§. Iqtisodiy fanlarni o'rganishda masala-mashqlardan foydalanish metodining tutgan o‘rni
Iqtisodiy fanlarning boshqa fanlardan ajralib turadigan tomoni ham shundaki, u faktlar, ma’lumotlar, raqamlar bilan ish ko‘radi. Iqtisodchidan ana shu faktlar, raqamlar, ma’lumotlar bilan ishlay bilish, qo'ygan maqsadiga ko‘ra ular asosida hisob-kitob, mate- matik amallar, kuzatishlarni amalga oshirish, ularning dinamikasi- o‘zgarishi asosida xulosalar chiqarish, qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo'Iish talab qilinadi.
Bu o‘z navbatida iqtisodiy fanlarni chuqur o'rganish, imkon qadar real voqelikka yaqin tajribalar o'tkazish, nazariy qonun- qoidalarni sinab ko'rishni zarur qilib qo'yadi. Bu jihatdan iqtisodiy fanlarni o'rganishda masala va mashqlardan foydalanishga teng ke- ladigani yo'q.
Shuning uchun ham iqtisodiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni o'rganishda markaziy o'rinni masala, mashq yechish egallaydi. Sababi:
Birinchidan, masala, mashq yechish fanni o'rganishning bosh maqsadi — olingan bilimni amaliyotda qo'llash imkonini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, masala, mashq yechish orqali talabalarning bilim olishdagi faolligi ortadi.
Uchinchidan, masala fikrlashni o'rgatadi.
Shuning uchun ham masala so'ziga faqat hisob-kitob asosida topshiriqni bajarish, javobini aniqlash emas, balki fikr yuritish
obyekti sifatida qaralishi bejiz emas. Aytaylik, yechimini kutayotgan masalalar, hal qilinishi zarur masalalar va hokazo.
Masala yordamida fanni o‘rganganda aniq raqamlar, dalillar, hujjatlar asosida tahlil qilish imkoniyati keng. Undan tashqari modellashtiruvchi o'yin, kichik guruhlarga bo'Iish, konkurs o'tkazish va boshqa metodlar asosida dars o'tishda ham masala- mashqlardan keng foydalanish imkoniyati katta.
Talabalarda malaka, ko'nikma hosil qilishda alohida o'rin tutadigan metodlardan biri bu mashq hisoblanadi. Bu metodning samaraliligi,-eng awalo, mashqlarni amaliyot bilan bog'kngan- ligidir. Mashq qilish deganda o'zi o'rganish, malaka hosil qilish uchun qilinadigan ish, tayyorgarlik mashg'uloti va uni takror va takror bajarishni tushunamiz. Mashq — inson oldiga qo'ygan maqsadni amalga oshirish, ijobiy natijaga ega bo'Iish uchun qilingan mashaqqatli mehnat hamdir.
Mashq qilish «Takrorlash — bilimning onasidir» naqlini ifodalaydi. Mashq qilmay o'quv va amaliy ko'nikma va malakaga ega bo'lib bo'lmaydi.
Mashqlarni ularni bajarishdan quyilgan maqsadga ko'ra: maxsus, awal bajarilganlarini yodga tushiruvchi, o'qish, o'rganish jarayonini faollashtiruvchi mashqlarga bo'Iish mumkin.
Mashqlarni bajarishga ko'ra esa: amaliy, og'zaki va yozma mashqlarga bo'Iish mumkin.
Iqtisodiy fanlardagi mashqlar talabalarni mushohada qilish, xulosa chiqarishga o'rgatish bilan birga kam vaqt sarflanishi, ayrim masalalarda ikkilanib turgan talabalarni to'g'ri javob topishga o'rgatadi.
Ayrim fanlar borki, ularni masala-mashq yechmay o'rganib bo'lmaydi. Shunday deganda, odatda, biz tezda matematika, fizika, ximiya kabi fanlarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Iqtisodiy fanlarni ham bu jihatdan ana shu fanlar qatoriga kiritish mumkin.
Masala va mashqlar hisob-kitob qilishni taqozo qiladi. Bu esa o'quvchi, talabalarda aniq miqdorlar, raqamlar yordamida qonun va kategoriyalarni tushunishni osonlashtiradi.
Chunki, iqtisodiyotni nazariy jihatdan o'rganishda ko'pincha ilmiy abstraksiyadan foydaianiladi. Ko'pchilik o'quvchi-talabalar ilmiy abstraksiya metodini tezda tushunaverishmaydi. Matematik ifodalar orqali iqtisodiy hodisalarni o'zaro bog'lanishini tushunish esa oson.
Masada-mashqlarni mustaqil yechar ekansiz, unga sarflagan intellektual energiyangiz va vaqtingizga achinmaysiz. Chunki, ular
iqtisodiyotni chuqur o'rganishga katta yordam beradi.
Masala, mashq yechish jarayonida talabalarning qabul qilingan qonunlar, me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarni qay darajada bilishlarini ham aniqlash mumkin. Ulardan munozara, debatlar metodini qo'llashda ham keng foydalansa bo'Iadi.
Masala-mashqlar talabalar bilimini sinashda ham eng qulay metod.
Masala mashqlardan fanni o'rganish uchun tarqatma material tayyorlashda keng foydalanish mumkin. Ulardan darsda foydalanish
turli interaktiv metodlarni qo'llab dars o'tishni tashkil etishda foydalanish imkoniyati nihoyatda katta.
Masala, mashqlardan foydalanib, darsni tanlov o'tkazish shaklida tashkil etish mumkin. Bunda teng kuchli masala-mashqlar tayyorlanib, kichik guruhlarga juftlik yoki individual tarzda yechishga qarab darsda qo'yilgan maqsad amalga oshiriladi.
Masala, mashqlarning murakkabligi jihatidan tabaqalash- tirgan holda tuzilib, talabalarning salohiyatiga ko'ra beriladi. Natijada murakkab masalani yecholmay hafsalasi soviydigan talabalarni ham darsga, o'rganilayotgan mavzuga diqqatini qaratish mumkin. '
Xullas, masala, mashqlar, bir tomondan sinalgan, qadimiy dars o‘tish uslubi bo‘Isa, ikkinchi tomondan, imkoniyatlari nihoyatda ko‘p!igi tufayli eskirmaydigan, doimo zamonaviy, uchinchidan, universal, barcha iqtisodiy fanlarni o‘rganishda qo'llash mumkin bo‘Igan metoddir.
Iqtisodiy fanlarni o'rganishda bu metod, shubhasiz, nihoyatda katta ustunliklarga ega, ya’ni:
Masala-mashqlardan foydalanish amaliyot yo'nalishiga ega bo'lgani uchun mavzuni o'rganish va talabalar bilimini nazorat qilishning samarali usuli hisoblanadi. Ayniqsa, talabalarning bilimini nazorat qilishda imkoniyati katta.
Masala, mashq mavzusi uchun har qanday vaziyatni tanlash mumkin. Masala, mashqlar talabalar bilimini butun dastur bo'yicha nazorat qilish, shu bilan birga, asosiy yoki qiyin kategoriyalar yoki mavzularni tushunishga qaratilgan bo'lishi mumkin.
Masalalarning muntazam yechib turilishi, mashq bajarish hamda uni muhokama qilish, talabalarning olgan bilimini uzluksiz nazorat qilish, tushunmagan kategoriyalarni tushunib olish imkoniyatini beradi.
O'qituvchi masala, mashq tuzar ekan, birinchi navbatda, aniq maqsad qo'yishi, ikkinchidan, undan kelib chiqib, qanday
ma’lumot berilishini puxta o'ylashi, uchinchidan bajariladigan ish- larni, topshiriqlarni maqsadga ko‘ra tushunarli tarzda qo'yishi za-
§. Masala-mashqlar va ularni nazariy darslarda qo'llash
0‘quvchi-talabalarning puxta bilim olishlari, iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishlarining eng samarali metodlardan biri masala va mashqlardan foydalanish qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rib chiqdik. 0‘qituvchi masala va mashqlarni o‘quv jarayonida turli shakllarda ishlatishi mumkin.
0‘qituvchi dars berishga tayyorlanar ekan, mavzuni o‘qishda qo‘llaydigan metodlarini, jumladan, masala, mashqlarni chuqur o‘ylab, ulardan qanday tarzda foydalanishni ko‘z o'ngiga keltirishi zarur.
Masala va mashqlar iqtisodiy kategcriya, qonunlami sifat xarakteristikasi bilan birga miqdor aloqalarini ham o‘zida mujas- samlashtirishi bilan muhim rol o'ynaydi.
Masala va mashqlar hisob-kitob qilishni taqozo qiladi. Bu esa o‘quvchi-talabalarning aniq miqdorlar, raqamlar yordamida qonun va kategoriyalarni tushunishini osonlashtiradi. Chunki, iqtisodiyotni nazariy jihatdan o‘rganishda, ko‘pincha, ilmiy abslraksiyadan foy- dalaniladi. Ko‘pchilik o'quvchi-talabalar ilmiy abstraksiya metodini tezda tushunishmaydi.
Masala va mashqlardan nazariy darslarda foydalanishga ikki nuqtayi nazardan yondashish mumkin:
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlaridagi iqtisodiyotni nazariy jihatdan o‘rganadigan fanlar: «Iqtisodiy bilim asoslari»; «Iqtisodiyot asoslari», oliy o‘quv yurtlarida o‘rganiladigan «Iqtisodiyot nazariyasi» fanlarini o'rganishda masala, mashqlardan foydalanish.
Barcha iqtisodiy fanlardan nazariy dars o‘tishda masala, mashqlardan foydalanish.
Masala, mashqlar uchun quyidagi qoidalar umumiy hisoblanadi: *
Nazariy darslarda masala, mashqlardan foydalanish me’yorini bilish zarur.
Masala, mashqlardan keragidan ortiq foydalanilsa, nazariy ma- salalarni yoritishga vaqt yetmay qoladi.
Ma’ruza darsi uchun qisqa vaqtda yechiladigan masala tuzgan yoki tanlagan ma’qul.
Ma’ruzada qo'yilgan masala, mashqni oxirigacha yechish shart emas. Ba’zan masala, mashqni maruza jarayonidan boshlab, mustaqil ravishda davom ettirishni talabalarga topshirish mumkin. Ma’ruza jarayonida 0‘qituvchi masala, mashqni doskada yoki og'zaki shaklda yechishi mumkin. Ularni oldindan ko'rgazmali qurol yoki tarqatma material sifatida tayyorlanadi.
Masalan, firma faoliyati va uni baholashni o'rganishda foyda- ning qanday taqsimlanishini ko'rsatuvchi masalani yechish mumkin:
Firmaning o'z mahsulotlarini sotishdan olgan tushumi 4,5 million so'm. Mahsulotni tayyorlash uchun sarflangan umumiy xara- jatlar 4 million so'mni tashkil etadi. Olingan foydaning 18 foizi soliqqa, qolgan yarmi dividendga to'lanadigan bo'ldi. Foydaning qolgan qismini 50 foizi ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarf- lanadigan bo'ldi. Foyda normasini, soliq va dividend miqdorini, investitsiyaga ajratilgan mablag' miqdorini hisoblang.
Bu masalani yechish o'quvchi, talabalarga foyda, dividend va boshqa tushunchalami puxta o'zlashtirishlariga yordam beradi.
Dars jarayonida birinchi navbatda foyda miqdorini aniqlash zarur: u 4,5 mln. so'm - 4 mln. so'm = 0,5 mln so'mga teng. Endi foyda normasibi topamiz. Foyda normasi Pn= (foyda x 100%) : xarajatlar;
Masalamiz b o'icha P„= (0,5 mln. so'm x 100%) : 4 mln. so'm = 25% ga teng.
Hisoblarni bajarish jarayonida foyda normasini o'qituvchi tushuntirib beradi. Qolgan hisoblarni talabalarning o'zlari bajarib, boshqa tushunchalami mazmuni eslatib o'tiladi. Bu yerda talabalar diqqatini bilvosita (egri) soliqlarga ham qaratib o'tish zarur.
Qaysi mavzuda, qanday tarzda masaladan foydanishni o'qituvchi hal qiladi.
Ma’ruza jarayonida qo'llaniladigan masala, mashqlar doimo real ma’lumotlar asosida bo'lishi shart emas. Unda shartli raqam- lardan foydalanish mumkin.
Masalan, doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarning farqini ko'rsatish uchun quyidagicha masala tuzish mumkin:
Tikuvchilik kichik korxonasida oy davomida 200 dona erkaklar ko'ylagi tikildi. Tikish uchun quyidagi xarajatlar qilindi.
Xomashyo xarajatlari 300 000 so'm.
Energiya xarajatlari 40 000 so'm.
Asbob-uskunaning amortizatsiya to'lovlari 100 000 so'm. Transport yollash uchun xarajatlar 30 000 so'm.
YILLAR
|
YalM o'sishi, nisbatan
|
Avvalgi yilga nisbatan
|
O'sish sur’ati, punkt
|
1991-yilga nisbatan
|
Avvalgi yilga nisbatan
|
1991
|
100
|
99,5
|
|
|
1995
|
81,6.
|
99,1
|
|
|
1996
|
83.0
|
101,7
|
|
|
1997
|
87,3
|
105,2
|
|
|
1998
|
91,1
|
104,3
|
|
|
1999
|
95,1
|
104,4
|
|
|
2000
|
98,2
|
103,8
|
|
|
2001
|
102,7
|
104,2
|
|
|
2002
|
106,8
|
104.0
|
|
|
2003
|
111,3
|
104,2
|
|
|
2004
|
119,8
|
107,7
|
|
|
2005
|
128,2
|
107,0
|
|
|
2006
|
132,9
|
107,3
|
|
|
2007
|
145,5
|
109.5
|
|
|
2008
|
156,6
|
109,0
|
|
|
Manba: Davlat statistika qo ‘mitasi та ’lumotlari asosida tuzilgan.
Jadval ma’lumotlari asosida O'zbekistonda YalM 1996-yilga qadar 1991-yilga nisbatan o'sish sur’ati pasayib borgani, faqat 1996-yilga kelib tushkunlik io‘xtatilib, iqtisodiy o‘sish boshlanishini ko'rsatib, keyingi 1997-yildan boshlab barqaror iqtisodiy o'sishga erishilganini ko'rsatish mumkin.
Bunda talabalarga qo'shimcha topshiriq berish mumkin. Masalan, o'qituvchi jadval ma’lumotlari bo'yicha yangi topshiriq, aytaylik, 2003—2005-yil ma’lumotlari bilan to'ldirish, avvalgi yilga nisbatan o'sish sur’atini hisoblashni topshirib, undagi ma’Jumotlar asosida xulosa chiqarishni taklif qilinadi va talabalar bilan birgalikda jadvalning qo'shimcha ustunini to'ldirish mumkin. U holda, jadval quyidagi ko'rinishda boiadi.
O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot o‘sishi dinamikasi (% da)
YILLAR
|
YalM
o'sishi,
nisbatan
|
Avvalgi yilga nisbatan
|
O'sish sur’ati, punkt
|
1991-yilga nisbatan
|
Avvalgi yilga nisbatan
|
1991
|
100
|
99,5
|
|
|
1995
|
81,6.
|
99,1
|
-18.4
|
4,3
|
1996
|
83,0
|
101,7
|
-17
|
2.6
|
1997
|
87,3
|
105,2
|
-12.7
|
3.5
|
1998
|
91,1
|
104,3
|
-8,9
|
-0,9
|
1999
|
95,1
|
104,4
|
-4.9
|
0.1
|
2000
|
98,2
|
103,8
|
-1.8
|
-0.6
|
2001
|
102,7
|
104,2
|
2,7
|
0.4
|
2002
|
106,8
|
104,0
|
6,8
|
-0,.2
|
2003
|
111,3
|
104,2
|
11,3
|
0,2
|
2004
|
119,8
|
107,7
|
19,8
|
3,5
|
2005
|
128,2
|
107,0
|
28,2
|
-0,7
|
2006
|
132,9
|
107,3
|
32,9
|
. P,3
|
2007
|
145,5
|
109.5
|
45,5
|
2,3
|
2008
|
156,6
|
109,0
|
56,6
|
-0,5
|
Bunda 1996-yilga qadar O'zbekiston iqtisodiyotining pasayib ketishining qanday sabablari bo'lishi mumkin, deb auditoriyaga murojaat qilinib, talabalar bilan birgalikda uning sabablari sanab chiqiladi.
1-. Sobiq ittifoq tarkibida yangi mustaqil davlaUarning paydo bo'lishi, ular o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni uzilishiga olib keldi.
Jahon bozorida. paxta tolasi narxi tushib ketdi. U o'z navbatida, chetga asosan, xomashyo chiqarishga ixtisoslashgan res- publikamiz iqtisodiyotiga katta ta’sir qildi.
Bozor iktisodiyotiga o'tilishi tufayli mamlakatimizda taklifni talabga moslashimiz zarurati paydo bo'ldi. Respublikamiz iqtisodi- yoti bunday imkoniyatga ega emas edi.
Korxonalar rejali iqtisodiy sharoitdan tamomila farqlanuvchi bozor talabi bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga o'tishi zarur edi.
Mamlakatimizda bozor infrastrukturasi yetarlicha rivojlan- magan edi.
Iqtisodiy o'sishni ta’minlash uchun moliya resurslari, texnologiya, malakali kadrlar zarur edi.
Mamlakatimizda iqtisodiy pasayish sabablarini o'rganib, uni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli 1996 yilning o'rtalariga kelib, ishlab chiqarishdagi tushkunlik to'xtatildi. Keyingi yillarda iqtisodiy o'sishga erishish ta’minlandi. Bunda:
ishlab chiqarishda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishga e’tibor berilishi;
mulkni bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan chiqarishni amalga oshirilishi;
xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirilishi;
bozor infrastrukturasini vujudga keltirishga ahamiyat berilishi;
chetdan investitsiyalarni jalb etishiga alohida e’tibor berilishi va boshqalarni ko'rsatish mumkin.
2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy krizisni albatta, O'zbekistonda ham iqtisodiy o'sish sur’atlarini birmuncha pasayishiga olib keldi. Lekin o'z vaqtida ko'rilgan chora-tadbirlar tufayli keskin ravishda pasayishning oldi olindi.
Fanni o'rganishda mashqlar ham katta ahamiyatga ega. Ular
yordamida nazariya amaliyot bilan bog‘lanadi. Fanni nazariy jihatdan o'rganayotganda:
formulani tahlil qilish bilan bog‘liq;
iqtisodiy kategoriya, qonun-qoidalarni tahlil qilish;
d) axborot, raqamlar, faktlarda ifodalangan ma’lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan mashqlardan foydalanish mumkin.
Mashqlar sxema, grafiklarga asoslangan bo'lishi, keng ravishda jadval ma’lumotlarini tahlil qilishda foydalanish mumkin. Ular orqali u yoki bu kategoriya, tushunchani o'zlashtirish oson bo‘ladi.
-Mashqlar to‘g‘ri javobni tanlash va ana shu -tanlovni asoslab berishda ham ifodalanadi. U to'g'ri - noto‘g‘ri javobni tanlashni izohlash yoki test yechish tarzida bo'lishi mumkin.
Xullas, nazariy darslarda o'tiladigan mavzuga ko‘ra o'rganiladigan savollarga qarab, masala-mashqlardan foydalanish darsni qiziqarli bo'lishi, talabalar diqqatini o'rganilayotgan savol, masalaga qaratishlariga yordam beradi. Ma’ruza jarayonida talabalarning ishtirokini ta’minlaydi. O'quv jarayonida bajariladigan o'quv amaliyoti, malakaviy amaliyotlar o'ziga xos mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |