D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi



Download 1,26 Mb.
bet202/218
Sana15.12.2022
Hajmi1,26 Mb.
#886336
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

1 Камышаноп П. И. Практическое пособие по аудиту. М.: Инфра-М, 1996,
стр. 7.




Demak, «Audit» tushunchasi lotinchadan kirib kelgan bo'lib, haqqoniy hisobot yuritishni, buning uchun hukumat buxgalterlari ustidan nazorat qilishni imtihon qilish, ularni eshitish orqali amalga oshirilganini ko'rsatadi.
Yevropada XVII asrda aksiyalarning vujudga kelishi, natijada aksiyadorlik kompaniyalarining o'z aksiyadorlari, kreditorlar, soliq xizmati xodimlari o'rtasida munozarali masalalarning tez-tez kelib chiqishi, ularni hal qilib beruvchi mutaxassis, xolis va haqqoniy ax­borotga bo'lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu ehtiyoj yanada ortib, oxir-oqibat hozirgi darajadagi tashkiliy-huquqiy infratuzilmalariga ega bo'lgan audit institutlari shakllanib, faoliyat yuritishiga olib keldi.
Audit mamlakatimizdagi xo'jalik faoliyatini nazorat va iqtisodiy tahlil qilishning nisbatan yangi yo'nalishidir. Agar G'arb mamlakat- larida audit 150 yildan buyon malum bo'lsa, 0‘zbekistonda esa mustaqil faoliyat sohasi sifatida xojalik yuritishda davlat monopoli- yasidan voz kechish va bozor iqtisodiga otish natijasida shakllana boshladi.
Qisqa vaqt ichida O'zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi Qonuni, auditorlik milliy andozalari hamda Moliya vazirligining qator qarorlari, yo'riqnomalari ishlab chiqildi. Bu meyoriy hujjatlarda xalqaro audit andozalarini chuqur o'rganib, milliy iqtisodiyotimizni xususiyatlarini hisobga olingan.
Auditorlik faoliyatini meyoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pog'onasida O'zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoli­yati to'g'risida»gi Qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan bo'lib, 29 moddadan iborat.
«Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog'onasiga kiritish mumkin. Jumladan, 22-sentabr 2000-yilda O'zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasi 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomil- lashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to'g'risida» Qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to'g'risidagi Nizom», «Majburiy auditorlik tek- shiruvi o'tkazishdan bo'yin tovlaganligi uchun xo'jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to'g'risidagi Niiom» va




«Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auuitorlik tashkilot- lariga litsenziya berish to'g'risidagi Nizom» tasdiqlangan.

Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tash- kiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalaming moliya- xo‘jalik faoliyati soliq oiganlari va boshqa nazorat organlari to­monidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to'g'riligi uchun auditor­lik tashkiloti javob beradi.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ik­kinchi pog‘onasi — auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni o'z ichiga oladi. Auditor­lik faoliyati milliy standartlari (AFMS) — bu barcha auditorlik tashkilotlari o'zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo'lgan yagona asosiy tamoyillardir. Standartlar O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya vazirligida ro'yxatga olinadi. O'zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning Xalqaro Standartlari — AXS (International Standards of Auditing — ISAs) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoi­dalar moliya-xo'jalik faoliyatining barcha subyektlarida bir xil qo'llaniladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari is- honchliligini kafolatlaydi.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari mu­him o'rin tutadi. Republikamizda 0‘zbekiston buxgalterlar va audi- torlarining milliy assotsiatsiyasi (0‘BAMA), O'zbekiston Auditorlar Palatasi (0‘AP) rung faoliyati katta ahamiyatga ega.
«Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi qonunning 9-moddasida, auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy ax­borot to'g'riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo'jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog'liq moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirish ekanligi, tekshirish: majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda o'tkazilishi ta’kidlangan. Qonunning 10- moddasida esa muvofiq faoliyat turiga ko'ra qaysi iqtisodiy




subyektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tkazilishi kerakligi ko‘rsatilgan.

«Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o'tkazilishi mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, mud­datlari va boshqa shartlari auditorlik tekshimvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkilotlari o'rtasida tuziladigan auditorlik tek- shiruvini o'tkazish to'g'risidagi shartnomada belgilab qo'yiladi. Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi odatda, xo'jalik yurituvchi subyektning qaroriga, o'z oldiga qo'ygan maqsadiga ko'ra o'tkaziladi. Undan tashqari, auditni tavak- kaJchilikka asoslangan, tizimli yo'naltirilgan, moliyaviy hisobot auditi mavjud.

  1. Bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan xususiylashtiril- gan va aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan ko'plab sobiq davlat korxonalari maxsus idoraviy davlat nazorat organlari tomonidan tekshirilishi barham topdi. Shuningdek, mulkchilik va munosabat- laming yangi turlari hisob obyektlariga aylandi.

  2. Mulk egalari, investorlar va aksiyadorlarning korxona moliya-xo'jalik faoliyatining ahvoli to'g'risidagi xolis axborotlarni talab qilishlari, shuningdek, buxgalter xodimlaming beqarorligi, ya’ni o'zgarib (almashlanib) turishi, ular malakasining pastligi va boshqalar.

  3. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va islohotlarning chuqur- lashtirilishi munosabati bilan me’yoriy hujjatlaming tez-tez o'zgarib turishi va yangilarining qabul qilinishi va h. k. Bunday muammolar bilan to'qnashayotgan korxonalarda malakali auditorlik xizmatlariga ehtiyoj kuchayib, ularning rahbarlari mustaqil auditorlik tashkilot- lariga yordam so'rab, murojaat qilishadi.

Majburiy auditorlik tekshiruvi to'liq (kompleks) o'tkaziladi. Tashabbus tarzidagi, ya’ni ixtiyoriy audit esa to'liq yoki qisman o'tkazilishi mumkin. Shuningdek, tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 15- moddasiga muvofiq auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki hu- quqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko'ra luditorlik tashkiloti tomonidan, ular o'rtasida xo'jalik yurituvchi subyektlar-




ning moliya-xo'jalik faoliyatini auditorlik tekshiravidan o'tkazish yuzasidan tuzilgan shartnomaga asosan ham o'tkaziladi.

Auditorlik tekshiruvini o'tkazish bo'yicha ishlarga haq to'lash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlari (tergov organlari, sud va arbitraj sudi) xo'jalik yurituvchi subyektlarni auditorlik tekshiruvidan o'tkazishga topshiriq berishlari mumkin.
Auditorlik tashkilotlari majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyo­riy) auditorlik tekshiruvlaridan tashqari, O'zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g'risida»gi qonuni, uning 17-moddasida va N 90-«Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari» nomli auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS)da ko'rsatilganidek, is­talgan professional xizmatlarni ko'rsatishlari mumkin.
Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to'g‘risida»gi Qonunning 2-moddasida quyidagicha keltirilgan: Auditorlik faoli­yati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish va ushbu qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan pro­fessional xizmatlar ko'rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tu- shuniladi».1
Keltirilgan professional xizmatlar ro'yxati kengaytirilishi va to'ldirilishi mumkin,
Audit boshqa nazorat turlaridan o'zida tadbirkorlik faoliyatini mujassamlashtirgani va mustaqilligi bilan ajralib turadi. Bu uning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
O'zbekistondagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining auditorlik faoliyatini amalga oshirishi qonun bilan taqiqlangan.
Auditning asosiy maqsadi — moliyaviy va xo'jalik operatsiya- larining to'g'riligini, ularning O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlarga nechog'lik mosligi, ularning to'la-to'kisligi, aniq-ravshanligi, buxgalteriya hisobi yoki boshqa moliyaviy hisob yuritishga qo'yilayotgan talablarga javob bera olishini aniqlashdan iborat.


! Auditorlik faoliyati to‘g‘risida qonun (Yangi tahriri). Xalq so‘zi gazetasi, 26 may, 2000-y.


Audit fanining xususiyatlari Auditorlik faoliyati to'g'risidagi qo­nun, faoliyatning maqsadi va vazi- falari tavsifidan kelib chiqib, audit fanining predmeti bu — xo'jalik yurituvchi suyektlaming xo'jalik va moliyaviy operatsiyalarining to'g'ri yuritilishi, ulami qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjat- larga mosligi, talabga javob berishini tekshirish va qonunda belgi­langan boshqa xizmatlar ko'rsatishni o'rganishdir, deb aytish mum­kin.


Auditorlik faoliyati xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan maxsus vakolat olgan davlat organlari nazorati o'rnini bosa olmaydi.
Audit maxsus iqtisodiy fanlar jumlasiga kirib, u ham buxgal­teriya hisobi kabi amaliy fandir.


Audit fani, birinchidan, o'z predmeti bilan boshqa iqtisodiy fanlardan katta farq qiladi. U auditning funksiyalanda ham o‘z l'fodasini topadi. Bular: ekspertlik tekshiruvi, tahlil qilish, maslahat berish, xizmat ko'rsatish bo'lib, axborot riskini kamaytirishga yo'naltirilgan.


Ikkinchidan, fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda audit faoliyatini o'rganishda turli metodlar qo'llaniladi.
Audit fani buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil bilan cham- barchas bog'liq bo'lgani sababli har ikki fanning predmetini

  • o'rganishda qo'llaniladigan metodlar borki^ bir tomondan ulardan foydalanishda o'xshashlik, ikkinchi tomondan farqlar mavjud. Ma­salan, inventarizatsiya, hujjatlashtirish, ikki yoqlama yozuv, buxgal­teriya schyotlari, kalkulatsiya, balans metodlari buxgalteriya hiso­bini o'rganishda, taqqoslash, ilmiy taxmin, tahlil va sintez iqtisodiy tahlilda qo'llaniladi. Lekin bu metodlarni auditda qo'llashning katta farqi bor. Unda bu metodlarni qo'llash eng asosiy maqsad ax­borotni, hujjatlashtirishni, bajarilgan operatsiyalaming to'g'riligini tekshirishga, aniqlashga qaratilgan.

Uchinchidan, audit fanining o'ziga xos metodlari bor. Ulardan biri, taftish qilish metodidir. Bu metod korxonaning faoliyatiga to'liq baho berish uchun barcha operatsiyalami tasdiqlovchi na- zoratdan o'tkazilishini ifodalaydi.
Ekspertiza o'tkazish metodida esa hujjatlaming realligi, mahsu- lotning sifat ko'rsatkichlari laboratoriyada tekshirish yo'li bilan aniqlanadi. Bulardan tashqari, auditor tekshirish jarayonida sta­tistika fanining predmetini o'rganishda qo'llaniladigan metodlardan hamda qabul qilingan umumiy metodlardan tashqari auditor uchun ma’qul, boshqalar uchun «tijorat siri» bo'lgan metodlardan ham foydalanishi mumkin. Metodlarni qo'llash auditning turi, maqsadi, vazifalariga bog'liq.
To‘rtinchidan, auditorlik tekshiruvini yuqori saviyada va mu- vaffaqiyatli o'tkazish uchun nazorat metodi va metodologiyasini to'g'ri qo'llash, ilg'or tajriba, yutuqlardan foydalanish lozim.
Har bir auditorlik tekshiruvi vaqti cheklangan. Demak, auditor tekshirish maqsadini to'g'ri va aniq belgilashi, obyektlami xatosiz tanlab olishi, o'z harakatlarini aniq rejalashtirishi, samarali auditor­lik operatsiyalarini qo'llashi va haqqor iy xulosa chiqarib berish uchun kerakli bo'lgan dalillami tanlashi lozim.
Ma’lum bir auditorlik tekshiruvi maqsadlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun audit o'tkazish jarayonini asosiy bosqichlari bajarilishini ta’minlash kerak.




Audit o'tkazish texnologiyasini asosiy bosqichlari haqida yagona fikr yo‘q. Lekin ko‘pchilik audit fanidan dars beruvchi o‘qituvchilarning fikriga ko‘ra uni 3 bosqichga bo‘lish mumkin:


  1. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga tayyorlanish va uni o‘tkazishni rejalashtirish:

  • mijoz bilan tanishish;

  • mijoz bilan o'zaro majburiyatlar va uning talablari aniqla­nadi, kelishiladi;

  • munosabatlar shartnoma va majburiyat xati orqali rasmiy- lashtiriladi; -

  • auditorlik guruhi tarkibi aniqlanadi;

  • mijozning xo'jaligida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi o'iganiladi, baholanadi;

  • bo'lajak tekshiruvning moddiylik darajasi aniqlanadi;

  • auditorlik riski baholanadi;

  • tekshirishning umumiy rejasi va dasturi tayyorlanadi.

  1. Auditorlik tekshiruvi o'tkazishning asosiy bosqichi:

  • zarur bo'lgan barcha axborotlarni, hisobotlami to‘plash;

  • xo'jalik faoliyatida amalga oshirilgan aloqalami buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to‘g‘ri aks etganini aniqlash;

  • olingan axborotlar ustida ishlash, tahlil qilish;

  • natijalar bo'yicha xulosa chiqarish va baholash.

  1. Auditni yakunlash bosqichi:

  • ishchi hujjatlar tayyorlashni yakunlash;

  • xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariyati nomiga audit natijalari to'g'risida yozma ma’lumotnoma tayyorlash;

  • qabul qilingan shakl bo'yicha auditorlik xulosasi tayyorlash kabilarni o'z ichiga oladi.

Tekshirilayotgan xo'jalik ichki nazorat tizimini o'rganish va baholash, auditorlik hisobotlarini to‘plash birinchi bosqichda, audit rejasi va dasturi ish jarayonida ham amalga oshirilishi mumkin. Hujjatlashtirish esa barcha bosqichda amalga oshiriladi va tekshirish yakunida tugallangan shaklga ega bo'ladi.
Beshinchidan, auditni biznesni o'ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Ko'pchilik korxonalarda tashqi audit bilan birga ichki audit ham yo'lga qo'yilgan bo'lib, ular ishlab chiqarish xara- jatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya qilish va ko'rsatiladigan xizmatlaming yuqori sifatliligi ustidan na­zorat qiladilar.
Firmalaming, shu jumladan, auditorlik firmalarining ham bo- zorda mustahkam o'rin topishida ularning mahsulot (ish, xiz-




mat)larining sifati muhim ahamiyatga ega. Bu borada ichki auditni muvaffaqiyatli tashkil etish har ikki tomon uchun ham manfaatli. Jahonga dong‘i ketgan transmilliy korporatsiyalarning shu darajaga yetishida ichki auditning ham roli bor.

Oltinchidan, audit tekshiruvi o‘tkazishda markazda auditor turadi. Demak, audit fanini o'rganishda ham markazda auditor turadi. Hech qaysi iqtisodiy fanni o'rganishda mutaxassisga bu qadar alohida e’tibor qaratilmaydi. Bu jihatdan auditor yagona va audit fani boshqa fanlardan ajralib turadi.
Auditorning^ auditorlik kasbining alohida diqqat qaratish lozim bo‘lgan muhim xususiyatlarini inobatga olib, 18-moddadan iborat «0‘zbekiston auditorlarining kasbga oid axloq kodeksi» ishlab chiqilib, 2005-yili qabul qilindi. Unda auditorljk kasbining axloqiy me’yorlari, uning tarixiy taraqqiyoti natijasida shakllangan mustaqillik, puxta bilimga egalik, halollik, vijdonlilik, haqqoniylik va sir saqlash kabi xalqaro prinsiplari negizidagi loyiha moddalarida o‘z ifodasini topgan.
Rivojlangan mamlakatlaming barchasida buxgalter-auditor mu- taxassisligini tanlaganlar uzoq yillar o‘qish, ko‘p amaliyot o'tkazish hamda ko'p sonli imtihon va sinovlardan muvaffaqiyatli o'tish talab qilinadi. Auditor mamlakatda amal qilayotgan qonunlar, me’yoriy hujjatlarni, buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilni chuqur bilishi lozim. Chunki, bilim va tajribaga ega bo'lgandagina boshqalarni tekshirish, to'g'ri xulosa chiqarish, zaruriy maslahat berish mum­kin. Bunday malakaga ega bo'lish uchun o'z ustida tinmay ishlash, izlanish, boshqalar tajribasini o'rganish zarur.
Bu kasb bilan shug'ullanuvchilarni birlashtirib turuvchi tash- kilotlar — auditorlar palatalari ularning ish sifatini doimo nazorat qilib boradi. Auditomi palatadan chiqarilishi uni bu kasb bilan shug'ullanishini to'xatilishini bildiradi.
O'zbekistonda bunday vakolatga Moliya vazirligi ega bo'lib, faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish va uni bekor qi­lish shu vazirlik zimmasidadir.
Auditor uchun eng noxush hoi u tekshirib, ijobiy auditorlik xu- losasini yozib bergach, to'satdan korxona o'zini «bankrot» deb e’lon qilishidir. Bunda uning maqei tushib ketadi, hatto litsenzi- yasidan mahrum bo'lishi mumkin. Shuning uchun u auditorlik tek­shiruvi asosida kelajakda korxona o'z faoliyatini to'xtatishi yoki qisqartirish maqsadi, majburiyatlari yo'qligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Korxonani yashovchanligini aniqlashda quyidagi ko'r-




satkichlarni tahlil qilish kerak: korxona «xarajatlar — foyda — hajm» ko'rsatkichilarining nisbati, realizatsiya hajmining o'zgarishlari, samaradorlik, likvidlik ko'rsatkichlari, foyda normasi, debitorlik va kreditorlik qarzlari aylanuvchanlik koeflitsiyenti va boshqalar.

Agar tekshiruvlar davomida bu ko'rsatkichlar me’yorlari buzil- magan bo'lsa, auditor ijobiy xulosa berishi mumkin. Agar aksi bo'lsa, auditor buni kamida alohida bandda ko'rsatishi zarur.
Korxonani bankrotlikka tushib qolishi sabablari quyidagilar bo'lishi mumkin:

  • majburiyatlami o'z vaqtida qoplay olmaslik;

  • xo'jalik faoliyatini to'xtatishga majbur bo'lish.

Auditor korxonani yashovchanligini tekshirish jarayonida korxona ma’muriyatiga maslahat sifatida xo'jalik faoliyatini yax- shilash, to'lov qobiliyatini hamda likvidli mablag'lami salmog'ini oshirish uchun zarar qilmaydigan darajada korxona aktivlarini bir qismini sotish, zarur vositalarni birdaniga sotib olmay, bir qismini ijaraga yoki lizingga olish kabi tavsiyalar berishi mumkin.
O'rganilayotgan korxonani yashovchanligi darajasini baholash uchun auditor:

  • Korxona, tashkilotda moliyaviy holatni belgilovchi asosiy ko'rsatkichlarni yomonlashuvi ehtimoli bormi yoki yo'qmi? Agar yo'q bo'lsa, uni to'satdan paydo bo'lib qolish xatari qanday?

  • To'satdan korxonaning ahvoli yomonlashib, bankrot bo'lib qolish xavfining reallik darajasi qanaqa? Bunday holatdan chiqib ketishning korxona uchun biron yo'li, chorasi bormi?

  • Bu muammoni auditorlik xulosasida qanday aks ettirish kerak bo'ladi? — degan savollarga ijobiy javoblar ololsa, korxona­ning moliyaviy hisobotlari va uning holati haqida ijobiy xulosa chiqarishi mumkin.

Auditor xulosasini ma’lum qilinishi qarz berish, investitsiya qo'yish, qo'ymaslik, uning aksiyalarini sotib olish yoki olmaslik haqidagi savollarga umumiy javob bo'ladi.
Auditorlar korxonalarning yashovchanligini aniqlashda ikki xil yondashishlari mumkin:

  1. Aktiv. Agar korxonaning holati va uning istiqboli moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun o'ta zarur bo'lsa, bunday holda tekshirilayotgan korxonaning yashovchanligini aniqlash uchun kerakli axborot materiallarni izlab topish audit o'tkazish dasturiga alohida kiritiladi.


  1. Passiv. Auditor oddiy tekshiruv jarayoni o'tkazish va faqat- gina tegishli omillar ko'zga tashlanganda yoki bunday xatar bo'yicha ogohlantirilgandagina e’tibor bilan yondashadi.

Auditorning o'z mijozlariga kafolati, mijozning:

  1. Davlat, boshqaruv, moliya va nazorat organlari oldida kel- gusida xo'jalik yuritish imkoniga kafolat.

  2. Ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlovchi xo'jalik yuri­tuvchi subyektlar oldidagi kafolati.

  3. Mahsuloti(tovar, xizmatlari) iste’molchilari oldidagi kafolati;

  4. Xo'jalik yurituvchi subyektning egalari, ya’ni aksionerlar va boshaalarga kafolati.

  5. Ommaviy matbuot vositalari oldidagi kafolatidir.

Auditorlik xatarini kamaytirishning muhim vositalari
korxonalar moliyaviy hisobotlaridagi xatoliklarni to'g'ri tasniflash va baholashdir. Ushbu xatoliklarni ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. moliyaviy sanksiyalar sifatida salbiy oqibatlarga olib keluvchi xa- tolikiar;

b) nomoliyaviy sanksiyalar sifatida salbiy oqibatga olib keluvchi xatoliklar.
Birinchi xatoliklarga korxonalarning ijobiy auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan moliyaviy hisobotlarini davlat nazorat organlari tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlar orqali aniqlangan xatoliklar kiradi. Bu xatoliklaming aksariyati soliq va majburiy to'lovlar hi- sob-kitoblari bilan bog'liq. Bunday holat berilgan ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo'lgan moliyaviy hisobotni davlat organlari va boshqa foydalanuvchilar uchun yaroqsizligini bildiradi. Demak, undagi ma’lumotlar real emas, amaldagi qonunlar buzilgan.
Auditor mamlakatdagi mavjud qonunlarni, me’yoriy hujjatlar- dan tashqari jahon amaliyotida qo'llanilayotgan qonunlar va me’yoriy hujjatlami ham bilishi zarur.
Xorijiy mamlakatlaming nazorat amaliyotidagi ijobiy tajri- balami o'rganish va yoyish maqsadida 1953-yili BMT qqshida no- davlat tashkiloti — Oliy Nazorat Organlarining Xalqaro Tashkiloti (INTOSAI) tuzilgan.
Barcha auditorlik firmalari, xizmatlari o'z faoliyatlarida «Xalqaro audit normalari va qo ‘shimcha ishlar Nizomi» dan foydala- nadilar.
Shunday qilib, audit fanini puxta o'rganib, auditor bo'lish uchun a) buxgalteriya hisobini yaxshi bilishi, bilimint amaliyotda sinagan bo'lishi; b) tegishli barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlarni bilishi; d) amaliyotda eng ko'p yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xato-




larni bilishi, xatoni tovlamachilik va hiyiagarlikdan farqlashi; e) tekshiruv natijalarini asosida to‘gri xulosa chiqarib, tavsiyalar berishi va uni qabkl qilingan qoida bo'yicha yozma ravishda bayon qilib, rasmiylashtirishni bilish kerak.

Fanni o'rganish uchun Audit fanining xususiyatlari albatta metodlar tanlash va fanni o'rganish metodikasida ham
topshiriqlar tayyorlash- o'z ifodasini topadi. ning xususiyatlari Dars jarayonida o'qituvchi bir to­
mondan, audit fanni predmetini o'rganish metodlariga diqqat qaratsa, ikkinchi tomondan, ulami metodik jihatdan qo'llashga ahamiyat berishi zarur. Ayniqsa, fan tekshirish o'tkazish va xatolami aniqlashni o'rganishga qaratilar ekan, dars o'tish metodlarini tanlashda ana shu jihatlarga alohida ahamiyat berish zamr.
Eng awalo, auditorlik amaliyotida buxgalteriya hisobi yuri- tishda eng ko‘p uchraydigan xatolami aniqlash va dars jarayonida ularga ahamiyat berishi talabalar diqqatini qaratishi zarur. Ma’lumki, yo'l quyilgan xatolar ikki xil bo'lishi mumikn: 1. Bil- may, o'ylab ko'rmay, bexosdan qilingan xatolar; 2. Ataylab, av- valdan rejalashtirib qilingan xatolar.
Birichisini odatda tovlamachilik, hiylagarlik sifatida qaraladi. Hisob va hisobotda tovlamachilik - korxona rahbariyati va xodimlari tarkibidagi bir yoki bir nechta shaxslar tomonidan atayin hisob va hisobot ma’lumotlarining noto'g'ri aks ettirish va taqdim etishidir. U hiylagarlik bilan hisob yozuvlarini o'zgartirish va dast- labki hujjatlarni, registrlami va hisobotni qalbakilashtirishdan, xo'jalik operatsiyalar ma’nosini buzib ko'rsatishga, korxona hisob siyosati yoki amaldagi qonunchilik bilan belgilangan qoidalarni buzishga olib keluvchi hisobdagi yozuvlami atayin o'zgartirish, ak- tivlami, yozuvlami to'g'rilangan natijalarini yoki hujjatlarni atayin o'zgartirilgan holda baholashdan iborat.
Hisob yozuvlari yuzasidan hiylagarlik — hisob va hisobot ma’lumotlarini buzib ko'rsatish maqsadmda, noto'g'ri (noaniq) buxgalteriya o'tkazmalaridan yoki «storno» yozuvlardan bilib turib foydalanish. Buxgalteriya hisobi va yozuvlami qalbakilasbtirish — bilaturib buxgalteriya hisobining noto'g'ri yoki sohta hujjatlarni (avizo, hisobvaraqlar, veksellar va hokazolar) va haqiqatni buzib ko'rsatadigan buxgalteriya hisobi hisobvaraqlaridagi yozuvlami ras- miylashtirishdir.
Hisob yozuvlarida va guruhlarda arifmetik yoki mantiqiy xato­lar, hisob to'liqligiga e’tiborsizlik va xo'jalik faoliyati holatlari, mol-




mulkning mavjudligi va holati, hisob-kitoblar noto'g'ri taqdim eti- lishi natijasida moliyaviy ma’lumot bexosdan buzilishi
xato hisobla­nadi.
Auditor tovlamachilik yoki xato aniqlangan taqdirda ular kelib chiqishi bilan bog'liq bo'lgan barcha savollarga korxona rahbariyati va xodimlaridan javob olishi lozim. Demak, auditor uchun tov­lamachilik bilan xatoni farq qilish muhim hisoblanadi. Fanni o'rganish bo'yicha metodlar tanlaganda va topshiriqlar tayyorlashda bularni hisobga olish zarur.
Ikkinchidan yo‘l qo'yiladigan asosiy xatolami aniqlash lozim.
Auditorlik tekshiruvi o'tkazish vaqtida aniqlanadigan xatolar- ning asosiy turlarini quyidagicha guruhlash mumkin:


  1. Download 1,26 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish