Xulosa:
Bolalar lug‘atini boyitishning asosiy manbasi bo‘lib kattalar nutqi, birinchi navbatda, bolalarni o‘qitib, tarbiyalaydigan tarbiyachining nutqi hisoblanadi. Ular tarbiyachidan obrazli so‘zlarni, ifoda va qo‘llash usullarini o‘zlashtirib oladilar; ular nima yaxshi-yu nima yomonligini ajratib ololmaydilar va eshitgan barcha so‘zlarga taqlid qiladilar. Shuning uchun tarbiyachining nutqi namunaviy bo‘lishi lozim. Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyati- ning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Monologik nutqni shakillantirishning nazariy asoslari nima- lardan iborat?
Monologik nutq qanday shaklda namoyon bo‘ladi?
Gaplarni bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli qaysi?
Monologik nutqni rivojlantirishning asosiy shartini ayting?
Fikr bildirishning qanday turlari mavjud?
So‘zning til birligi sifatidagi xususiyati haqida nimalarni bi- lasiz?
Monologik nutqni shakllantirish usullarini sanab bering?
§. Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o‘rgatish
ishining mazmuni va uning vazifalari
Reja:
Bolalarga monologik nutqni o'rgatish ishining mazmuni va vazifalari.
Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg'ulotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |