Suvni giperxlorlash quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:
Xlorli ohakning faolligini aniqlash;
Kerakli hajmdagi suvni zararsizlantirish uchun zarur bo'ladigan xlorli ohak miqdorini hisoblash;
Hisoblab topilgan xlorli ohakni tortib olish va suvga qo'shish;
Xlorli ohakni suv bilan kontaktda bo'lganidan keyin undagi qoldiq xlor miqdorini aniqlash. Suvni giperxlorlash orqali zararsizlantirilganda qoldiq xlorning ruxsat etiladigan qiymati 08-1 mg/
atrofida bo'lishi kerak;
Qoldiq xlor miqdori yuqori qiymatlarida bo'lganda suvni aktivlangan ko'mir orqali o'tkazish dexlorlash yoki har bir g qoldiq xlor miqdoriga hisoblanganda 0,7% li natriy giposulfitidan 3 g dan qo'shish talab etiladi.
Zaruriy reaktivlar va kerakli idishlar bo'lmay qolgan holatlarda suvni xlorlash oddiy usullar yordamida olib borilishi mumkin: kostryulkaga 3-4 choy qoshiq quruq xlorli ohak kukuni solinadi, ozgina suv bilan uni aralashtiriladi va kostryulka to'lguncha suv solinadi, shunda taxminiy 1% li xlorli ohak eritmasi tayyorlangan bo'ladi. Keyin 3 ta chelakka zararsizlantirilishi kerak bo'lgan suv olinadi va 1-chelakka 1 qoshiq, 2-chelakka 2 qoshiq, 3-chelakka 3 qoshiq tayyorlangan xlorli ohak eritmasidan solib, yaxshilab aralashtiriladi va 30 daqaqaga qoldiriladi. 30 daqiqadan so'ng xlorning hidi bo'yicha (xlorning hidi 2-3 ball) chelaklardagi qoldiq xlor miqdori aniqlanadi. Qaysi chelakdagi xlorning hidi 2-3 ballga to'g'ri kelsa, shu chelakka solingan xlor miqdori optimal miqdor deb baholanadi va unga muvofiq har qanday hajmdagi suv uchun xlorli ohak miqdorini hisoblab topish mumkin bo'ladi.
SHAXSIY ZAXIRA SUVLARINI ZARARSIZLANTIRISH
Shaxsiy zaxira suvlarini zararsizlantirish uchun tibbiy xizmat xodimi qismdagi shaxsiy tarkib jangchilariga suvni zararsizlantiruvchi tabletkalami tarqatadi: pantotsid, akvasept, puritabs va boshqa. Bu tabletkalardagi ta'sir qiluvchi modda ko'pincha xlor bo'ladi. Tabletkalar noto'g'ri saqlanganda ular tarkibidagi faol xlor kuchsizlanadi, shuning uchun tarqatishdan oldin tabletka tarkibidagi xlorning faolligi tekshirishilishi shart. Buning uchun 1 ta tabletkani 100 ml distillangan suvda eritiladi, unga 1 ml xlorid kislotasi (1:5), 20-30 ta kaliy yodidi kristali va 1 ml li kraxmal eritmasi qo'shiladi. Hosil bo'lgan ko'kimtir eritmani tomchilab 0,7% li natriy giposulfidi eritmasi bilan rangsizlanguncha titrlanadi. Bir tomchi natriy giposulflti 0,04 mg aktiv xlorga tengdir. Yangi tabletkalar tarkibiga faol xlor miqdori pantotsidda 3 mg, akvaseptda 3,5 mg, puritabsida esa 4 mg ni tashkil qiladi.
Tabletkalami tarqatish vaqtida ulardan foydalanish qoidalari bayon etilgan qo'llanma-varaqlar ham tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |