D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi



Download 0,89 Mb.
bet4/214
Sana18.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#385054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

nazorat qilish


Chizmadan ko‘rinib turibdiki, o‘quv jarayonini qanday o‘tishi qo‘yilgan maqsad bilan uni amalga oshirish birligidan iborat.

0‘qituvchi, dars beruvchi sifatida har safar qanday qilib, qaysi usul bilan dars o‘tsam qo‘yilgan maqsadga erishaman deb o‘z oldiga savol qo‘yib, o‘ylab ko‘rsa, dars o‘tishning aynan mavzuga mos keladigan uslubini topishi mumkin.

Dars o'tishning uslubini tanlash quyidagilarga bog'liq:


  1. O'qitilayotgan guruhning darsga tayyorgarlik darajasi.

  2. O'rganiladigan predmet.

  3. Darsda o‘tiladigan mavzu.

  4. 0‘tiladigan mavzuning mazmuni.

  5. Dars o‘tishda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnik vositalarning mavjudligi va boshqalar.

Darsni qanday o‘tish borasida aniq bir qarorga kelishda, asosiy mo‘ljal olishda darsni nimaga qaratilganligi muhim ahamiyatga ega. Agar:





  • maqsadga erishish mo‘ljalga olinadigan bo'lsa, dars jara­yonida qanday maqsadlarga erishish kerakligini aniq belgilab olini- shi lozim;

  • darsda qatnashadiganlar moMjalga olinsa, talabalar (o'quvchilar) guruhi kimlardan iboratliligiga e’tibor qaratiladi;

  • o'tiladigan mavzu, unga ajratilgan vaqt moMjalga olinsa, qanday o'quv materialini talabalar ongiga yetkazish zarur va unga qancha vaqt ajratilganiga diqqat qaratiladi;

  • o'quv vositalari moMjalga olinsa, qo‘limizda qanday o'quv vositalari bor " va ulardan qay darajada foydalanishimiz mumkinligini hisobga olamiz;

  • talabalar (o‘quvchilar)ning darsga faol yoki passiv qatnashuvi moMjalga olinsa, qanday dars oMish uslublarini qoMlash kerakligini tanlaymiz;

  • darsni tashkil etish moMjalga olinsa, qanday tashkiliy shart- sliaroitlar mavjudligini hisobga olamiz;

  • o'zlashtirishni nazorat qilish moMjalga olinsa, qanday tartibda talabalar bilimi nazorat qilinadi va baholanadi, diqqat ana shunga qaraliladi (IY bob, 3-§ ga qarang).

O'quv jarayonini tashkil qilish va uni boshqarish mashg'ulollarda qo'yilayolgan maqsadga bogMiq. O'qituvchi darsda lalaba iqtisodiy kalegoriya (tushuncha)ni yoki tendensiyani o'rgatishni maqsad qilib qo'yyaptimi yoki uni tushunish, tahlil yoki tatbiq qilishni o'rganishi kerakmi? Iqtisodiy voqyelikni sintez qilishni yoki turli variantlarni taqqoslab, ularning ijobiy, salbiy tomonlarini o'rganib baho berishni bilish kerakmi?

Tushunarli bo'lishi uchun makroiqtisodiyotga doir ikki savolni taqqoslab ko'raylik:



  1. Markaziy bank pul taklifini tartibga soiish uchun quyidagi tadbirlarning qaysi biridan ko‘proq foydalanadi?

  1. hisob stavkasini o'zgartiradi;

  2. bank marjasi bo'yicha talabni o'zgartiradi;

  1. ochiq bozorda qimmatbaho qog'ozlar oldi-sotdisi;

  2. rezerv (zaxira) miqdorini o'zgartiradi.

  1. Agar iqtisodiyot resurslarning to‘la bandligi ta’minlanmagan holatda bo‘Isa, Oliy Majlis va Markaziy bank ishlab chiqarish imkoniyatlarini rag'batlantirish uchun qo‘Hagan qaysi tadbir maqsadga muvofiq bo‘ladi?

  1. ochiq bozorda qimmatbaho qog'ozlar sotib olish evaziga foiz stavkasini ko'tarish; v


17 I’::





  1. davlat xarajatlarini kamaytirish uchun qat’iy pul siyosatidan foydalanish;

  1. iste’molga soliqni pasaytirish, daromadga soliqni ko‘tarish, davlat transfert to‘lovlarini kamaytirish;

  2. ochiq bozorda operatsiyalar evaziga foiz stavkasini tushirish, iste’molga soliqni ko‘tarish;

  3. kapitalning o‘sishiga soliqni ko'paytirish va pul taklifini ka­maytirish.

Ko'rinib turibdiki, ikkinchi savol murakkab, chunki birinchi savol faqat olgan bilimni, axborotni yodga olishni talab qiladi. Ik­kinchi savolga javob berish uchun esa faqat avvalgi o‘rgangan bilim, axborotni eslash kamlik qiladi, javob berish uchun turli vari- antlarni solishtirish kerak. Demak, ikkinchi savolda fikrlash darajasi avvalgi savoldagiga qaraganda boshqacha yuqoriroq darajada bo'lishi talab qilinadi.

Bilim olish darajasini tasvirlash uchun AQSH pedagogi Benja­min Blum tomonidan 1956-yil e’lon qilingan «Taksonomiya seley obucheniya» chast 1. «Kognitivnaya sfera» (Taxonomy of Edica- tional Objectives: Handbook 1: Cognitive Domain) kitobida ta’lim maqsadlarini qat’iy belgilangan mezonlarini ishlab chiqqan. Undan o'tiladigan darsning maqsadini rejalashtirishda, auditoriyada amaliy ish bajarish yoki nazorat ishi uchun savollar, test tayyorlashda foy­dalanish mumkin. «Taksonomiya» (yunoncha taxis — joylashish, tarkib, tartib va nornos — qonun) murakkab tuzilishga ega reallikni tasniflash va tizimga solish haqidagi tiazariya bo‘lib u narsalarning tabiiy bog‘liqligi va xosiyatlariga ko‘ra ierarxik tarzda tavsiflash va tizimlashtirishni anglatadi. XX asrning 60—70-yillaridan ierarxik biri ikkinchisiga bo‘ysinuvchi, uni qamrab oluvchi obyektlar-taksonlar, taksonomik kategoriyalar tizimi haqidagi ta’limot sifatida ko‘rila boshlandi1



B. Blumning fikricha, bilim olish (kognitiv)2 darajasi ma’lum ierarxiya tarzida joylashib, har bir bosqich awalgisiga qaraganda murakkab hamda avvalgi bosqichlarni ham o‘z ichiga oladi. Ya’ni bilim har bir yangi pog‘onaga ko'tarilar ekan, albatta, avvalgi bosqichni ham takrorlash lozim bo‘ladi. Ular quyidagilar:


'Blum taksonomiyasidan tashqari Kratvol taksanomiyasidan foydaianiladi. Hozirgi paytda o'quvchi, talabalarning, ayniqsa, kasb ta’limida xulq-atvorini baholash mu­him ahamiyatga ega. Bu jihatdan D. Kratvol taksanomiyasi e’tirof etilib, jahon pedagogikasida talabalarning faoliyatini effektiv sohasida baholanishini bildiradi Kratvol taksonomiyasi pedagogika va psixologiya fanlarida o‘rganiladi.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish