“TASDIQLAYMAN”
Qarshi davlat universiteti rektori
D.X.Nabiyev
________________
2022-yil “____”______________
“TASDIQLAYMAN”
Qarshi davlat universiteti marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i
L.Abdirasulov
________________
2022-yil “____”______________
|
“TASDIQLAYMAN”
Qashqadaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Avazov
_______________
2022-yil “____”________________
“TASDIQLAYMAN”
Qarshi shahar turizm va sport bo‘limi boshlig‘i B.Qurbonov
_______________
2022-yil “____”________________
|
Oʻzaro hamkorlik aloqalari(Amaliyot)boʻyicha
SHARTNOMA №______
Qarshi shahri 2022-yil “____”_____________
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 34-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Qarshi davlat universiteti (keyingi oʻrinlarda QarshiDU) nomidan (bir tomondan) Universitet Ustavi asosida rektor D.X.Nabiyev, Qashqadaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tarkibidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari” (keyingi oʻrinlarda Korxona), ikkinchi tomondan Qashqadaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Avazov oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha shartnoma tuzildi.
Umumiy qoidalar
Oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy taʼlim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, texnika va texnologiya-larning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida quyidagi mavjud yoʻnalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi:
1.1. QarshiDU va Turizm va sport muassasalarining oʻzaro samarali hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
1.2. Turizm va sport muassasalarining mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini bevosita taʼlim mazmunini shakllantirishda Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalar joriy qilish.
1.3. Rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilgʻor tajribasini oʻrgangan hamda Turizm va sport muassasalarining mutaxassislarga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻquv adabiyotlari, shu jumladan oʻquv-metodik komplekslarni xalqaro standartlar asosida, zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilishni oʻzaro hamkorlikda amalga oshirish.
1.4. Hamkorlikda Turizm va sport muassasalarini istiqbolli rivojlantirish dasturini hisobga olib, oliy malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini yillar kesimida aniq manzilli, taʼlim yoʻnalishi hamda mutaxassisligini koʻrsatgan holda, aniq balans beradigan hisob-kitoblar asosida ishlab chiqish.
1.5. QarshiDU ning taʼlim yoʻnalishida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish va qoʻllash.
1.6. Turizm va sport muassasalarining muammolarini oʻrganish va ularning yechimi boʻyicha ilmiy hamda amaliy takliflar ishlab chiqish. Ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish.
1.7. Hamkorlikda seminarlar oʻtkazish.
1.8. Turizm va sport muassasalarida kafedralar filiallarini ochish.
1.9. Turizm va sport muassasalarida talabalar amaliyotini tashkil etish hamda boʻsh ish oʻrinlariga bitiruvchilarni ishga joylashtirish choralarini koʻrish.
1.10. QarshiDU oʻqituvchilarining Turizm va sport muassasalarida amaliy tadqiqotlar oʻtkazishiga sharoit yaratib berish.
1.11. Turizm va sport muassasalarining tegishli xodimlari tomonidan kafedra bitiruvchilarini seleksiya qilish asosida ularni amaliyotga va ishga qabul qilish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish.
1.12. Hamkorlikda Turizm va sport muassasalarini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish.
1.13. Professor-oʻqituvchilarning amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqotlarini tijoratlashtirishda hamkorlik qilish;
1.14. Mazkur shartnomaning tuzilishi va undagi shartlarning bajarilishi Kafedra va Turizm va sport muassasalari orasida tuziladigan oʻzaro manfaatli boshqa shartnomalarga zid boʻlmasligi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |