Sabzavotchilikda tajribalar ikki xil sharoitda olib boriladi: 1)ochiq 2)yopiq
1
Uzumchilikda dala tajribalari o`tkazilganda ekilgan nihollarning sifatiga alohida e`tibor beriladi. Tajribada agrotexnologik jarayonlarning yuqori saviyada o`tkazilishiga katta e`tibor beriladi. Siyrakligi va boshqa navalr nihollarining aralashganlik darajasi 10%dan yuqori bo`lmasligi shart. Tajribani maqsadga qarab 10-20 yoshgacha bo`lgan tok tuplarida qo`yish yaxshi natija beradi.

3
Ochiq maydondagi yetishtiriladigan sabzavotlar bilan tajribalar o`tkazish uslubi dala ekinlarinikiga o`xshashdir. O`ziga xos tomoni- sabzavotlarning xilma-xilligi va paykalchalarni tabaqalashtirish , hosilni yig`ishtirish, sifatini baholash bilan farqlanadi. Bu xildagi tajribalarni unumdorligi tekis bo`lgan maydonlarda o`tazish lozim . Har bir paykalchada yetarlicha o`simlik bo`lishi kerak.
Meva va rezavor ekinlar bilan dala tajribalari o`tkazilganda tajribalarning o`ziga xos xususiyatlari ularning biologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Ulardan eng asosiylari : gabitusi , ko`p yillikligi, keng darajada individual o`zgaruvchanligi. Tajriba uchun nihollarning bir xilligiga alohida e`tibor berilishi kerak. Takrorliklar soni 4ta bo`lganida tajribalardan yuqori aniqlik olinadi.
2
Pichanzor va yaylovlarda dala tajribalarini o`tkazganda shu zona uchun tipik xususiyatlarga ega bo`lgan uchastkani tanlash juda muhimdir. Tajriba uchastkasining o`simliklariga tavsif berish uchun tanlangan uchastkadagi o`suvchi o`simlilar geobotanik ko`rikdan o`tkaziladi. Buning uchun tanlangan uchastkadagi o`simliklar to`liq ro`yxat qilinib ularning miqdori Remenskiy, Drude yoki har bir o`simlik og`irligining bir-biriga nisbatan og`irligini foiz hisobida aniqlanadi.