6.2. Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi
Moliyaviy qo‘yilma bu korxonaning qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun
qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag‘larini qo‘shma korxonalar, aksioner
jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga
qo‘shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan
debitor qarzlardir.
Muddatiga qarab moliyaviy qo‘yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli
bo‘ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo‘yilmalarni u yoki bu kategoriyaga
o‘tkazish qimmatli qog‘ozlarni sotib olish maqsadiga bog‘liq. Masalan, bir yil
ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish
muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli
qo‘yilmalarga kiradi.
Moliyaviy qo‘yilmalar sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib olingan
aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo‘yilmalar
summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi.
180
Korxonaning amalga oshirgan qo‘yilmalariga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi
hujjatlari olinmagan moliyaviy qo‘yilmalar mablag‘lari alohida hisobga olinadi.
Qimmatli qog‘ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va
berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to‘lov
topshiriqlari kiradi.
Moliyaviy qo‘yilmalar hisobi 5800 – «Qisqa muddatli investitsiyalarni
hisobga oluvchi schyotlar» va 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga
oluvchi schyotlar»da yuritiladi.
Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini ko‘rib chiqamiz. 0600 – «Uzoq
muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, Debet saldosiga
ega bo‘lib, u oy boshiga bo‘lgan moliyaviy qo‘yilmalar summasini ko‘rsatadi. Bu
schyotning Debetida: qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga
qilingan qo‘yilmalar, berilgan qarzlar summasi bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar
aks ettiriladi. Krediti bo‘yicha – qimmatli qog‘ozlarni qaytarish, sotish, qaytarilgan
qarz summalar bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar aks ettiriladi.
0600–«Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar»
bo‘yicha quyidagi: 0610 - «Qimmatli qog‘ozlar”; 0620-«SHu’ba xo‘jalik
jamiyatlariga
investitsyalar»;
0630
-
«Qaram
xo‘jalik jamiyatlariga
investitsiyalar»; 0640 - «CHet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga
investitsiyalar»; 0690 - «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotlar ochilishi
mumkin.
Aktivlarni investitsiyalarga o‘tkazish tartibi va ularning turlari: 12 –
“Moliyaviy investitsiyalar hisobi», 8-“Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va
shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» va 14 - «Qo‘shma faoliyatda
qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish» buxgalteriya hisobi Milliy
andazalari bilan tartibga solinadi.
0610-“Qimmatli qog‘ozlar» schyotida davlat va mahalliy foizli zayom
obligatsiyalari va shunga o‘xshagan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mavjud uzoq
muddatli qo‘yilmalar harakati hisobga olinadi.
0620-«SHu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsyalar», 0630-«Qaram xo‘jalik
181
jamiyatlariga investitsiyalar» va 0640 - «CHet el kapitali mavjud bo‘lgan
korxonalarga investitsiyalar» schyotlarida shu’ba, qo‘shma, uyushgan va qaram
korxonalarga qo‘yilgan mavjud uzoq muddatli qo‘yilmalar hamda ularning
harakati hisobga olinadi.
0690-«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda foyda olish
maqsadida davlat korxonalari yoki xayriya, ekologik jamiyatlariga qo‘yilgan uzoq
muddatli investitsiyalar hisobga olinadi. Bu schyotlarning Debeti 5110-«Hisob –
kitob schyoti» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», 5210-«Mamlakat
ichidagi valyuta schyotlari» va qimmatli qog‘ozlar sotib olish, boshqa
korxonalarga qo‘yilgan investitsiya, berilgan qarzlar qaysi mablag‘lar hisobidan
amalga oshirilishiga qarab, boshqa schyotlarning krediti bilan korrespondentlanadi.
YUqorida keltirilgan schyotlar bo‘yicha analitik hisob dastlabki hujjatlarga asosan
qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar turlari, qarzdor korxonalar bo‘yicha yuritiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining mavjudligi, fond birjalarida qimmatli
qog‘ozlarni oldi – sotdi muomalalarini amalga oshirilishi aksiya obligatsiyalarni
nominal qiymatidan ortiq yoki kam baholarda sotib olinishini nazarda tutadi.
Aksiyalar ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlar summasida
qabul qilinadi va hisobga olinadi. Fond birjasida aksiyalar kursini oshishi va
kamayishiga va aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendga qarab aksiyalarni sotish
qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farq yoki potensial foyda olishga yoki
zarar qilishga olib keladi.
Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olish uchun 5800-«Qisqa
muddatli investitsiyalar» schyotidan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo‘lib, Debet
qoldig‘i oy boshiga qolgan bir yilgacha muddatga sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
yoki berilgan qarzlar summasini aks ettiradi. Debet oboroti hisobot oyida sotib
olingan qimmatli qog‘ozlar, berilgan qisqa muddatli kreditlar va depozitga berilgan
summani ko‘rsatadi. Kredit oborotida sotilgan aksiyalar, qaytarilgan obligatsiyalar
yoki zayomlar va depozit summalar aks ettiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan qo‘yilmalar
hisobi qo‘yilmalar turlari bo‘yicha quyidagi: 5810-«Qimmatli qog‘ozlar»; 5830-
«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» va 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar»
182
schyotlarda yuritiladi. Bu schyotlar bo‘yicha muomalalar hujjatlari uzoq muddatli
moliyaviy qo‘yilmalarga o‘xshagan, ularning analitik hisobining tuzilishi va
yuritilishi ham shunday.
Boshqa korxonalarga asosiy vositalarni qo‘yish yo‘li bilan uzoq va qisqa
muddatli qo‘yilmalar qilinsa, 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti
kreditlanib 0600 va 5800–schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi, Agar
nomoddiy va boshqa aktivlar qo‘yilma qilinsa, 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib
ketishi» schyoti kreditlanadi. Aksiyalar sotib olinsa, boshqa korxonalarning ustav
kapitaliga moliyaviy qo‘yilmalar o‘tkazilsa, 5110, 5210 – schyotlari kreditlanib,
0600 va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi. Sotilgan yoki
qaytarilgan va o‘tkazib berilgan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymatiga 9220 –
schyot debetlanib 0600 va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi.
Depozit qo‘yilmalar va berilgan qarzlarning qaytarilishi 5110 va 5210 –
schyotlarning debeti va 0600 va 5800– schyotlarning tegishli schyotlarini kreditida
aks ettiriladi.
Aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendlar hisoblanganda 4840-«Olinadigan
dividendlar» schyoti debetlanib 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar»
schyoti kreditlanadi. Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar hisoblansa, 4830-«Olinadigan
foizlar» schyoti debetlanib 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyoti
kreditlanadi. Ushbu dividend va foizlar olinsa, 5110 «Hisob-kitob schyoti»
debetlanib 4840 va 4830 – schyotlari kreditlanadi.
Korxonaning aktividagi aksioner jamiyatlaridan sotib olingan aksiya va
obligatsiyalari turli sabablarga ko‘ra sotilishi mumkin: aksiyalar rejadagi foydani
keltirmasligi; aksiya va obligatsiyalarni faqat uzoq vaqt ichida foyda olish uchun
emas, balki ularni keyinchalik sotish yo‘li bilan foyda olish maqsadida sotib
olinishi.
Qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotishdan olingan natijani aniqlash uchun
9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotidan foydalaniladi. Bu schyotga
xo‘jalik muomalalarini yozish nomoddiy aktivlarni sotish hisobiga o‘xshagan.
183
Sotilgan yoki qaytarilgan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymatiga 9220 -
schyoti debetlanib 0600 va 5800 - schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi.
Ushbu qiymatliklarni sotishdan foyda olinsa, 9220 - schyoti debetlanib, 9320
«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti kreditlanadi. Zarar qilinsa -
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib, 9220 -schyoti
kreditlanadi. Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan tushumga 5110 yoki 5210-
schyoti debetlanib 9220 -schyoti kreditlanadi.
Obligatsiyalarni sotib olishdan maqsad ularning nominal qiymatiga qarab foiz
olish, shuningdek qaytarilgandan so‘ng obligatsiyalarning nominal qiymatini
olishdir. SHu boisdan obligatsiyaning haqiqiy qiymati bilan nominal qiymati
orasidagi farq shunday amortizatsiyalanishi kerakki, qaytarilish vaqtida haqiqiy
qiymati obligatsiyaning nominal qiymatiga teng bo‘lsin. Bunda ikki variant
mavjud:
- obligatsiyani nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday
hollarda obligatsiyalar bo‘yicha foizlar sotib olingan vaqtda olingan daromad
hisobidan ularning qiymatlari orasidagi farqini qisman hisobdan chiqarish yo‘li
bilan haqiqiy qiymati nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday
hollarda obligatsiyadan foydalanish muddati ichida undan olinadigan foiz
daromadini ko‘paytirish yo‘li bilan obligatsiyani qaytarish muddatigacha uning
sotib olish narxi nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi.
Obligatsiyalarni haqiqiy sotib olish qiymati bilan nominal qiymati orasidagi
farqi, ularning muomalada bo‘lish muddati ichida bir tekisda - xo‘jalik
faoliyatining natijasiga o‘tkazib boriladi. Bunda ikki variant mavjud:
- obligatsiya nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday
hollarda obligatsiyaning haqiqiy qiymati har oyda qiymatlar orasidagi farqini
zararga o‘tkazish yo‘li bilan nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday
hollarda obligatsiyani qaytarish muddati ichida farqini bir qismini har oyda
184
hisoblab, firmaning foydasiga o‘tkazish yo‘li bilan nominal qiymatiga etkazib
qo‘yiladi.
Qisqa muddatli obligatsiyalar va shunga o‘xshagan qimmatli qog‘ozlar
bo‘yicha foiz summasini puli olingunga qadar foydaga o‘tkazsa bo‘ladi. Uzoq
muddatli obligatsiyalar bo‘yicha foiz hisoblash mumkin emas, chunki
moddiylashtirilmagan foyda hosil bo‘ladi. Ehtiyotkorlik prinsipiga binoan
moliyaviy natijalarni aks ettirishda uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari
bo‘yicha sodir bo‘lgan zararlarni foyda yoki zararlar schyotiga o‘tkazish mumkin,
lekin hisobotda, buxgalteriya hisobi bo‘yicha amaldagi Nizom talab qilganidek, bu
demak, olingan foyda miqdorini buzib ko‘rsatishdir.
Uzoq muddatli obligatsiyalarni sotib olish xarajatlari ularning nominal
qiymatidan ortiq bo‘lsa, uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo‘yicha
zararlar obligatsiyalarni muomalada bo‘lish muddati ichida har oyda teng qismda
korxonaning zarariga o‘tkazib boriladi. Lekin bunday muomalalarning foydasi
yo‘q, shuning uchun ham ularga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Uzoq muddatli obligatsiyalar ko‘pincha qirqib olinadigan talonlari bilan
chiqarilib, obligatsiyalarni muomalada bo‘lgan davri ichida vaqti - vaqti bilan ular
bo‘yicha foizlar to‘lanadi. Bunday hollarda obligatsiyalarni sotib olish qiymati
bilan nominal qiymati orasidaga farqi har gal korxonaga daromad hisoblaganda
hisobdan chiqarib boriladi. Agar obligatsiyalarni sotib olish qiymati ularning
nominal qiymatidan ortiq bo‘lsa, har gal foiz hisoblanganda obligatsiyalarning
nominal qiymatidan ortiq summaning bir qismiga haqiqiy daromad kamaytirib
boriladi. Schyotlarda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi: Dt 4830-
«Olinadigan foizlar» – obligatsiyalar bo‘yicha olishga tegishli bo‘lgan foizlar
summasiga, Kt 0610 «Qimmatli qog‘ozlar» – obligatsiyalarning nominal
qiymatidan olingan haqiqiy qiymatining bir qismiga, 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi
daromadlar» schyoti – olishga tegishli foizning qolgan qismiga, ya’ni 4830 va
0610 – schyotlarga o‘tkazilgan summalar orasidagi farqiga.
Xalqaro buxgalteriya hisobi andozasi konsepsiyalariga binoan, boshqa
aktivlar kabi, investitsiyalar ham faqat o‘zlarida mujassamlangan foydani korxona
185
kelajakda olishga etarli darajada ishonchi bo‘lsagina buxgalteriya hisobida aktivlar
tarkibida hisobga olishi mumkin. Ularni sotib olishi uchun birgina qilingan
xarajatlar etarli emas. Bu xarajatlar kelajakda iqtisodiy naf keltirishi to‘g‘risidagi
ishonchni tasdiqlash zarur. Basharti bunday ishonch bo‘lmasa, qilingan sarflar
aktivlar emas xarajatlar deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |