D. Singapur


Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tizimi va vakolatlari



Download 68,73 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi68,73 Kb.
#235299
1   2   3
Bog'liq
Inson huquqlari

1.3. Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tizimi va vakolatlari. Korrupsion jinoyat to’g’risida axborot bergan shaxs davlat himoyasi ostiga olinadigan bo’ldi. Shuningdek, mazkur qoida yolg’on ma’lumotlarni taqdim etuvchi fuqarolarga nisbatan amal qilmasligiga e’tibor qaratildi. Qonunning alohida moddalari bilan har qanday fuqaro turli tashkilotlar va davlat organlari faoliyati, o’ziga yoki boshqa shaxslar guruhiga taalluqli qabul qilinayotgan me’yoriy aktlar to’g’risida ma’lumot olish huquqiga ega ekanligi belgilab qo’yildi. Davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat tashkilotlar tomonidan OAVga korrupsiya bilan bog’liq hodisalar, dalillar, voqealar va jarayonlar to’g’risida ma’lumotlarni taqdim etishi uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Mazkur chora-tadbirlarning yangi va yanada samarali tizimini yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to’liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari va bu boradagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlari mustahkamlab qo’yildi. Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilishni ta’minlashning qo’shimcha huquqiy kafolatlarini yaratdi, shuningdek u xususiy mulk huquqiga g’ayriqonuniy tajovuzlar qilishdan, tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashlardan himoya qila boshladi. Qonunning 7-moddasiga binoan korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari sirasiga quyidagilar kiritildi: Bosh prokuratura; Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi. Shu bilan birga, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Respublika idoralararo komissiyasini tashkil etish ham nazarda tutildi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi nazarda tutildi. Qoraqalpog’iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha hududiy idoralararo komissiyalar tashkil etilishi belgilandi. Unga muvofiq tarzda idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

·     korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;

·     korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo’yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ko’rish;

·     korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

·     hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat[7].

Qonunning 16-moddasiga asosan davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni ko’rib borishlari lozim. Shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar o’z mansabdor shaxslarining va xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, jumladan, huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ham amalga oshirib borishlari nazarda tutildi. Qonunda ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiyani olib borishga ham alohida urg’u berildi. Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari belgilab qo’yildi. Mazkur qonunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida uchrashi mumkin bo’lgan korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish samaradorligini oshirish uchun zarur barcha tartib-tamoyillar hamda ularning huquqiy asoslari mustahkamlab qo’yildi. Bu esa mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashni takomillashtirishga oid islohotlarning yangi davri boshlanganligini va bu jarayonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlatning ustuvor vazifasi ekanligi e’tirof etildi.

Mazkur Qonunni qabul qilinishi nafaqat davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurash olib borishining huquqiy asoslarini yaratdi, balki mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ham shar-tsharoitlar yaratdi: birinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashning shaffofligi o’rnatildi, ikkinchidan, korrupsiyaga qarshi kurash uchun fuqarolik jamiyati institutlariga ham vakolatlar va huquqlar berildi, uchinichidan, qonunga binoan fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish ularni korrupsiyani fosh etishda faol ishtirok etishini ta’mnlaydi, to’rtinchidan, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy va iqtisodiy tayanchi – mulkdorlar ijtimoiy qatlami korrupsiyaviy tajovuzlardan himoyalanishi natijasi o’laroq mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ko’proq ta’sir etadi, beshinchidan, jamiyatda ma’naviyat va axloq me’yorlariga itoat etish va amal qilish kuchayadi.

 

 

[1]Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza // Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.-T.: O‘zbekiston NMIU, 2017.-B.110.



[2] Mirziyoyev Sh. M. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi  // O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti – www.prezident.uz

[3] O’zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi Qonuni // “Xalq so’zi”, 4-январь 2017-y.

[4] 1) Yevropa Kengashining korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 27-yanvar); 2) Yevropa Kengashining  korrupsiya uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 9-sentyabr); 3) Yevropa Kengashining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni tozalash, aniqlash, olib qo‘yish va musodara qilish to‘g‘risidagi Konvensiyasi (Strasburg, 1990-yil 8-noyabr); 4) Korrupsiyagaqarshi kurashning yigirmata prinsipi (yevropa Kengashi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1997-yil 6-noyabr); 5) Davlat xizmatchilari uchun Model xulq-atvor kodeksi (Yevropa Kengashi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 2000-yil 11-may); 6) Siyosiy partiyalarni va saylov kampaniyasini moliyalashtirishda korrupsiyaga qarshi yagona qoidalar. Qabul qilingan 2000-yil 11-may); 6) Siyosiy partiyalarni va saylov kampaniyasini moliyalashtirishda korrupsiyaga qarshi yagona qoidalar.

[5] Ismoilov B.I. «Korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro-huquqiy asoslari» maxsus kursi bo‘yicha ma'ruza matni. – T. 2013.-B.8-9.



[6] O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 1-son, 2-modda.

[7] O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 1-son, 2-modda. 
Download 68,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish