D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Xarajatlar smetasi (ming so'm)



Download 0,89 Mb.
bet143/214
Sana18.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#385054
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Xarajatlar smetasi (ming so'm)




Xarajat turlari

Jami

Mehnat­ga haq to'lash fondi

Ustama

xarajat­

lar

Safar

xarajat­

lari

Materi-

allar

Asbob-

uskuna-

lar

Boshqa

xarajat­

lar

Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi

12200

1258,4

400

200

800

50

14908,4

Hamijrochi tashkilot (agar bor bo'lsa)

-

-

-

-

-

-

-

Jami:

12200

1258,4

400

200

800

50

14908,4




T/r

Lavozim

Shtat

birligi

Ishlov-

chilar

soni

Bir ish- lovchining ish haqi (oylik)

Bir ishlov- chining yillik ish haqi

Jami

1.

Loyiha rahbari

1

1

100000

1200000

1200000

2.

Mutaxassislar

10

10

91666

1100000

11000000

3.

Jami

11

11




12200000

12200000


(Loyihaning bu qismi-xarajatlar hisoblashni buxgalteriya hisobi va audit darslarida o'rganiladi).


Namunaviy loyihamiz kafedraning ilmiy ishlarida qatnashishni ko'zlagan iqtidorli talabalar uchun mo‘ljallangan. Darsda esa nis­batan uning oddiy, sodda varianti o'tilayotgan mavzu yoki shu mavzu bo'yicha mavjud muammolar yuqoridagi jadvalda berilgan tartib asosida tayyorlanadi. Lekin barcha talabalar turli tashkilot, fondlar o'tkazayotgan tanlovlarda qatnashish uchun ilmiy tadqiqot loyihasi tuzishni o'rganishni faqat ijobiy baholash mumkin. Tala­balar bu metod yordamida biznes-reja tuzishni o'rganadilar.

Barcha metodlar kabi bu metodning ham afzalliklari va kam­chiliklari mavjud. Ko'pincha bosqichma-boqich amalga oshirish mo'ljallangan metodlar texnologiya tarzida ham ifodalanadi. Bun­day yondashish ham mumkin, bu har bir o'qituvchining qaysi nuq­tayi nazardan yondashishiga bog'liq. Tadqiqot metodiga xos afzal- liklar, kamchiliklar bu metodga ham xos. Biz uni awal ko'rib chiqqanmiz.

Xulosa



Loyihalash metodi — o'rganilishi lozim bo'lgan mavzu, muammo, masalani aniqlab, uni yechish uchun kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish, qo'yilgan maqsadni va uni ba­jarish qanday natijaga olib kelishini loyihada aks ettirish hamda uni amalga oshirishni o'rgatadigan metod.

Metodni qo'llash asosida dars o'tganda loyihalash obyektining maqsadini aniqlash, mazmunini ifodalash muhim ahamiyatga ega. Bu metod asosida biznes reja tuzish, texnologik xarita ishlab chi­qish, turli loyihalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish ko'nik- masi hosil bo'Iadi. Bu metod mas’uliyatni his qilishga o'rgatadi.





Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar

Loyihalash metodi, loyihalash bosqichlari, loyihalash obyekti, loyihalash maqsadi, loyihalash vazifasi, namunaviy loyiha, tadqiqot loyihasi, loyiha taqdimoti, loyihani baholash mezonlari.

Takrorlash va munozara uchun savollar



  1. Iqtisod fanlarini o‘rganishda loyihalash metodi qanday o‘rin tutadi?

  2. Sizningcha, bu metodni qanday mavzu yoki savollarni o'rganishda qo‘llagan ma’qul?

  3. Loyihalash metodining asosiy bosqichlarini aytib bera olasizmi?

  4. Boshqa hech qaysi metod o'quvchi, talabalarda bu metodga o'xshab mas’uliyatni his qilishni shakllantirmaydi, tarbiyalamaydi, degan fikrga qo'shilasizmi?

  5. Siz loyiha taqdimotida nimalarga ahamiyat bergan bo‘lardingiz? Loyiha uchun berilgan baholash mezonlari sizni qoniqtiradimi, yana nimalarni qo'shish mumkin?

  6. Siz o'zingiz qanday muammoni tanlagan bo‘lardingiz?

  7. Loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag' miqdorini hisoblab chiqib, asoslab bera olasizmi?



XIV bob. IQTISODIY FANLARNI 0‘QIHSHDA BOSHQA METODLARNI QO‘LLASH


Dars o‘tish jarayonida qo'llaniladigan metodlar turli-tuman bo'lib, ularning har biri talabalarni bilim olish, axborot ustida ish­lash, fanni o'rganishga yo'naltiradi. Biz awalgi boblarda o'rgangan metodlarimizga o'xshab dars o'tishda keng qo'llaniladigan tahliliy va ijodiy fikr yuritishga, o'z fikrini himoya qilishga o'rgatadigan qa­tor metodlar borki, ularni mazkur bobda ko'rib chiqamiz.


l-§. O'quv va ilmiy adabiyotlar ustida mustaqil ishlashni o'rgatuvchi metodlar

. _ _ O'quvchi, talabalarni o'qitishda

Kitob ustida mustaqil ishlash qo'llaniladigan eng muhim me­todlardan biri kitob ustida ishlash- dir. Bu metodning afzalligi shundaki, u kitobxonga o'quv ax- borotini uning o'ziga xos sur’atda va qulay vaqtda olishini ta’minlaydi. O'quv adabiyotlari bilan ishlash metodlariga xos funk­siyalarni barchasini bajaradi.

Kitob ustida mustaqil ishlashning maqsadi uning tarkibi bilan tanishib chiqish, tezda qarab chiqish, alohida boblami yoki para- graflarni sinchiklab o'qish, berilgan materialni o'rganish, alohida bob yoki butun kitobga referat yozish, ayrim qoidalarni yodlash va boshqa usullar tarzida bo'lishi mumkin. Shuning uchun bu me­todning qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib, turli modifikatsiyalarda qo'llash mumkin.

Kitob ustida ishlash o'quvchi, talaba uchun murakkab va qiyin metod sanaladi. Juda ko'p o'quvchi, talabalar o'qishni bilganlari holda kitob bilan ishlashni yetarli darajada bilmay yoki o'qiganlarining ma’nosiga to'liq yetmagan holda bitiradilar. Bunga sabab nima?

Nima sababdan o'quvchilar ham, talabalar ham o'quv adabi­yotlari bilan ishlashni qiyin ko'rishadi?

Bir guruh metodistlar (Beck va boshqalar, 1993) tadqiqot o'tkazib, buning ikki asosiy sababini aniqlashdi:



Birinchidan, darsliklar, ko‘pincha noaniq, mujmal yozilgan bo‘ladi, hech bo‘lmaganda matnni tushunish uchun zarur bo'lgan barcha axborotni kamdan-kam holatda qamrab oladi.

Ikkinchidan, kitobxon noaniq yozilgan matnga, tushunmagan so‘zga duch kelgach, tipik holatda o'zini passiv tutadi, ya’ni eng osoni kitobni yopib qo‘ya qoladi.

Uchinchidan, o'quvchi, talabalar ko'pincha bir adabiyotdan za­rur axborotni barchasini olishni ko'zlashadi.

Shuning uchun amerikalik pedagoglar tomonidan o'quvchi, ta- labalarni kitob ustida ishlashlarini faollashtirish maqsadida «mual- Iifdan so'rang» metodi ishlab chiqilgan. Bu metodni qo'llab darsni boshlashdan oldin o'qituvchi buyuk faylasuflardan Suqrotning yozma nutq haqidagi shikoyatini boshqacha tarzda ifodalab, yozil­gan matn doimo tushunarli bo'lavermaydi. Uni tushunmagani uchun o'quvchi aybli emas. Odatda, gapirayotgan kishining nutqida tushunilmagan gapni, so'zni so'zlovchiga savol berib, uni kengroq tushuntirib berishini so'raymiz. Yozma matn, ya’ni kitob ma’nosi tushunarli bo'lmasa, uni tushuntirib berishlarini so'rash mumkin emas. Faqat bunda uni kursdoshlari tushuntirib berishi yoki o'zi harakat qilishi mumkin, deya tushuntiradi.

Buning uchun o'qituvchi talabadan matnda nima yozilganini tushunishni ana shu metod yordamida o'rganishi mumkinligini ko'rsatadi. Bu o'rganilayotgan fan bo'yicha darslik, o'quv qo'llanmasi yoki gazeta, jumallarda chop etilgan bevosita o'rganilayotgan mavzuga taalluqli iqtisodiy maqolalar bo'lishi mumkin.

Bunda o'qituvchi talabalarga mavzu bo'yicha o'quv adabiyoti- dan paragraf yoki biron parchani o'qishni taklif etadi. So'ngra o'qituvchi talabalarga:

Aytinglarchi, muallif bu yerda nima haqida gapirayapti? degan savolni beradi. Talabalar javob bergach, o'qituvchi gap nima haqida ketayotganligiga yakun yasaydi. Hamda aniqroq, tushunarliroq bo'lishi uchun siz bu fikrni qanday ifodalagan bo'lardingiz? degan savol bilan murojaat qiladi.

Bu metodni boshqacha variantda, dars o'tishni uch bosqichga bo'lib quyidagicha qo'llash mumkin:

Dastlab, o'qituvchi talabalarga kitob yoki ilmiy maqolani o'qib chiqib, tushunmagan jumla, fikrni alohida ajratib daftarga yozishni topshiradi.

So'ngra, ikkinchi bosqichda muallif nima haqida fikr yuritayot- gani, u nima demoqchi ekani muhokama qilinadi.



Uchinchi bosqichda, o'qituvchi talabalardan o'zlari muallif si­fatida bu fikrni yozma ravishda qanday ifodalagan bo'lar edingiz, yozib bering deb, topshiriq beradi.

To‘rtinchi bosqichda, talabalar yozgan javoblar o'zaro tekshiri- ladi va muhokama qilinadi. Muhokama individual yoki kichik gu­ruhlar bo'yicha olib borilishi mumkin. Asosiy maqsad, yozilgan fikr tanqid qilingan muallifnikiga qaraganda tushunarliroqmi yoki ak- sinchaligini aniqlash.

Talabalar o'z flkrlarini bildirgach, ularni solishtirib, 0‘qituvchi o‘zi yakun yasaydi. Ana shu parchani tushunish uchun awaldan nimalami o‘qigan bo'lishi, nimalami bilish kerak? va hokazo. Topshiriqni bajarilishiga qarab talabalarga ball beriladi Bunday usulni qo‘llash talabalarni 0‘qishni faol o'rganishga undaydi. Undan tashqari talabalarni o‘z flkrlarini asoslashga, mate­rialni taqdim qilishni o'rgatadi.

«Muallifdan so‘rang» usuli bo'yicha talabalar o'zlari yangi matn bilan ishlab, yozishni 0‘rganishadi.

Ushbu usulni modifikatsiyasi darsda 4iigan Inavfu va bir necha o‘quv adabiyotida berilgan shu menmg kasbim» mavzu bo'yicha matnni o‘qib chiqib, so- lishtirish ham mumkin-ki, u talabalarga mavzuni o'zlashtirishga, mus­taqil fikr yuritish va bilimini mustahkamlashga katta yordam beradi.

Ko'pincha, o'quvchi-talabalar kollejni, oliy o‘quv o‘quv yurtini bitirib, ishga tushganda ustozlar hayron bo'lishadi, nahot shu nar- salarni bilmaydi, o‘quv yurtini bitirib keldi-ku, u yerda bu nar- salami o'qitgan, o‘rgatgan bo'lishi kerak edi, deb. Psixologlaming fikricha, buning asosiy sababi, eng awalo, har bir kishi o'qishdan aniq maqsad qo‘ymas ekan, ko'zlagan natijaga erishib bo'lmaydi. Agar aniq maqsad qo‘yilmasa, bilimli mutaxassis emas, o‘qiganini to'tiqushdek takrorlovchi, bilganini real hayotda qanday qo'llashni bilmaydigan bitiruvchilar tayyorlanadi.

0‘quvchi, talabalar kitob yoki maqola o‘qir. ekan, unga olgan bilimi yoki undagi berilgan axborotdan joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat topshirishda yoki ball to’plashda qanday foy- dalansam bo'Iadi, degan nuqtayi nazardan qaraydi. Kasb egasi bilimi jihatidan undan ustun bo'lmasada, mutaxassisligi bo'yicha qoiiga kitob tushsa, eng awalo, undan ish jarayonida qanday foy­dalanish mumkinligiga e’tibor qaratadi. Akademik va amaliy bilimning asosiy farqi ham ana shunda.

Shuning uchun ham hozirda o'quv yurtlarini bitiruvchilami egallayotgan kasblari bo'yicha amaliyot bilan bog'lashga alohida




Biz taxminan nimalami bilamiz?

Biz nimalami bilishni xohlaymiz?

Biz nimalami bildik?

1







2







va hokazo








Uni har bir talaba o'z daftariga chizib oladi. Doskaga yoki qog'oz plakatga (qog'oz doskaga) butun gumh uchun chizamiz. Bunda savol qo'yilib, guruhda juftlik yoki kichik guruhlar, yoki in­dividual tarzda muhokama qilish mumkin.


Bunda «aqliy hujum»ni qo'llash yaxshi natija beradi.

Aytaylik, «Yalpi talab va yalpi taklif» mavzusi bo'yicha seminar darsida ana shu metodni qo'llamoqchisiz.




Bilaman

Bilmoqchiman

Bildim

  1. Talab va uni o'zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar

  2. Taklif va uni o'zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar

  3. Talab va tak­lif grafigi

  4. Talab va tak­lif qonuni

  5. Samarali tan­lov

  6. Bozor mu­vozanati

  7. Yalpi talab va yalpi taklif va boshqalar

  1. Yalpi talab eg­ri chizig'ini indi­vidual talab egri chizig'iga o'xshashlik sa­bablari

  2. Yalpi taklif eg­ri chizig'i, uni qisqa va uzoq muddatli davr nuqtayi nazari- dan o'rganish

  3. Yalpi taklif eg­ri chizig'ining siljishi nimani ko'rsatadi?

  1. a) boylik effekti

b) protsent stavkasi effekti

  1. import effekti

  2. yalpi talab determi- nantlari.

Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig'i uch bo'lakka bo'linadi:

  1. gorizontal yoki Keyns bo'lagi;

  2. oraliq bo'lak;

d) vertikal yoki klassik bo'lak.

  1. Uzoq muddatli davrda vertikal holda, ya’ni barcha resurslar ishga solingan ho­latda bo'lishini.

  2. Determinantlar o'zgar- ganda mahsulot birligiga to'g'ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari o'zga­radi. Taklif egri chizig'i o'ngga yoki chapga siljiydi.




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish