titani deb qaralgan Servantes, uni endi qo‘liga olgan o‘quvchiga eski uslubdagi, og‘ir va qiyin muallif sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘p sahifali Don Kixotni o‘qib chiqish ulkan vazifa sifatida ko‘rinishi tabiiy, ammo asar tili juda yaxshi, muallif so‘zlashish tilidan foydalangani sababli o‘qish oson. Kanonik matnga birinchi marta duch kelganimdan keyingi uni eng yaxshi tasvirlaydigan so‘z “kulgili” so‘zi edi. Dastlab, kitobga murojaat qilgan o‘quvchi asardagi kulgili vaziyatlar ko‘pligidan hayratda qoladi. Ishoning, agar “Don Kixot” dunyoning eng buyuk romanlaridan biri bo‘lsa, bu aniq uning shunchaki mutoyiba uchun yozilganidan emas. Davrlar o‘tsa-da, oddiy, bachkana yumordan uzoq bo‘lgan, istehzo va parodiyaga asoslangan Servantesning uslubi bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |