175
6
-
Mavzu
. INVESTITSIYALAR HISOBI
Reja:
6.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi
6.2. Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi
6.3. Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi
6.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi
Bozor munosabatlariga o‘tish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohot teran va keng miqyosda davlat mulkini
xususiylashtirish jarayoniga, aksioner jamiyatlari, xususiy korxonalar, qo‘shma
korxonalar va shunga o‘xshaganlarni tashkil etishga asoslangan. Bu jarayonlar
quyidagi infratuzilmalar bilan chambarchas bog‘langan: tijorat banklari,
investitsiya va sug‘urta fondlari, birjalar, moliya – sanoat guruhlari, lizing
kompaniyalari, maslahat va auditorlik firmalari va sh. k.
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda fond birjalari
mavjudligini alohida etirof etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish
tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.
22
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda qimmatli qog‘ozlarni tasarruf
etuvchilarni almashishga olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa xarajatlari
tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlarni har qanday korxona, aksioner jamiyati va kredit
muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va muomalada
bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aksioner
jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va
boshqalar kiradi.
Aksiya
– aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat
tugatilganda mulk qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aksioner
jamiyatining ustav kapitaliga qo‘shilgan mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli
22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar
to‘g‘risida» gi farmoni. 1995 yil 7 sentyabrdagi; 2015 yil 11-yanvardagi 274-sonli qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar.
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida» gi Qonun. 2008 yil 22 iyul.
176
qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining faoliyati
davomida harakatda bo‘ladi.
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner
jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga
binoan
23
, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak: aksioner
jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – «aksiya»,
uning turi, tartib raqami, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan
aksiyalarning miqdori, ro‘yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning
kodi, dividendlarni to‘lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh
buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo‘lgan ustav kapitalining
hajmi.
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul
milliy va xorijiy valyutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa
aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin.
SHaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan
aksiyalarga bo‘linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida
ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda qancha va qanday aksiyalar borligini
aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning
ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida axborotga ega
bo‘lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir.
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va
imtiyozliga bo‘linadi. Oddiy aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda
qatnashish, hisobot davri tugaganda aksionerlar majlisi tomonidan aniqlanadigan
miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash
huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini
bermaydi, lekin korxona o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi
23
O‘zR VM 1994 yil 8 iyundagi 285–sonli qarorining 1 ilovasi; 2015 yil 23 sentyabrdagi 274– sonli O‘zR VM
qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar.
177
navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Bunday
hollarda korxona rezerv fondidagi mablag‘lardan foydalanadi.
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aksioner jamiyatiga o‘z mablag‘larini jalb
qilish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirish imkoniyatini beradi.
Obligatsiya
– uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal
qiymatini to‘lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir.
Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aksioner jamiyati yoki
korxonaning, davlat yoki mahalliy hukumatning kreditori bo‘lib hisoblanadi.
SHaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va
ko‘rsatuvchiga berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo‘ladigan va muomala
doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo‘linadi. Obligatsiyalarni har qanday mulk
shakliga ega bo‘lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan olingan pul
faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin.
Ichki davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar bank muassasalari orqali
tarqatiladi; ularni sotishdan olingan mablag‘lar tegishli Respublika yoki mahalliy
budjetga o‘tkaziladi. Bular faqat ko‘rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir.
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar ularning harakat muddati ichida davriy berib
borilishi yoki obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo‘la berilishi
mumkin.
Omonat
sertifikatlari
– kredit muassasalarining pul mablag‘larini
deponentlangani to‘g‘risidagi guvohnomasidir. Bu guvohnomani tasarruf etuvchi
omonat sertifikati muddati o‘tgandan so‘ng depozit summani va uning foizini olish
huquqiga ega. Omonat sertifikatlarini davlat va tijorat banklari beradi. Omonat
sertifikatlari shaxsi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan bo‘ladi. Ko‘rsatuvchiga
berilgan sertifikatlar muomalada bo‘lishi mumkin, ismi yozilgan sertifikat esa oldi
– sotdi muomalasida qatnashmaydi. Ko‘rsatuvchiga berilgan sertifikat debitor va
kreditorlar o‘rtasida hisob – kitob vazifasini bajarishi mumkin. Sertifikatlar
bo‘yicha foizlar faqat depozit muddati tugagandan keyin to‘lanadi.
Veksel
– qaysi muddatga yozilgan bo‘lsa, shu muddat tugagach, unda
ko‘rsatilgan summani to‘lashni so‘zsiz talab qilish nafaqat hisob-kitobning qulay
178
shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko‘rsatilgan pul
shu vaqtning o‘zida to‘lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng to‘lanadi.
Bu vaqt ichida vekselda ko‘rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida
bo‘ladi.
Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo‘lib, u qat’iy belgilangan shaklda
tuziladi. O‘z mazmuniga qarab veksel, birinchidan, so‘zsiz pul majburiyatlari deb
ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir.
So‘zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to‘lanishi qandaydir
shartlar bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni
to‘lashga tegishli tartib bilan bog‘liq bo‘lmagan begona sharoitlarga bog‘lanmaydi.
Veksel bo‘yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, uning tekstida
qanday asosga binoan berilganligi ko‘rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi
faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha.
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo‘sh mablag‘lari hisobidan boshqa
korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida
qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
Tovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasidagi mahsulot jo‘natish yoki
xizmat ko‘rsatish bitimlarida foydalaniladi.
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o‘tkazma. Oddiy veksel qarzdor
tomonidan to‘ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan
muddatda
so‘zsiz to‘lanishi ko‘rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan
rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan
kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to‘lovchi bo‘lib
hisoblanadi.
O‘tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O‘tkazma veksel kreditor
tomonidan to‘ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko‘rsatilgan summani belgilangan
muddatda uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud.
Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan
haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. SHunday qilib veksel beruvchi
kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to‘lovchi bo‘lib
179
hisoblanadi. Odatda o‘tkazma vekselni ushlovchi bo‘lib uchinchi shaxs
hisoblanadi. Vekselda ko‘rsatilgan summani qarzdor to‘lovchi uchinchi shaxsga
to‘lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi vekselda ko‘rsatilgan summani
remitentga to‘lanishi, ular o‘zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi
oldida qanday majburiyatlari borligi to‘lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to‘lash
majburiyati faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog‘liq bo‘lib,
hech qanday keyingi veksellar uni o‘zgartirmaydi. SHu munosabat bilan veksel
beruvchi o‘tkazma vekselni o‘zi-o‘ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab
o‘tkazuvchi bo‘yicha majburiyatda ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir
tomondan – qarzdor to‘lovchi ikkinchi tomondan esa – bir vaqtning o‘zida ham
veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo‘lgan kreditor. Keyinchalik veksel
saqlovchi o‘z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga o‘tkazib berishi
mumkin. O‘tkazma veksel to‘lovchi tomonidan akseptlanishi kerak va faqat
shundagina yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |