Reja:
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til va nutqqa oid qarashlari.
Abdulla Avloniyniung yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari.
Yan Amos Komenskiyning maktabgacha yoshdagi bolalar riv- ojlantirishiga oid qarashlari.
K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish asoschisi.
Tayanch tushunchalar: xalqona tarbiya, sensor va aqliy tarbiya, ritorik harakatlar, Onalar maktabi, nutqni rivojlantirish, fikrlashni rivojlantirish, ideal jamiyat.
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til va nutqqa oid qarashlari. Ta’lim va tarbiya muammosi juda qa- dimdan mavjud. U o‘rta asrlardagi g‘arb va sharq mutafakkirlarining asarlarida ko‘rib chiqilgan. O‘sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshi- ligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qo‘shdilar.
O‘tgan davrlarda mehnatkashlaring o‘z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribalarini nafaqat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshqaruvchi obyektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tar- zini tushunish uchun ham o‘rganish lozim.
Sharqning qomusiy mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873-950) insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxt- saodatga yetaklash yo‘llari va usullarini o‘zining ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markaziga qo‘yadi, bu esa uning dunyoqarashlarning umuminsoniy asosga egaligidan dalolat beradi. Aynan shunday maqsadlar Forobiyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish, uni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolarni hal etish- dagi faol roliga nisbatan dunyoqarashlarining bosh mazmunini tashkil etadi.
Uning fikriga ko‘ra, ta’lim va tarbiya oilada, o‘qituvchi yordamida maktabda va yaxshilikka asoslangan jamiyatda uning rahbari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Forobiy fikriga ko‘ra ta‘lim - bu nafaqat aqliy rivojlanish, balki umuman ma’naviy rivojlanish, shu jumladan axloqan rivojlanish poydevoridir. Ta’lim va tarbiya o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, ular shaxsni ma’nan kamolotga yetkazuvchi turli yo‘llar hisoblanadi.
Forobiy ijtimoiy tarbiyani tartibga solish, uni boshqarish masa- lalariga alohida e’tibor bergan. U mehnat faoliyati tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi, degan xulosaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |