D. Q. Usmanova


 Mehnat ta’tili va kasallik bo‘yicha qo‘shimcha haq hisoblashni



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/131
Sana04.06.2022
Hajmi3,15 Mb.
#637011
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   131
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

 
8.3. Mehnat ta’tili va kasallik bo‘yicha qo‘shimcha haq hisoblashni 
hujjatlashtirish 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishlamagan vaqti 
uchun ham ishchi va xizmatchilarga haq to‘lanadi. Bunday to‘lovlarni hisoblash 
o‘rtacha ish haqiga asoslanadi. O‘rtacha ish haqini hisoblash va qo‘llash tegishli 
normativ hujjatlar bilan belgilanadi. 
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-
ilovasiga binoan o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashning quyidagi tartibi 
belgilangan: 
- ta’til haqi, ishdan bo‘shaganda beriladigan yordam puli, ishsizlik bo‘yicha 
nafaqa tarifikatsiya bo‘yicha o‘rtacha ish haqi belgilangan ish haqini yoki 
lavozimlik okladini hisoblash kuniga birinchi yili ishlayotganlar uchun o‘n ikkidan 
birga (1/12) (to‘liq olti oy ishlaganlar bo‘yicha oltidan birga, to‘liq etti oy 
ishlaganlar bo‘yicha – ettidan birga va h. k.) ko‘paytirib topiladi. o‘rta maxsus va 
hunar – texnika bilim yurtlari o‘qituvchilariga esa hisoblash davrida tarifikatsiya 
bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozimlik okladidan oshgan qismini o‘ndan 
birga ko‘paytirib topiladi. Bularga ishbay haqlar, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar va 
boshqa ijtimoiy sug‘urtaga badal hisoblanuvchi to‘lanmalar kiradi. 
- o‘rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlaridagi o‘qituvchilarga ortiqcha 
bajarilgan soatlari bo‘yicha qo‘shimcha haq yil oxirida ushbu soatlar bajarilgan 
vaqtda harakatda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi. 
- xodimlar salomatligiga etkazilgan zarar, kasbiy kasallik yoki ularning mehnat 
vazifalarini bajarish jarayonida salomatligiga etkazilgan zararlarni ish beruvchilar 
tomonidan qoplash uchun haq hisoblash Vazirlar Maxkamasi tomonidan 
tasdiqlangan qoidalarga binoan olib boriladi. 


232 
- ishga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi varaqalar, homiladorlik va tug‘ish 
bo‘yicha haq hisoblash davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa hisoblash tartibi 
to‘g‘risidagi nizomga binoan olib boriladi. 
- boshqa (1-4 bandlarida ko‘rsatilgandan tashqari) barcha hollarda o‘rtacha 
oylik ish haqi oxirgi ikki kalendar oyining o‘rtacha ish haqisi bilan aniqlanadi. 
- xodimlar mehnat ta’tilida, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarishda, 
ikki oy ichida ish qidirish vaqtida, shuningdek kasalligi davrida tarif stavkalar, 
lavozimlik okladlar oshgan bo‘lsa, korxona, tashkilot, muassasalarning mehnatga 
haq to‘lashning yangi sharoitiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy ish kuni bo‘yicha 
hisoblab chiqiladi. 
Qonunchilik bilan o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqishning maxsus tartibi 
o‘rnatilgan hollarda, ko‘rsatilgan qoidalar qo‘llanilmaydi. 
Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish ma’lumotlariga va xodim tomonidan 
qonunchilik bilan kafolatlangan o‘rtacha ish haqini olish huquqini tasdiqlovchi 
tegishli hujjatlariga asosan o‘rtacha ish haqi hisoblab chiqiladi. 
Barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan 
xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o‘rtacha ish haqi 
saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. O‘rtacha ish haqi Vazirlar 
Mahkamasining 1997 yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan 
hisoblanadi. 
Ta’til haqi aniqlash yoki foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya 
hisoblashda olti kunlik ish haftasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish kunining 
davomiyligini 25,4 kun deb hisoblaydi. Xodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini 
yo‘qotganligi uchun hisoblab to‘lanadigan haqning qoplash manbai bo‘lib tannarx 
yoki davr xarajatlari emas, balki ijtimoiy sug‘urta organlarining mablag‘lari 
hisoblanadi. 
To‘lanadigan haqni hisoblab topish uchun asos bo‘lib ish vaqtidan 
foydalanishni hisobga oladigan tabel va tibbiyot muassasalarining bergan 
vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi to‘g‘risidagi varaqasi hisoblanadi. 
Nafaqa miqdori mehnat daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan hujjatga binoan ish 


233 
qobiliyatini yo‘qotgan kuniga hisoblab topilgan umumiy ish stajiga asosan 
aniqlanadi. 
Amaldagi qarorga binoa
26
ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan qat’iy 
nazar quyidagi xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha 
nafaqa 100 % to‘lanadi: 
-
ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga; 
- baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga; 
- uch yoki undan ortiq 16 yoshga etmagan (o‘quvchilar 18 yosh) farzandlari 
bo‘lgan xodimlarga; 
- CHernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan 
xodimlarga; 
- CHernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan 
zonalardan ko‘chirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga o‘xshagan 
kasalliklarga duchor bo‘lganda; 
- Ish joyida shkastlanishlar yoki kasbiy kasal bo‘lganlarga; 
- homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha. 
Hisobda turuvchi ijtimoi ahamiyatli kasallikka uchragan xodimlarga 
umumiy ish stajiga qarab vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan vaqtiga quyidagi 
miqdorda nafaqa to‘lanadi: 
a) umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan, xodimlarga ish 
haqining 100 % miqdorida; 
b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 
80 % miqdorida; 
v) umumiy mehnat staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 60 % 
miqdorida. 
Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan vaqtiga 
quyidagi miqdorda nafaqa to‘lanadi: 
26
O‘zR VMning «Vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha nafaqalar to‘lash doirasini takomillashtirish 
to‘g‘risida»gi 71-sonli qarori. 2002 yil 28 fevral


234 
- umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan xodimlarga, shuningdek 
21 yoshga chiqmagan etim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida; 
- umumiy mehnat staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 % 
miqdorida. 
Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha 
to‘lanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish 
haqidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sug‘urta hisoblanadigan, mehnat 
haqiga kiritilmaydigan bir yo‘la to‘lovlardan tashqari, barcha turdagi to‘lanmalar 
kiradi. 
Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan 
oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy 
oyligiga amaldagi Nizomga
27
binoan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar 
summasi qo‘shiladi. 
Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga 
qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qo‘shimcha haqlar inobatga 
olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy 
sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ga 
binoan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar summasi qo‘shiladi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish