D Rikardo sanoatning fabrika davri mafkurasi
Reja:
1. D.Rikardoning iqtisodiy ta'limoti
2. D.Rikardoning mantiqiy abstraksiya.
3. D.Rikardo davrida sanoatning iqtisodiyotdagi roli.
D.Rikardoning iqtisodiy ta'limoti
I ngliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Rikardo (1772-1823) Petti va Smitning iqtisodiy g'oyalarini yanada rivojlantirdi. U Londonda sohibkor dallol yahudiy oilasida tug'ildi, 14 yoshidan otasiga yordamchi bo'ldi. Ikki yil Amsterdamda (Gollandiya) savdo maktabida ta'lim oldi. shligidayoq birjadagi qulay operasiyalar tufayli katta boylik to'pladi (1793-1812). Boyigach, tabiiy fanlar bilan, keyinchalik siyosiy iqtisod bilan shug'ullandi. U matematika, fizika, ximiya va biologiyani mustaqil o'rgandi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, keyinroq matematika o'qituvchisi bo'ldi, ikki marta sherif (polisiya boshlig'i) etib saylandi, 1819-1823 yillarda Angliya parlamentining a'zosi edi. Parlament minbaridan o'zining ilg'or iqtisodiy fikrlarini tarqatish maqsadida foydalandi, erkin savdoni talab etdi, proteksionizm va pul muomalasi sohasidagi davlat siyosatini tanqid qildi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, D.Rikardo 1799 yilda kurortda A.Smitning «Xalqlar boyligi...» asarini ko'rib qoladi va unda bu fanga ishtiyoq paydo bo'ladi. Bu fan bilan mashg'ulot uning uchun asosiy sohaga aylanadi. U hammani qiziqtirgan eng asosiy muammolarga javob berishga harakat qildi. U jamiyat moddiy boyligi o'sishi uchun ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimotning qanday sharoitlari eng qulay va optimal degan masalaga to'xtaladi. D.Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosida pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, er rentasi, xalqaro mehnat taqsimoti to'g'risida funadamental fikrlar berdi.
David Ricardo Iqtisodchi J.S.Mill bilan do'stona munosabatda bo'lgan.
Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to'laroq tushundi, uning fikrlari nisbatan teran bo'lib, klassik iqtisodni nihoyasiga etkazdi; u sanoat davrining iqtisodchisi edi. Uning dastlabki «Oltin ajdahosi to'g'risida uch xat» (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag'ishlandi. Millning tazyiqi bilan 1817 yilda uning asosiy asari bo'lgan «Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi» chop etildi. 1824 yilda yozilgan «Milliy bank tuzishning rejasi» asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi.
Rikardo umrining oxirgi 4 yilini Angliya parlamenti a'zosi sifatida o'ziniig iqtisodiy g'oyalarini amalga oshirish uchun sarfladi. Parlamentda «non qonunlari»ni bekor qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish, erkin savdo va erkin matbuot, yig'ilishlar erkinligini qo'llovchi nutqlar bilan chiqqan. 1821y. u tomondan siyosiy iqtisod klubi tashkil etilgan.
Tadqiqot predmeti sifatida «daromadlar taqsimotini boshqaruvchi qonunlarini aniqlash»dan iboratidir. Ishlab chiqarish (moddiy ne'matlar) sohasida yuzaga keladigan daromadlar taqsimlanishining ob'ektiv qonunlarini aniqlash bosh vazifadir.
U Smitning g'oyalarini qo'llash bilan birga uni to'ldirdi va qarshi fikrlarni ham ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning manfaatlari bir-birlariga qarama-qarshi ekanligini ochib berdi, ma'lumki Smitda bu manfaatlar bir edi, Rikardo er egalarining manfaati ishchi va kapitalistlarnikiga qarshi deb uqtiradi.
Rikardodagi bu o'zgarishlarga tarixiy, iqtisodiy va sosial omillar mavjud, ulardan eng muhimi shuki, XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlarida Angliyada sanoat to'ntarilishi ro'y berdi va bu jarayon asosan nihoyasiga etkazildi. Oqibatda Angliya ko'p yillar davomida «dunyo fabrikasi» nomini oldi, sanoat ayniqsa tez o'sdi, ishchilar soni ortdi, shaharlar ko'paydi, lekin mehnatkashlarning qashshoqlanishi va ekspluatator sinflarning boyishi kuchaydi, ya'ni differensiasiya yuz berdi. Mashina sanoatining rivoji tufayli ish kuni 12-13 soatgacha uzaydi, mehnat sharoiti esa yomonlashdi, ishchilar mashinaning qo'shimcha qismiga aylandi, xalq ommasi kurashga otlandi, ludditlar (mashina sindiruvchilar) harakati kuchaydi, fabrikalarga o't qo'yildi. Ammo sanoat inqilobi davrida proletariat hali yagona, uyushgan sinfga aylanmagan edi. Kapitalizm esa rivojlanayotgan tuzum edi, burjuaziya-sohibkorlar ham feodalizm qoldiqlariga qarshi chiqib, progressiv rol o'ynagan edi.
Demak, Rikardo Angliyada sanoat inqilobi davrining iqtisodchisi sifatida maydonga chiqdi (Smit esa manufaktura davrining iqtisodchisi edi). Rikardo shular tufayli iqtisodiy ta'limotni yuqoriroq pog'onaga ko'tardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |