3.1. QarshiDU ning sohaga mos yoʻnalishlari boʻyicha Turizm va sport muassasalarida filiallarini ochishga yordam berish.
3.2. QarshiDU ning taʼlim yoʻnalishidagi har bir talabaning 1-kursdan boshlab Turizm va sport muassasalarida malakaviy amaliyotlarni tizimli ravishda oʻtkazilishiga koʻmaklashish va ixtisoslik fanlarining amaliy mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirishni amalga oshirishga sharoit yaratish, sohaga mos taʼlim yoʻnalishlari mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrish.
3.3. Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida Turizm va sport muassasalariga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari mavzulari bazasini shakllantirishda koʻmaklashish.
3.4. Turizm va sport muassasalariga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha Kafedra (Universitet) bilan xoʻjalik shartnomalarini tuzish.
3.5. QarshiDU professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari bilan Turizm va sport muassasalariga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazib borishga sharoit yaratish.
3.6. QarshiDU taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari talabalari uchun, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari va Turizm va sport muassasalariga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha Turizm va sport muassasalarining yetakchi mutaxassislari tomonidan maʼruzalar oʻqishni tashkillashtirish.
3.7. Turizm va sport muassasalariga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari hamda kurs ishi va loyiha mavzularini shakllantirishda amaliy yordam berish, shart-sharoitlar yaratish.
3.8. Doktorantlar, magistratura talabalarini Turizm va sport muassasalarining muammoli masalalariga bagʻishlangan dissertatsiya mavzulari ustida ishlashini, shuningdek, tajriba-sinovlarni Turizm va sport muassasalarida oʻtkazish, amaliyotga tatbiq etilgan ishlar mualliflari boʻlgan hamda ixtirochilik patentini qoʻlga kiritgan doktorant va magistrlarni oʻqituvchi lavozimi boʻyicha oylik ish haqi miqdorining 10 barobarigacha Turizm va sport muassasalari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish;
3.9. Universitetning sohaga mos taʼlim kafedralari qoshida shakllantiriladigan oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovatsion korporativ guruhlarga Turizm va sport muassasalarining yetuk mutaxassislarini biriktirish;
3.10. QarshiDU oʻqituvchilarining Turizm va sport muassasalarida amaliy tadqiqotlar oʻtkazishga sharoit yaratib berish;
3.11. Turizm va sport muassasalarining mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalarga kelgan Kafedra professor-oʻqituvchilari uchun sharoitlar yaratib borish;
3.12. Taʼtillar davrida Kafedra talabalarini Turizm va sport muassasalarida vaqtinchalik ish bilan taʼminlash;
3.13. Turizm va sport muassasalaridagi boʻsh vakant oʻrinlarni malakali bitiruvchilar bilan toʻldirib borish;
3.14. QarshiDU oʻquv rejasida belgilangan ishlab chiqarish va malaka amaliyotlarini oʻtash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini berish va amaliyot davri davomida imkoniyat doirasida ish haqi toʻlanadigan lavozimga ishga qabul qilish;
3.15. Turizm va sport muassasalari rahbari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishini taʼminlash;
3.16. QarshiDU talabasiga Turizm va sport muassasalari masʼul xodimini biriktirish, bunda biriktirilgan xodim amaliyotchi bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishini taʼminlash, Turizm va sport muassasalarida amaliyotchidan unumli foydalanishni yoʻlga qoʻyish, amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etish.