Suratda qayer tasvirlangan? (paxtazor).
Bolalar nima haqida suhbatlashyaptilar?
Suratga nima deb nom berish mumkin?
Paxtalarni qanday mashinalar teryapti?
Paxta terar mashina haydovchisini kim deb ataymiz? (me- xanizatorlar)
Paxtadan qanday mahsulotlar olinadi?
Tarbiyachi: Mana endi, suratga qarab hikoya tuzishga harakat qi- ling. Avval hikoyaga qanday nom berishingizni ayting?
Bolalar hikoya tuzishga qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi.
Tarbiyachining hikoya namunasi:
Katta paxta dalasi. Paxtalar qiyg‘os ochilgan. Uchta paxta terar mashina paxta dalasida ishga tushirilgan. Paxta terar mashinani mexanizatorlar boshqaryaptilar. Shahzoda va Zuhriddinlar pax- tazorni tomosha qilib turibdilar. Zuhriddin Shahzodaga «Men katta bo‘lsam albatta mexanizator bo‘laman. Mashinada paxta terishni orzu qilaman» dedi.
Hikoyangizni qiziqarli tugating (bolalar hikoyalarini tugatishga qiynalsalar, tarbiyachi ularga yordam berishi mumkin).
Harakatli o‘yin: «Kim tezroq paxta teradi».
Ikkita guruh bittadan yugurib borib, chanoqni olib, savatga soli- shadi, orqaga qaytib, safning ortiga turishadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
Do'stlaringiz bilan baham: |