tig'iz paytda emas, balki, undan oldin yoki keyin boring. Misol uchum men ofisga 10-11 larda borardim, yo'llar tig'iz bo'lmagan paytda. Erta tongda esa mijozlar bilan suxbatlashardim va birlamchi vazifalarimni bajarardim.

Irina Krasnovoydan vaqtni boshqarish haqida yana bir hikoya.


Qanday qilib ideal ayol, uy bekasi, ona bo'lish bilan birga shaxs sifatida rivojlanib, o'z soxasining mutaxassisi sifatida o'z daromadiga ham ega bo'lish mumkun?
Bilmadim, 🤔 lekin bilishni juda istayman. Mening 3 ta farzandim bor (10,8,6 yoshlarda), turmush o'rtog'im esa smenali grafik bo'yicha ishlaydi. Buva va buvijonlarimiz Moskvadan 650 va 1100 km uzoqlikda, boshqa yaqin qarindoshlarimiz yo'q, enagamiz esa yo'q, xech qachon bo'lmagan ham. Shunday bo'lsada katta o'g'limning 2 yoshidan (xozir u 8 yosh) masofadan turib ishlayman va doimo yangi bilim olishga xarakat qlaman. Har bir olayotgan yangi bilimim o'zi bilan birga hayotimga uyqusiz tunlar, oshxonadagi yarim tayyor mahsulotlar, tez tez uyga vazifalari tekshirilmagan o'quvchilarim, farzandlarim bilan kamnamo toza havoda yurishlar, turmush o'rtog'imga nisbatam minimum e'tiborni olib kiradi. Boshqachasiga o'xshamaydida, lekin natijada men uyda o'tirib masofadan ishlayman va biron bir boshqa ofisda ishlab topishim mumkun bo'lgandan ko'ra ko'proq daromadga egaman.
Kunning birinchi yarmida, katta farzandlarim maktabdaligida men tinchlik va xotirjamlikda kuning asosiy vazifalarini bajaraman, so'ng turli to'garaklar boshlanadi(agar turmush o'rtogim ishda bo'lsa), kundalik yumushlar.
O'tgan yili mening ishim 3 barobar kam edi va men hatto bir haftada 3 marotaba fitnesga borishga ham ulgurardim, xozir esa ulgurmayapman, lekin men albatta biron nima o'ylab topaman. Agar farzandlarim kasal bo'lib qolishsa ish tartibim buziladi va tunlari ishlashimga to'gri keladi. Umuman olganda men uchun hafta kunlari ish va dam olish kunlariga bo'linmaydi. Shunchaki ish kunlari ko'proq ishga dam olish kunlari oila a'zolarimga va ilm olishga urg'u beraman. Ammo lekin umuman dam olmoqchi bo'lsam buni xoxlagan kunim qila olaman. Men xoxlagan faslimda dam olishga keta olaman. Faqat buning uchun barcha vazifalarimni ta'til paytiga qulay qilib yoyib chiqishim va ta'til tugagandan so'ng uyga qaytib tunlari uyqusiz ishlashga tayyor bo'lishim kerak. 😂 Menda ma'lum bir miqdordagi loyihalarim bor va har bir loyihada o'z ma'lum bir miqdordagi vazifalarim va kerakli ketma - ketlikda bajarishim kerak bo'lgan harakatlarim bor. Asosan ularni bajaradigan vaqtni o'zim belgilayman. Bu targetolog sohasining eng katta plyuslaridan👍 shu jumladan loyihalar sonini ham o'zim tanlayman. Ularga ulgura olishimga qarab. Agar yengil hayot tarzida yashab oila a'zolarimga ko'proq vaqt ajratishni xohlasam, kamroq loyihalar bilan ishlayman. Agar ko'proq pul topmoxchi bo'lsam va katta ishlar qilmoxchi bo'lsam, ko'proq loyihalar bilan ishlayman. Xozirda men 11 ta loyiha bilan ishlayman, ulardan biri — murakkab kompleksli targ'ibot. Bu juda ko'p, faqatgina hamma loyihalarim doimiy bo'lganligi sababligina ulguryapman. Mening yordamchim bor u loyihamda admininstrator, vizual va kontent bo'yicha vazifalarning bir qismi unda + boshqa loyihalardagi bir nechta vazifalar ham.
Agar men faqatgina ishlasam va oilam bilan shugullanganimda men barchasini kunning yorug' paytida ulgurgan bo'lar edim. Lekin men oilam va ishimdan tashqari doimo bilim olish uyga vazifalar va imtihonlar topshirish bilan ham shug'ullanaman, oxirgi paytlar esa majburiy tarzda o'zimga ham vaqt ajratishga harakat qilyapman: massajga boraman, dugonalarim bilan uchrashaman.
Shuni deb ham tez - tez tunlari bilim olishga yoki ishlashga to'g'ri keladi. Bu yaxshi emas, ammo hozircha shunday😊
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish