MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA MEHNAT BURCHAGINI
TASHKIL ETISH.
Maktabgacha ta'lim muassasasida mehnatning asosiy turlari — maishiy-xo'jalik
mehnati, tabiatdagi mehnat, qo'l mehnati bo'lib, uni tashkil etish shakllari —
topshiriq, navbatchilik, bolalarning jamoa mehnati hisoblanadi.
Topshiriqlardan maktabgacha ta'lim muassasasining barcha guruhlarida keng
foydalaniladi, ammo kichik guruhlarda ular bolalar mehnatini tashkil qilishning asosiy
shakli hisoblanadi. Har bir maktabgacha ta'lim muassasasida mehnat burchagi tashkil
etilib, unda yuqorida bayon etilgan vazifalar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |