Loyihada qatnashuv- chilarning familiyasi, ismi
|
Qaysi guruh talabasi
|
Loyihada bajaradigan vazifasi
|
1 .Xolmuhamedova D.
|
BR-70 guruh
|
Loyiha rahbari, agrar sektor xususiyatlari
|
Oblomurodov T.
Ahmedov A.
|
BR-70 guvuh BR-70 guruh
|
Qishloq xo'jaligini resurslar bilan ta’minlanishini o'rganish
|
Tog'ayev S.
Shodmonova I.
|
BR-70 guruh BR-71 guruh
|
Qishloq xo'jaligi infrastruktu- rasini o'rganish
|
Kornilov R.
Sultonova Z.
|
BR-71 guruh BR-75 gumh
|
Agrar sektorga investitsiya jalb qilish masalalarini o'rganish
|
Salimbekova F
Akbarxo'jayeva N.
|
BR-75 guruh BR-75 guruh
|
Yer unumdorligi, yagona soliq, yer maydoni optimal hajmi masalasi
|
Jabborov A.
Tongotarov S.
|
BR-76 guruh BR-76 guruh
|
Xarajatlar, mahsulot realiza- tsiyasi muammolarini o'rganish
|
Bajarish muddati: 2009—2011-yillar
Tadqiqot o'tkazish uchun saflanadigan mablag'
14478400 so'm
(Mablag' nimaga, qancha sarflanishi batafsil beriladi. Moddiy xarajatlar, ish haqi, xizmat safari xarajatlari alohida ko'rsatiladi va asoslanadi).
Loyiha ishtirokchilari to'g'risida ma’lumot
Loyiha rahbari to'g'risida ma’lumot:
Familiyasi, ismi-sharifi, qisqacha bajargan ishlari, yashash joyi.
Loyiha ishtirokchilari to'g'risida ma’lumot:
Har bir ishtirokchining familiyasi, ismi-sharifi, qisqacha bajargan ishlari, yashash joyi va boshqalar.
Bu ma’lumotlar ishtirokchilarning loyihani bajarishga layoqati ko'rsatkichlarini qamrab olgani ma’qul. Chunki, ular asosida hakamlar xulosa chiqaradi.
ISHNING QISQACHA MAZMUNI
Agrar sektor xususiyatlari va muammolari konsepsiyasi.
Loyihada yechilishi nazarda tutilgan ilmiy-amaliy muammolar.
Qayd etilgan muammolarning yechimini topish uchun quyidagi yo‘nalishlarda tadqiqot olib borish mo'ljallanadi:
agrar sektorning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish;
xo'jalik yuritishning barcha shakllarining afzalliklari va kamchiliklarini o'rganish;
agrar sektorning o‘ziga xos xususiyatlari, shu sektorda band bo‘lganlarning daromadlariga qanday ta’sir ko'rsatishini o'rganib chiqish;
mehnat unumdorligi, hosiidorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omil- larni o'rganish; .
qishloq xo‘jaligida fond bilan qurollanish darajasini o'rganish;
ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga turli omillar qanday ta’sir ko'rsatishini 0‘1-ganish;
yetishtirilgan hosilning qanday qismi qayta ishlanishini o'rganish;
narx pariteti va uni xo'jalik yurituvchi subyektlar daro- madiga ta’siri;
talab va taklif noelastikligini dehqonlar daromadiga ta’siri va boshqalarni o'rganish.
Loyiha doirasida o‘z yechimini topishi lozim bo‘lgan aniq ilmiy-texnik vazifalar va muammolar.
Loyihani amalga oshirishda quyidagi aniq ilmiy-texnik vazifalar bajarilishi nazarda tutiladi:
qishloq xo'jaligi faoliyatining huquqiy asoslarini, mamlakatimizda yuritilayolgan agrar siyosatni o'rganish:
agrar sektorda xo'jalik yurituvchi subyektlarga mustaqil tadqiqot obyekti sifatida yondashib, ularning hozirgi kundagi real imkoniyatlarini aniqlash;
agrar sektorda real muammolarni o'rganish maqsadida xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida savolnoma asosida so'rov o'tkazish;
xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati bo'yicha statistik ma’lumotlar, axborotlar to'plash;
yig'ilgan ma’lumot, axborotlarni qo'yilgan maqsadga ko'ra qayta ishlash;
tadqiqot jarayonida olingan ma’lumot, axborotlar asosida nazariy- ilmiy xulosalar chiqarish;
tadqiqot asosida olingan natijalarga ko'ra samarali xo'jalik yuritish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
tayyorlangan hisobotni ekspert xulosalaridan o'tkazish;
ilmiy-amaliy izlanishlar natijasi sifatida monografiya tayyorlash va nashr qilish.
Mazkur loyihada ko‘zlangan maqsad oldin ham qo‘yilganmi?
Aynan shunday mazmunda bunday masala tadqiq qilinmagan.
Loyihani amalga oshirish quyidagi natijalarni olish imkonini beradi:
Qishloq xo'jaligida faoliyat yurituvchi subyektlarning agrar sektorda tutgan o'rnini aniqlash.
Tadqiqot o'tkazilayotgan davrdagi agrar sektordagi real ho- latni aniqlash.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar oldida turgan mavjud muam- molarni aniqlash.
Aniqlangan muammolar bo'yicha ularni bartaraf qilish uchun taklif qilingan tavsiyalar.
Xo'jalikni samarali yuritish uchun takliflar.
Olingan natijalardan xo'jalik yurituvchi subyektlar, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi foydalanadi.
Loyihalarni amalga oshirish bosqichlari va muddatlari
Uni loyiha vaqtini bosqichlarga bo'lib yoki ma’lum bir maqsad va vazifalarni amalga oshirishni ko'zlagan holda, unga ma’lum bir muddat ajratib ko'rsatish mumkin.
Aytaylik, 3 yilga mo'ljallangan loyihaning har bir yilini bir boscfich sifatida belgilab, unda bajariladigan ishlar, erishiladigan natijalar ko'rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |