BAYONNOMASI
“Mothers` Day “ ma’rifiy-badiiy, musiqiy kecha tahlilda qatnashgan o’qituvchilar:
1.N.Ortiqov- maktab direktori
2. T.Ikromov- o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
3. 1,2,12,13,14, maktab -o’qituvchilar
4. T.Serdyukova- UZUN TXTB chet tili metod birlashma uslubchisi
5. M.Kenjayeva-o’qituvchi
6. M.Suvonova-MMIBDO’
1. Dadaxanova Shaxnozaning so’zi: Bugungi ma’rifiy-badiiy kechadan oldimga qo’ygan maqsadimga erishdim deb o’ylayman. O’quvchiar ingliz tilida she’rlar,qo’shiqlar va sahna ko’rinishlarini namoyish etib, barchalari mazmunini bilib, ingliz tilida olgan bilimlarini mustahkamlab oldilar deb o’ylayman.Ingliz tilidagi sahna ko’rinishida o’quvchilar ingliz tilida gapirishga qiynalmadilar. Bu albatta kelgusi hayotlarida asqotadi. “Mother`s Day “ma’rifiy, badiiy- musiqiy kechamizdan ko’zlangan maqsad mazmunini tushuntira oladilar deb o’ylayman.
2. M.Suvonovaning so’zi: “Mother`s Day “ma’rifiy, badiiy- musiqiy kecha to’g’ri tashkil etildi. Ayniqsa she’riy-musiqiy tarzda boshlangani o’quvchilar diqqatida noan’anaviylikni keltirib chiqardi. O’quvchilar ingliz tilini o’rganish bahsida faol qatnashdilar. Turli metodlar va o’yinlardan foydalanildi.
3. T.Serdyukovaning so’zi : “Mother`s Day mothers “ma’rifiy, badiiy- musiqiy kecha to’g’ri tashkil qilindi.Turli dolzarb mavzulardan foydalanildi.O’quvchilar faolligi oshirildi. O’quvchilar “Mother`s Day” ga sayohat qilib, qiziqarli voqealar guvohi bo’lishdi. Tadbir “ namunali” deb topilsin.
Uzun tumani 12-umumiy o’rta ta’lim maktabining ingliz tili o’qituvchisi Dadaxanova Shaxnozaning metodik muammolarini hal qilishga oid ish tajribadan taqdimotiga
TAQRIZ
Maktablarda yuqori sinf o’quvchilarining qiziqishini va o’qishga bo’lgan mehrini oshirishda o’qituvchilar tomonidan hamda davlatimizning turli shart-sharoitlar yaratib berishi bolalarning o’qishga bo’lgan intilishini oshiradi.Shu boisdan tadbir jarayonida kuzatilayotgan ehtiyojlarni o’rganib chiqib yana shunday yo’llarni ko’rib chiqish va amaliyotda qo’llashi mumkinligini bayon etdi.
Ta’lim sifatini oshirish hamda bolalar bilimida mavzu yuzasidan bo’shliqlar qolmasligi uchun turli ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy kompozitsiyalardan foydalanish yo’llarini ko’rsata oldi.
“Mother`s Day” ma’rifiy, musiqiy tadbir kechasi mobaynida o’quvchilar inglizcha she’rlar, qo’shiq va raqslar, sahna ko’rinishlarini namoyish etib, o’z iste’dodlarini ko’rsatib berishdi. Shu bois ushbu tadbir hozirgi davrning muhim masalalari sirasiga kiradi. Tadbir taqdimoti ham dolzarb uslublari biridan foydalanib tashkil etilgan.
“Mother`s Day” ma’rifiy, musiqiy tadbir kechasi taqdimoti o’qituvchining ish tajribasidan kelib chiqib , faoliyatini yoritib bera oldi hamda ta’lim siftini oshirishda qanday ahamiyatga ega ekanligini tushuntira oldi va shu orqali muammolarni yechimini isbotlay oldi.Taqdimot o’quvchilar ongiga tili o’rganilayotgan davlatning urf-odati, madaniyatini o’rganishga yaxshi ta’sir etishini izohlay oldi. Natijaga erishish uchun aniq takliflar bera oldi.
O’qituvchi taqdimotida “Mother`s Day” ma’rifiy, musiqiy tadbir kechasini olib boorish amaliyot bilan hamnafas bo’lib bolalarda chuqur tushuncha hosil qila oldi. “Mother`s Day” ma’rifiy, musiqiy tadbir kechasi jarayonida aniq dalillar bilan , musiqiy chiqishlar, sahna ko’rinishlari bilan yoritilishi va bu bolalar ongida qanchalik saqlanishi va tushunchasi , dunyoqarashi, fikrlash qobiliyatlariga ijobiy ta’sir qiladi.
Taqrizchi: M.Suvonova
Uzun tumani 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi
direktor o’rinbosari, hay’at a’zosi
Do'stlaringiz bilan baham: |