о rollarni aniqlash, har bir rolni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur ashyolami tayyorlash;
о o'yinni o'tkazish qonun-qoidasini belgilash; о o'yin o'tkazishning aniq tartibini belgilash, qanday o'tkazish haqida aniq ko'rsatma berish;
о zarur bo'lganda qisqacha sinov raundini o'tkazish.
0‘yinni o'tkazish:
о modellashtiruvchi o'yinni o'tkazish; о o'zaro muloqotni, aloqani ta’minlash; о noto'g'ri tushunish tufayli yo'l qo'yilgan xatolarni to'g'rilash;
о o'yinni davom ettirish.
Muhokama qilish:
о o'yinda yuz bergan hodisalar jarayoniga yakun yasash; о yuz bergan qiyinchiliklar va ularni bartaraf qilish yo'llarini muhokama qilish;
о jarayonni tahlil qilish;
о o'yinni real hayot bilan taqqoslash;
о o'tilayotgan asosiy iqtisodiy tushunchalar bilan bog'lash.
Navbatdagi paragrafda darsda bu metodni qo'llash orqali talab va taklif kategoriyasi va qonunini o'rganishda qanday foydalanishni ko'rib chiqamiz. §. 0‘yinni tanlash va tayyorlash, o‘tkazish.
О‘yin natijasini muhokama qilish.
(«Kartoshka bozori» amaliy olyini misolida)
Bozor iqtisodiyotining eng muhim iqtisodiy instituti bozorning o'zi. Bozor resurslarnr shunday taqsimlaydiki, bunda qaysi indivi- - dual xaridor uni eng yuqori baholagan, ya’ni eng zarur deb hisoblagan bo'lsa, sotib oladi. Bozorda bir qancha xaridor turli- tuman tovar va xizmatlarni sotib olishga tayyor. Bu amaliy mashg'ulotda aniq bir bozorda baho qanday shaldlamshini ko'rib chiqamiz. So‘ngra nima sababdan vaqt o‘tishi bilan baholar o‘zgaradi? Qanday qilib turli bozorlar bir-biriga muvofiqlashadi va birgalikda bozor tizimini tashkil qiladi o‘rganamiz. Bozorlarning yalpi tizimi jamiyat doimo to‘qnash keladigan asosiy iqtisodiy savollar: qanday tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish zarur, ularni qanday ishlab chiqarish kerak? Ular kimlar uchun ishlab chiqariladi? Iqtisodiy tizim, ishlab chiqaruvchilar o’zgarishlarga tezda moslasha oladimi? Hammasiga javobni bozor beradi!
Bozor iqtisodiyotida bozorning qanchalik muhimligiga qaramay, ko‘pchilik uning qanday ishlashini tushunmaydi.
Darsda o'rganiladigan qonun va kategoriyalar:
Taklif; Talab; Baho, muvozanat bahosi; Bozor kategoriyalari. Talab, taklif qonuni