Menga bildurdi emdi ittihoding,
Bor emish zulfima chin e’tiqoding
Sango ul zam-zama bexost ermish,
Har oh angki qilding rost ermish.
Ma’shuqaning bu nomasi oshiqni benihoyat xursand qiladi. Unda ma’shuqa visoliga yetishish ishtiyoqi ortadi. Oshiq sevinganidan xushxabar keltirgan saboga minnatdorchilik bildiradi, uning qadami qutlug‘ ekanligin ta’kidlaydi. Oshiq tezda ma’shuqasiga javobnomasi yozadi va uni sabodan yuboradi. Oshiq nomasini olgan ma’shuqa uni harfma-harf o‘qib chiqib, oshiqning ishq yo‘lida chekayotgan ichki kechinmalaridan iztirobga tushadi. Oshiqqa hamdardlik tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Bu muhabbat alangasi ma’shuqa qalbini ham asta-sekin egallay boshlaydi. Lekin ma’shuqa oshiq yigitni yana bir sinovdan o‘tkazishga qaror qiladi. Uning ishqi sof va pok ekanligini tekshirib ko‘rishga qaror qiladi va o‘z qarorini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |