Dang`ara tumani 2-IDUM pedagogik jamoasining navbatdan tashqari pedagogik kengash №1/2 bayonnomasi
2020-yil 5-oktabr Dang`ara shaharchasi
Qatnashdi: Pedagogik jamoada faoliyat olib borayotgan 36 nafar pedagog va hodimlar ishtirok etdi. 2 nafar o`qituvchilar kasallik sababli pedagogik kengashda ishtirok eta olishmadi.
Kengash raisi: N. Alimova
Kotiba: Y. Mahmudova
Kun tartibi:
O`zbekiston Respublikasining Ta’lim to`g`risidagi Qonunini o`rganib chiqish
Eshitildi:
Navbatdan tashqari pedagogik kengashni maktab direktori, kengash raisi N. Alimova ochib berdi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g`risidagi qonuni to`g`risida aytib o`tdi. O`zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan 23-sentabr kuni ushbu qonun imzoladi. Ushbu masala yuzasidan maktabning o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Y. Nazarova so`zga chiqdi va axboroti tinglandi.
O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g`risidagi Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan. Ushbu qonunga muvofiq, ta`lim turlari quyidagilardan iborat:
Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta’lim
Professional ta’lim
Oliy ta’lim
Oliy ta’limdan keying ta’lim
Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Maktabdan tashqari ta’lim
Umumiy o`rta ta’lim I-XI sinflarni o`z ichiga oladi.Ta’lim to`g`risidagi qonun 11 bob 75 moddadan iborat bo`lib ushbu qununning asosiy maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunda ta’lim to`g`risidagi qonun hujjatlari, asosiy prinsiplar, ta’lim olish huquqi, ta`lim tizimi, turlari va shakllari,ta’lim faoliyatini tashkil etish va unung nazoratini amalga oshirish, ta’lim tashkilotlaripedagogik hodimlarining huquqiy maqomi, davlat ta’lim standarti va davlat ta’lim talablari, ta’lim jarayoniga o`quv rejalari va o`quv dasturlarini joriy etish, ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq vq majburiyatlari, ta’lim-tarbiya jarayoni va ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish, ta`limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo`llab quvvatlash, ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik va boshqa qoidalar ko`rsatib o`tilgan. Ta’lim to`g`risidagi Qonunning barcha asosoy moddalari bilan tanishib chiqildi va kengashda ishlab chiqildi.
Muzokaraga chiqqan maktabning oily toifali ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi J.Sodiqova o’z so’zida ushbu yangi Ta’lim to`g`risidagi qonunning muhimligi, hozirgi zamon talabiga mosligi vat ta’lim tizimidagi muhim ahamiyati to`g`risida aytib o`tishdi.
Maktabning oliy toifali matematika fani o’qituvchisi J.O’rmonov ham o`z fikr mulohazalarini aytib o`tishdi. Qonun ta’lim ustuvorligini tan olinishi, ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi, ta’lim sohasida kamsitishlarga yo`l qo`yilmasligi, ta’lim-tarbiyaning insonparvarlik, demokratik huhusiyatlarini o`z ichiga olganligi bilan ahamiyatli ekanligini izohlab o`tishdi.
Yuqoridagi masala yuzasidan yig`lish qaror qiladi:
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Y. Nazarovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qabul qilingan qaror yuzasidan bajariladigan ishlar rejasi tuzilsin va amalda qo`llashga joriy etilsin.
Ushbu ishlar bajarilishini nazorat qilish O`IBDO` Y. Nazarovaga yuklatilsin.
Kengash raisi: N. Alimova
Kotiba: Y. Mahmudova
Do'stlaringiz bilan baham: |