D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/172
Sana31.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#202760
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   172
Bog'liq
Urinboyeva-D.-Rahimova-M.-Diktantlar-toplami

ULUG‘ RASSOM 
Ulug‘  rassom  Kamoliddin  Behzod  1455-yilda  Hirotda  hunarmand 
oilasida  dunyoga  kelgan.  Ota-onadan  yosh  yetim  qolgan  Kamoliddinni 
Hirotning  mashhur  musavviri  Amir  Ruhillo  (Mirak  Naqqosh)  o‘z 
tarbiyasiga  oladi.  Mirak  Naqqosh  oilasida  har  tomonlama  ilmli,  odobli 
bo‘lib tarbiyalangan Kamoliddin naqqoshlik va miniatyurasozlik san’atini 
ham egallaydi. 
Behzodning  buyuk  musavvir,  naqqosh  va  miniatyurasoz  bo‘lib 
yetishishida muhim omillaridan biri - mutafakkir shoir Alisher Navoiyning 
nazariga  tushib,  uning  homiyligidan  bahramand  bo‘lganligidir.  San’at  va 
nafosatga  ishtiyoqi  nihoyatda  kuchli  bo‘lgan  Behzod  g‘oyatda 
mehnatsevarligi,  zahmatkashligi,  o‘tkir  aql-u  zakozati  tufayli  iste’dodi 
kundan-kunga ortib boradi  va tez orada Hirotda mashhur musavvir bo‘lib 
taniladi.  
Kamoliddin  Behzod  1537-yili  Hirotda  vafot  etadi.  Hirotliklar  uni 
chuqur  iztirob  va  motam  bilan  Kuhi  Muxtor  tog‘i  yonbag‘riga  dafn 
etadilar. 
Kamoliddin  Behzod  Sharafiddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”, 
Abdurahmon Jomiyning “Salomon va Absol”, Amir Xusrav Dehlaviyning 
“Xamsa”,  Sa’diyning  “Bo‘ston”  va  “Guliston”,  Nizomiy  Ganjaviyning 
“Xamsa”,  Abdulloh  Xotifiyning  “Temurnoma”siga  yuzlab  miniatyuralar, 
Sulton  Husayn  Boyqaroning  40  dan  ortiq  majlislari  tasviri,  Abdurahmon 
Jomiy,  Husayn  Boyqaro,  Shayboniyxon,  Shoh  Taxmasp,  Shoir  Abdulloh 
Xotifiylarning 
suratlari, 
“Tuyalar 
jangi”, 
“Darvishlar 
raqsi”, 
“Samarqandda madrasa qurilishi” kabi noyob suratlarni chizib qoldirgan. 
Kamoliddin  Behzod  nafaqat  Sharq  xalqlari  musavvirchiligi  tarixida, 
balki  jahon  rasm  san’ati  tarixida,  o‘zining  ajoyib  va  qimmatbaho 
miniaturalari  bilan  butun  dunyo  madaniyati  tarixida  katta  o‘rin  tutgan 
buyuk va zabardast san’atkordir (196 ta so‘z). 


102 
 
 
VATAN NIMA?  
Vatan deganda nimani anglash kerak? 
Ona tuproq Vatanmi? Hijratda jon berayotgan musofir ko`ksida necha 
yillar  davomida  yashirib  yurgan  dil  to`tiyosi  -  bir  hovuch  tuproqni  boshi 
ostiga  qo`yishni  vasiyat  qiladi.  Oddiy  tuproqmikan  Vatan  tuprog`i? 
Qancha  qon-u  qancha  qora  ter,  qancha  ko`z  yosh-u  qancha  ona  suti 
to`kilgan  bu  tuproqqa.  Ko`zimizni  osmondan  uzmay  yashaymiz-u, 
vujudimiz  shu  tuproqniki…  Bu  tuproq  bobolar-u  momolarimizning 
muqaddas xoki.  
Tilimiz ham  vatanimizdir. Axir yurt tuprog`idagi har bir gulning, har 
bir  maysaning,  har  bir  og`ochning,  har  bir  parranda-yu  darrandaning,  har 
tog`-u  bog`ning  nomi  bor.  Nomni  tilga  olar  ekanmiz,  ular  «yarq»  etib 
butun zalvori bilan ko`zimiz o`ngida gavdalanadilar. G`ala-g`ovur begona 
shahar  ko`chalarida  to`satdan  ona  tilimizda  gapirgan  odamni  uchratsak, 
dilimiz  orziqib  ketadi,  uni  to`xtatib  suhbatlashgimiz  keladi.  Shoirlar 
she'ridagi yurtimiz madhi dillarimizda mehr uyg`otadi. 
Umrimizning  har  bir  lahzasi  Vatanga  bo`lgan  munosabat  bilan 
belgilanadi.  Vatan  -  umrimizning  mazmuni,  maqsadimiz  g`oyasi.  Losos 
degan  baliq  bor.  U  umrinig  so`ngida  necha-necha  dengiz-u  daryolarni 
oshib, toshlar ustidan hatlab, qachonlardir o`zi ko`z ochgan kichik va tinch 
o`zaniga qaytar ekan. Har bahorda uyingiz peshtoqida in qurgan qushlarni 
ko`rasiz.  Ular  uyingizni  adashmay  topib  keladilar.  Inson  tafakkuri  ham 
yillar-u  kulfatlar  osha  o`zining  ibtidosi  -  Vataniga  qarab  intiladi.  Bu 
intilish abadiydir…(188 ta so‘z). 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish