D. Q. Usmanova


 Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/131
Sana01.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#476315
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

 
11.3. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish 
Qaytarilmaydigan ma’lum bir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun 
tayinlangan maqsadli tushumlar, mablag‘lar holati va harakati, shuningdek a’zolik 
badallari hamda boshqa mablag‘larning kirimi ularning sarflanishi to‘g‘risidagi 
axborot 
quyidagi: 
8810-«Grantlar», 
8820-«Subsidiyalar», 
8830-«A’zolik 
badallari», 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari», 8890-«Boshqa 
maqsadli tushumlar» schyotlarda umumlashtiriladi 
YUqorida ko‘rsatilgan tushumlarni xususiy kapital sifatida aks ettirishning 
quyidagi shartlari mavjud: a) maqsadli tayinlanishi bo‘yicha foydalanish; b)
mablag‘larni jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarning sodir bo‘lmasigi; v) ma’lum 
shartlar bajarilganda qaytarilmasligi lozim.


286 
Grant - bu iqtisodiyotni rivojlantirishga qiziqtirish, ilmiy-texnika va 
innovatsiya dasturlarini bajarish uchun ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar bo‘yicha 
korxonaga qaytarib olmaslik sharti bilan davlat, shuningdek, nodavlat, xorijiy, 
xalqaro tashkilotlar va fondlar tomonidan ko‘rsatiladigan gumanitar pul yoki 
moddiy-texnika yordamidir. Grant mablag‘lari qat’iy maqsadli tayinlanishi 
bo‘yicha foydalaniladi. 
Grant ajratilgan hollarda tegishli grant ajratuvchi tashkilot va fondlar 
tomonidan korxonaga xabarnoma yuboriladi. Ushbu xabarnomada ko‘rsatilgan 
summa korxonada quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 4890-«Boshqa debitorlarning 
qarzlari», Kt 8810-«Grantlar» schyoti. 
Grant bo‘yicha moliyalanadigan maqsadli loyiha budjetida nazarda tutilgan 
pul mablag‘lari yoki mulklar olinganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt - Pul 
mablag‘larini hisobga oladigan (5110-5530), kapital qo‘yilmalar (0800), 
O‘rnatiladigan uskunalar (0700), TMZ va boshqa schyotlar, Kt - 4890 «Boshqa 
debitorlarning qarzlari» schyoti. 
CHet el valyutalarida olingan grantlar summasi O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan xo‘jalik muomalalarini sodir bo‘lish kuniga 
belgilangan kurs bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga 
aylantiriladi. 
8820-«Subsidiyalar» 
schyoti 
mavjud 
ajratilgan 
subsidiyalar, 
ya’ni 
iqtisodiyotni rivojlantirishga qiziqtirish maqsadida ma’lum shartlar bilan davlat 
tomonidan ko‘rsatiladigan pul yoki natura yordami harakati to‘g‘risidagi axborotni 
umumlashtirish uchun tayinlangan. 
Davlat yordami turli shaklda va turli shartlar bilan berilishi mumkin. Davlat 
subsidiyalarining hisobi milliy standartga asosan yuritiladi.
43
Ushbu standart 
bo‘yicha hisob yuritish qoidalari quyidagi hollarda amal qilmaydi: narxlarning 
o‘zgarishiga tegishli hukumat subsidiyalarini hisobga olish; hukumat tomonidan 
korxonaga foydadan ajratma solig‘i bo‘yicha berilgan yangilliklar yoki foydadan 
43
O‘zR Adliya Vazirligi tomonidan 562-raqam bilan ro‘yxatga olingan 10-sonli «Davlat subsidiyalarini hisobga 
olish va davlat yordamini yoritilishi» BHMS ga 1998 yil 3 dekabr 


287 
ajratma solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish; korxonani tasarruf etishda davlatning 
qatnashishi va boshqalar. 
Davlat subsidiyalari - bu kompaniya tomonidan o‘tgan davrda yoki kelajakda 
uning operatsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum shartlarni bajargani yoki 
bajarishi evaziga resurslarni o‘tkazib berish shaklidagi hukumat yordamidir. Asosli 
ravishda baholab bo‘lmaydigan, shuningdek kompaniyaning odatdagi savdo 
muomalalaridan ajratib bo‘lmaydigan hukumat bilan olib boriladigan operatsiyalar 
davlat subsidiyalariga kiritilmaydi. 
Aktivga o‘tkaziladigan subsidiyalarning asosiy sharti shuki, kompaniya 
tomonidan uzoq muddatli aktivlar sotib olinishi yoki qurilishi lozim. Bu shartda 
qanday aktivlar sotib olinishi, ularning joylashadigan joyi yoki ularning sotib olish 
yoki tasarruf etish muddati ko‘rsatiladi. Daromadga o‘tkaziladigan subsidiyalar - 
bular aktivlarga o‘tkazilmaydigan davlat subsidiyalaridir. SHartli qaytarilmaydigan 
qarzlar - bular shunday qarzlarki, oldindan ko‘rsatilgan ma’lum shartlar 
bajarilgandan so‘ng kreditor o‘z qarzini qaytarib olmaydi. 
Davlat subsidiyalari, jumladan, narxdagi pulsiz subsidiyalar, kompaniyaga 
qo‘yilgan shartlarga mos kelmaguncha va subsidiyalar olinmaguncha, tan 
olinmaydi. 
Subsidiyalarni olish tartibi ularni hisobga olish tartibiga ta’sir qilmaydi. 
Demak, sub’sidiyalar pul shaklida olinadimi yoki davlat oldidagi majburiyatni 
kamaytirish shaklida olinadimi, bir xilda hisobga olinadi. 
Subsidiyalar hisobidan qilingan xarajatlar qaysi davrga to‘g‘ri kelsa davlat 
subsidiyalari o‘sha davrning daromadi deb tan olinadi. Ular bevosita kapital 
schyotiga kreditlanmaydi. 
Amortizatsiyalanuvchi aktivlarga tegishli subsidiyalar odatda mazkur 
obektlarga amortizatsiya hisoblash davri ichida hisoblangan amortizatsiya 
miqdorida daromad deb tan olinadi. 
Amortizatsiyalanmaydigan 
aktivlarga 
tegishli 
subsidiyalar 
ma’lum 
majburiyatlarni bajarishni talab qilishi mumkin va shu majburiyatlarni bajarish 
bo‘yicha xarajatlar sodir bo‘lgan davr ichida daromadga o‘tkaziladi. Masalan, er 


288 
uchastkasini ajratib berish tarzidagi subsidiya unda bino qurish sharti bilan 
cheklangan bo‘lishi mumkin. Bunday holda subsidiya binoning xizmat muddati 
ichida daromad sifatida tan olinishi mumkin. 
Sodir bo‘lgan xarajatlar yoki zararlarni qoplash, yoki kelajakda hech qanday 
xarajatlar qilmaslik sharti bilan kompaniyaga zudlik bilan ko‘rsatiladigan 
moliyaviy yordam tarzida berilgan davlat subsidiyasi olingan davrda daromad deb 
tan olinadi. 
Aktivlarga tegishli subsidiyalar, jumladan adolatli qiymati bo‘yicha pulsiz 
subsidiyalar ham, balansda yoki kelgusi davr daromadi tarzida yoki aktivning 
balans qiymatini topish uchun uni ayirib tashlab ko‘rsatiladi. 
Subsidiyalar ajratilgan hollarda xabarnomaga asosan ajratilgan subsidiyalar 
summasiga korxonada quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 4890-«Boshqa 
debitorlarning qarzlari», Kt 8820-«Subsidiyalar» schyoti. 
Subsidiyalar bo‘yicha mablag‘lar o‘tkazib berilganda pul mablag‘larini 
hisobga oladigan (5110-5530) va boshqa schyotlar debetlanib, 4890-«Boshqa 
debitorlarning qarzlari» schyoti kreditlanadi. 
Tegishli tarkibiy tuzilmalar qaroriga binoan ajratilgan grant va subsidiyalar 
zaxira kapitaliga o‘tkazilganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8810 «Grantlar», 
8820 «Subsidiyalar», Kt 8520 «Zaxira kapitali» schyoti. 
8830 «A’zolik badallari» schyotida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat 
a’zolarining a’zolik badallari summasi aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi 
quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: Dt “Pul mablag‘larini hisobga oladigan 
schyotlar”, Kt 8830 «A’zolik badallari» schyoti. 
8840 «Maqsadli foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari» schyotida 
maqsadli vazifalarni bajarish bo‘yicha soliqdan ozod qilish natijasida hosil bo‘lgan 
summalar aks ettiriladi.
8890 «Boshqa maqsadli tushumlar» schyotida, xususan, farzandlari 
maktabgacha yoshdagi bolalar muassasanarida tarbiyalangani uchun ota-onalardan 
tushadigan pul mablag‘lari, boshqa shaxs va tashkilotlarning bolalar 
muassasalarini saqlash uchun o‘tkazib bergan mablag‘lari. SHuningdek 


289 
konservatsiya qilingan obektlarni saqlash xarajatlarini qoplash bo‘yicha maxsus 
moliyalashdir.
Maqsadli tushumlar schyotlari (8800) bo‘yicha analitik hisob maqsadli 
mablag‘larning yo‘nalishi va moliyalash manbalari bo‘yicha yuritiladi. 
Bu schyotlar bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalarning sintetik va analitik 
hisobi 12-jurnal-orderda olib boriladi. Bu jurnal-orderga yozish uchun asos bo‘lib 
buxgalteriyaning ma’lumotnomasi, bankning hisob-kitob schyotidan bergan 
ko‘chirmasi, kassirning hisoboti va boshqalar hisoblanadi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish