Dam olish vaqti va uning huquqiy kafolatlari. Reja: Dam olish vaqti tushunchasi va uning turlari


Homiladorlik va tug’ish ta’tilini



Download 44,19 Kb.
bet6/6
Sana06.07.2022
Hajmi44,19 Kb.
#745572
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dam olish vaqti va uning huquqiy kafolatlari. Reja Dam olish va

Homiladorlik va tug’ish ta’tilini olish huquqiga mehnat shartnomasi bo’yicha ishlovchi barcha ayollar ish staji bo’lishidan qat’i nazar egadirlar. Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq, tuqqunga qadar 70 kalendar kun va tuqqandan keyin 56 kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda-70 kalendar kun) muddati bila homiladorlik va tug’ish ta’tili beriladi. Homiladorlik va tug’ish ta’tili davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu davrda ayolga o’rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida nafaqa to’lanadi.
Mehnat Kodeksining 234-moddasiga muvofiq, homiladorlik va tug’ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko’ra, ish stajidan qat’i nazar, bola ikki yoshga to’lgunga qadar parvarishlash uchun, ana shu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to’langan holda, ta’til beriladi. Mazkur ta’tildan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to’liq yoki uni qismlarga bo’lib foydalanishlari mumkin. Bolani parvarishlash ta’tili vaqti ish stajiga, shu jumladan, mutaxassisligi bo’yicha ish stajiga ham qo’shiladi. Bolani parvarishlash ta’tili davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi, korxonaning batamom tugatilishi hollari bundan mustasno. Yana shuni nazarda tutish kerakki, bola ikki yoshga to’lagach ayolning xohishiga ko’ra, ish beruvchi unga bola uch yoshga to’lgunga qadar ish haqi saqlanmagan holda, ta’til berishi shart.
Bolani parvarishlash nafaqasi bolaning onasiga yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshiga tayinlanadi. Nafaqa bola ikki yoshga to’lgunga qadar har oyda respublikada belgilanga eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida, parvarishlanayotgan bolalar soni va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’i nazar to’lanadi. Bu nafaqani olish huquqidan ishlaydigan onalar ham, ishlamaydigan onalar ham foydalanadilar. Ishlaydigan onalarga nafaqalar homiladorlik va tug’ish ta’tili tugagandan keyin ish joyidan to’lanadi. Ishlamaydigan onalarga nafaqa bola tug’ilgandan keyingi oydan e’tiboran ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan to’lanadi. Birinchi holda ham, ikkinchi holda ham nafaqa bola ikki yoshga to’lgan oyga qadar to’lanadi. Mehnat Kodeksi 234-moddasining to’rtinchi qismiga muvofiq, ayolning yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshining xohishiga ko’ra, ular to’liq bo’lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumki. Bolani parvarishlash nafaqasi tayinlanishi uchun quyidagilarni taqdim etish zarur:
-shu nafaqa tayinlanishi so’ralgan ariza;
-bola tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning ko’chirma nusxasi.
Ishlamaydigan onalar nafaqa tayinlanishini so’rab murojaat etganda, ijtimoiy ta’minot organlariga mehnat daftarchasini yoki ishlamayotganliklari haqida turar joylaridan mahalliy qo’mitasining ma’lumotnomasii ham taqdim etadilar. Agar nafaqa tayinlanishini so’rab bolaning onasi emas, balki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshi murojaat etsa, yuqorida aytilganlarga qo’shimcha ravishda hujjatlar talab qilinadi.
Bolani parvarishlash uchun beriladigan nafaqani to’lash quyidagi hollarda to’xtatiladi:
-parvarishlanayotgan bola ikki yoshga to’lganda;
-bola to’liq davlat ta’minoti uchu ixtisoslashtirilgan muassasa (chaqaloqlar uyi) ga joylashtirilganda;
-bolani parvarishlash uchun beriladigan nafaqani olayotgan shaxs ota-onalik mahrum etilganda;
-bola vafot etganda;
-oila bola bilan doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketganda.
Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qib, o’quv rejasini bajarayotgan xodimlar ish joyidan o’quv ta’tillari olish huquqiga egadirlar. O’z maqsadiga ko’ra, o’quv ta’tili kirish, kursdan-kursga o’tish yoki bitirish imtihonlarini topshirish, laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish uchun, diplom loyihasini tayyorlash va himoya qilish davrida brilishi mumkin.
Umumta’lim maktablarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotgan xodimlar quyidagi o’quv ta’tillarini olish huquqiga egadirlar:
-bitiruv imtihonlarini topshirish uchun berialdigan ta’til;
-sinfdan-sinfga o’tish imtihonlarini topshirish uchun beriladigan ta’til.
Umumta’lim maktablarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, o’qiyotga xodimlarga o’n birinchi sinfda bitiruv imtihonlari topshirish davrida 20 kishi kunidan kam bo’lmagan, to’qqizinchi sinfda esa 8 ish kunidan kam bo’lmagan ta’til beriladi. Bunday ta’tillar vaqtida xodimlarning ish joyi va o’rtacha ish haqi saqlanadi.
O’rta-maxsus o’quv yurtlarining oxirgi kurslarida o’quvning ham kechki, ham kunduzgi shakllarida o’qiyotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar to’plash uchun 30 kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda, ta’til beriladi.
Oliy o’quv yurtlarining oxirgi kurslarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar to’plash uchun ish haqi saqlanmagan holda 30 kalendar kun muddat bilan ta’til beriladi. Bu ta’til davrida talablarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanadi.
Mehnat Kodeksining 285-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslarga nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarini yakunlash, shuningdek, darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalar yozish uchun asosiy ish joyida o’rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda, ijodiy ta’tillar beriladi.
Quyidagi muddat bilan ijodiy ta’til beriladi:
-nomzodlik dissertatsiyasini va mualliflar darsliklar va o’quv–uslubiy qo’llanmalarini yakunlashlari uchun uch oygacha;
-doktorlik dissertatsiyasini yakunlash olti oygacha.
Ilmiy daraja da’vogarlariga ijodiy ta’tilni rasmiylashtirish uchun kafedra Ilmiy kengashga asoslantirilgan iltimosnoma yo’llaydi. Ilmiy kengashning tavsiyasida dissertatsiyani yakunlash uchun zarur bo’lgan ta’tilni berish vaqti va muddatlari ko’rsatiladi. Ijodiy ta’til olgan shaxslar ta’til tugaganidan keyin qilingan ish to’g’risida hisobot taqdim etadilar. Ish mualliflar jamoalari tomonidan yozilganda ijodiy ta’til mualliflar jamoasining barcha a’zolari tomonidan imzolangan arizaga binoan, mualliflar jamoasining a’zolaridan biriga beriladi. Mualliflar ta’tilni o’zaro taqsimlashga ham haqlidirlar.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Gasanov M., Sokolov Ye., «O’zbekistonning mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari: savollar va javoblar». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 187-362 betlar.


2.Karimova O., G’afforov Z. «Davlat va huquq asoslari» Toshkent: «O’qituvchi»-1995 yil, 413-423 betlar.
3.O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. Toshkent: «Adolat»-1996 yil, 61-72 betlar.
4.G’oyipov H.E. «Mehnat muhofazasi». Toshkent: «Mehnat»-2003 yil, 14-16 betlar.



Aim.uz



Download 44,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish