D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. Modellashtiruvchi o‘yin metodini qo'llab, dars o‘tishning asosiy bosqichlari



Download 0,89 Mb.
bet19/54
Sana14.03.2020
Hajmi0,89 Mb.
#42489
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Tojiboyeva D.

§. Modellashtiruvchi o‘yin metodini qo'llab, dars o‘tishning asosiy bosqichlari

Hozirgi paytda dars o'tishda bu metoddan nisbatan keng foy- dalanilmoqda. Modellashtiruvchi o'yinlar talabalarga abstrakt iqti­sodiy tushunchalar, real hayotdagi iqtisodiy voqea-hodisalami ifodalash, ularning mohiyatini tushunishga yordam beradi. Ya’ni:

  1. Modellashtirish metodi asosiga qurilgan dars mo'ljal (orien- tatsiya)dan boshlanadi. O'qituvchi talabalarni amaliy o'yin, uning maqsadi va foydalaniladigan tushunchalar bilan tanishtiradi.

O'qituvchi biron bir mavzu, savolni modellashtiruvchi o'yinlar yordamida o'tkazishni mo'ljallar ekan, eng awalo, unga tayyorgar­lik ko'rishi kerak.

Tayyorgarlik bosqichi quyidagilar.

  1. o'yinni ishlab chiqish;

  2. uni o'tkazish qoidalari va ularni talabalaiga tushuntirishni o'z ichiga oladi.

  1. Modellashtiruvchi o'yinning qanday o'tkazilishi yozma matn- da ko'rsatiladi. Shuning uchun mavzular bo'yicha maxsus ish o'yinlari awaldan ishlab chiqilishi, o'yin ssenariysi yozilishi zarur.

Unda:

  • o'yinning maqsadi ;

  • o'yin vazifalari va ularning bajarish izchilligi;

  • o'yin qoidalari;

  • g'oliblami aniqlash tartiblari ishlab chiqilgan bo'lishi kerak.

Maqsad — insonni u yoki bu faoliyati jarayonida erishishi

lozim bo'lgan dasturlashtirilgan, rejalashtirilgan natija. Maqsad tek- shirib ko'riladigan va erishiladigan (amalga oshiriladigan) bo'lishi lozim.



Maqsad ikki turda bo'Iadi:

  • O'qituvchi faoliyati maqsadlari.

  • 0‘quvchi faoliyati maqsadlari.

0‘qituvchi faoliyati maqsadlari o'quvchi, talaba shaxsini rivojlantirishga qaratilgan. U o'z ichiga quyidagilami oladi:

  • o'quvchi, talabalarning yangi mavzuni o'lganish loyihasini ta- sawur qila olishiga yordamlashish;

  • o'quvchi, talabalarning dalillar, tushunchalar, qonunlar haqi- _ dagi ko'nikmalarini mustahkamlash; _

  • o'quvchilarni o'igangan bilimi va malakasini xilma-xil sharoit- larda mustaqil qo'llay bilishga o'igatish, «amaliyot» da sinab ko'rish;

  • mavzu bo'yicha o'quvchi, talabalarning bilimi, uquvi, malakasini oshirish, mustahkamlash va nazorat qilish.

O'yin o'tkazish uchun qanday tayyorgarlik ko'rishda o'qituvchi uchun tavsiyalar, talabalar uchun ко
' rsatmalar beriladi.

Talabalar qanday rol o'ynashadi, o'yinning qoidalari, uni o'tkazishni qadam-baqadam ko'rsatmasi beriladi. Juda ko'p o'yinlarda talabalar hayotdagi personajlarning rolini o'ynashadi. Masalan, sotuvchi, xaridor, ishlab chiqaruvchi, xizmatchi va ho­kazo.

O'yin o'tkazish shartlarida har bir roJ bajaruvchining maqsadi va unga qanday erishish mumkinligi ko'rsatiladi. Masalan, xaridor belgilangan vaqt ichida iloji boricha arzon, ko'proq tovar sotib ol­ishi, sotuvchi esa, aksincha, ko'proq qimmatga sotishi, ishlab chiqaruvchi ko'proq kam xarajat bilan mahsulot ishlab chiqarishi va hokazo.

  1. Modellashtiruvchi o'yin o'tkazilayotganda darsning maqsadini yaxshi tushunmaslik oqibatida yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolami to'g'rilash hamda qarama-qarshi muloqot o'rnatish imkoniyatini qoldirishni ko'zda tutishi kerak.

  2. Modellashtiruvchi o'yin asosida dars o'tishda talabalar o‘yin jarayonida ham bilim oladi. Muhokama qilish jarayonida o'qituvchi tomonidan berilgan savollar talabalarga o'yin davomida bajarilgan ishlar, voqealami umumlashtirishga, darsning asosiy mazmunini tahlil qilishga yordam berishi kerak. Talabalar to'qnashgan qiy­inchiliklar, o'zi uchun ochgan yangiliklarni aniqlash, o'yinni real hayot voqealari bilan taqqoslash, o'tilayotgan darsning mazmuni bilan bog'lash asosida ko'rsatilgan asosiy iqtisodiy tushunchalarning mag'zini chaqish, anglab yetish hamda xulosa chiqarishga yordam berishi kerak.





  1. Modellashtiruvchi o'yin boshqa o'yinlardan farq qilishini tushuntirish kerak. Masalan, kirn birinchi bo'lib masalani yechadi yoki krossvord tuzadi va hokazo. Bular, asosan, qandaydir bir mu- sobaqani ifodalaydi. Modellashtiruvchi o'yinlarga esa, albatta, real ijtimoiy yoki iqtisodiy jarayonni soddalashtirilgan ifodasi, unda qatnashish imkonini beradigan o'quv tajribasi sifatida qarash mum­kin. Modellashtiruvchi amaliy o'yinlar talabalarga shu jarayonning o'zini yoki insonlarning xatti-harakatini, o'zlarini qanday tutishlari, ya'ni tanlov muammosini qanday hal etishlarini namoyon qilishi tufayli iqtisodiy voqea, hodisa, jarayonlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Chunki, shu jarayonning o'zida ular qatnashadilar, sinab ko'radilar.

Modellashtiruvchi o‘yin tamoyili asosida tuzilgan darsning asosiy bosqichlari.

  • MoMjalga olish:

  • modellashtiruvchi o'yin o'tkaziladigan mavzu tanlash;

  • mavzu mazmunini o'rganadigan o'yin tanlash yoki ishlab chiqish;

  • modellashtiruvchi o'yinda namoyish etiladigan, o'rgani- ladigan tushunchalarni aytish, esga solish, qaytarish;

  • modellashtiruvchi o'yinning maqsadini tushuntirish.

  • 0‘yinni o'tkazishga tayyorlanish:

о
rollarni aniqlash, har bir rolni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur ashyolami tayyorlash;

о o'yinni o'tkazish qonun-qoidasini belgilash; о o'yin o'tkazishning aniq tartibini belgilash, qanday o'tkazish haqida aniq ko'rsatma berish;

о zarur bo'lganda qisqacha sinov raundini o'tkazish.

  • 0‘yinni o'tkazish:

о modellashtiruvchi o'yinni o'tkazish; о o'zaro muloqotni, aloqani ta’minlash; о noto'g'ri tushunish tufayli yo'l qo'yilgan xatolarni to'g'rilash;

о o'yinni davom ettirish.

  • Muhokama qilish:

о o'yinda yuz bergan hodisalar jarayoniga yakun yasash; о yuz bergan qiyinchiliklar va ularni bartaraf qilish yo'llarini muhokama qilish;

о jarayonni tahlil qilish;

о o'yinni real hayot bilan taqqoslash;

о o'tilayotgan asosiy iqtisodiy tushunchalar bilan bog'lash.





Navbatdagi paragrafda darsda bu metodni qo'llash orqali talab va taklif kategoriyasi va qonunini o'rganishda qanday foydalanishni ko'rib chiqamiz.


  1. §. 0‘yinni tanlash va tayyorlash, o‘tkazish.

О‘yin natijasini muhokama qilish.

(«Kartoshka bozori» amaliy olyini misolida)

Bozor iqtisodiyotining eng muhim iqtisodiy instituti bozorning o'zi. Bozor resurslarnr shunday taqsimlaydiki, bunda qaysi indivi- - dual xaridor uni eng yuqori baholagan, ya’ni eng zarur deb hisoblagan bo'lsa, sotib oladi. Bozorda bir qancha xaridor turli- tuman tovar va xizmatlarni sotib olishga tayyor. Bu amaliy mashg'ulotda aniq bir bozorda baho qanday shaldlamshini ko'rib chiqamiz. So‘ngra nima sababdan vaqt o‘tishi bilan baholar o‘zgaradi? Qanday qilib turli bozorlar bir-biriga muvofiqlashadi va birgalikda bozor tizimini tashkil qiladi o‘rganamiz. Bozorlarning yalpi tizimi jamiyat doimo to‘qnash keladigan asosiy iqtisodiy savollar: qanday tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish zarur, ularni qanday ishlab chiqarish kerak? Ular kimlar uchun ishlab chiqari­ladi? Iqtisodiy tizim, ishlab chiqaruvchilar o’zgarishlarga tezda moslasha oladimi? Hammasiga javobni bozor beradi!

Bozor iqtisodiyotida bozorning qanchalik muhimligiga qaramay, ko‘pchilik uning qanday ishlashini tushunmaydi.

Darsda o'rganiladigan qonun va kategoriyalar:

Taklif; Talab; Baho, muvozanat bahosi; Bozor kategoriyalari. Talab, taklif qonuni

Darsning maqsadi:

Qanday tarzda taklif va talab asosida baho shakllanadi, o‘z navbatida, tovar bahosi talab va taklif miqdoriga qanday ta’sir qiladi.

Ular o‘rtasidagi funksional bog'lanishni o'rganish. Darsni tala­balarga mukammal raqobat sharoitidagi bozorda erkin oldi-sotdi yuz berishi, lekin hamma tovarlar uchun ham bunday bozor xos emasligini uqtirib o‘tishdan boshlaymiz.

Talabalar amaliy o'yinda ishtirok etib, bahoning qanday shakllanishini 0‘zlari ishtirok etganlari holda chuqur tushunib oladilar.

O'yin o'tkazish jarayonida auditoriya «bozor» boiadi. Guruh talabalari ikkiga bo'linadi: talabalarning yarmi xaridor, qolgan yarmi sotuvchi bo'Iadi. 0‘yin o'tkazish uchun 32 ta xaridor va so-




Xaridorlar

cartochkasi

Sotuvchilar kartochkasi

xarid narxi, so‘m

kartochka soni

sotish narxi, so‘m

kartochka soni

105

2

105

4

115

2

115

6

125

2

125

6

135

2

135

4

145

4

145

4

155

4

155

2

165

4

165

2

175

4

175

2

185

4

185

2

195

4








Tarqatiladigan material


Xaridorlarning kartochkasi

Siz iloji boricha ar- zonroq narxda 10 kg kartoshka sotib olishingiz kerak. Agar 1 kg kar- toshkaning narxi 105 so‘mdan ortsa yoki umumiy sum- masi 1050 so'mdan ortib ketsa, zarar ko‘rasiz.

Siz iloji boricha ar- zonroq narxda 10 kg kartoshka sotib olish­ingiz kerak. Agar 1 kg kartoshkaning narxi 115 so'mdan ortsa yoki umumiy summasi 1150 so'mdan ortib ketsa, zarar ko‘rasiz.

Siz iloji boricha ar- zonroq narxda 10 kg kartoshka sotib olishingiz kerak. Agar 1 kg kar­toshkaning narxi 125 so'mdan ortsa yoki umumiy sum­masi 1250 so'mdan ortib ketsa, zarar ko‘rasiz.

Siz iloji boricha ar- zonroq narxda 10 kg kartoshka sotib olishingiz kerak. Agar 1 kg kar- toshkaning narxi 135 so‘mdan ortsa yoki umumiy summasi 1350 so‘mdan ortib

Siz iloji boricha ar- zonroq narxda 10 kg kartoshka sotib olish­ingiz kerak. Agar 1 kg kartoshkaning narxi 145 so'mdan ortsa yoki umumiy summasi 1450 so'mdan ortib ketsa, zarar ko'rasiz.

Siz iloji boricha ar- zonroq narxda 10 kg kartoshka sotib olishingiz kerak. Agar 1 kg kar­toshkaning narxi 155 so'mdan ortsa yoki umumiy summasi 1550 so'mdan ortib




ketsa, zarar ko‘- rasiz.




ketsa, zarar ko'rasiz.

Siz fioji boricha ar- zonroq narxda 10 kg kartoshka sotib olishingiz kerak. Agar 1 kg kar­toshkaning narxi 165 so‘mdan ortsa yoki umumiy sum­masi 1650 so'mdan ortib ketsa, zarar ko‘rasiz.

Siz iloji boricha ar- zonroq narxda 10 kg kartoshka sotib olish­ingiz kerak. Agar 1 kg kartoshkaning narxi 175 so’mdan ortsa yoki umumiy "summasi 1750 so'm­dan ortib ketsa, zarar ko‘rasiz.

Siz iloji boricha ar- zonroq narxda 10 kg kartoshka sotib olishingiz kerak. Agar 1 kg kar­toshkaning narxi 185 so‘mdan ortsa yoki umumiy sum­masi 1850 so'mdan ortib ketsa, zarar ko'rasiz.

Siz iloji boricha ar- zonroq narxda 10 kg kartoshka sotib olishingiz kerak. Agar 1 kg kar­toshkaning narxi 195 so'mdan ortsa yoki umumiy sum­masi 1950 so'mdan ortib ketsa, zarar ko'rasiz.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish