Bog'liq Urinboyeva-D.-Rahimova-M.-Diktantlar-toplami
ARI VA CHUMOLI Bir ari mashaqqat bilan bir donni tashib ketayotgan chumolini ko‘rib
unga aytibdi:
- Ey chumoli, nega buncha mashaqqatni ixtiyor etding? Kel, yaxshisi
mening yeyish-ichishimga bir qara. Men xohlagan yerimga qunaman,
xohlagan ovqatimni yeyman. Sen bo‘lsang, bitta don uchun shuncha
mashaqqat chekasan, - dedi-da uchib borib bir qassobning sotib turgan
go‘shti ustiga qo‘ndi. Qassob pichoq bilan bir urgan edi, u ikki nimta
bo‘lib yerga tushdi. Chumoli darov kelib uning oyog‘idan tishlab uyasiga
olib keta boshladi. Shunda ari:
- Meni qayerga olib ketayotirsan? – deb so‘radi, chumoli:
36
- Mehnatsiz tekin tomoqlikning balosiga mubtalo bo‘lganning holi
shunday kechadi, oxiri borib o‘zi-o‘ziga yem bo‘ladi, - deb javob berdi
(100 ta so‘z).