D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/172
Sana31.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#202760
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   172
Bog'liq
Urinboyeva-D.-Rahimova-M.-Diktantlar-toplami

SOHIBQIRON AMIR TEMUR 
Sohibqiron  Amir  Temur  ibn  Tarag‘ay  Muhammad  Bahodir  1336-yil 
9-aprelda  Kesh  (hozirgi  Shahrisabz)  shahrida  barlos  urug‘ining  nufuzli 
begi  oilasida  tug‘ilgan.  U  amaldor  oilasida  tug‘ilganligi  tufayli  dastlab 
maktabda,  so‘ng  madrasada  o‘qib,  o‘z  davrining  barcha  ilmlaridan 
bahramand  bo‘lgan.  Ayniqsa,  Qur’on-u  hadislarni,  fiqh,  falakiyot, 
handasa, riyoziyot, tarix va jug‘rofiya ilmlaridan chuqur xabardor bo‘lgan. 
She’riyat  va  shatranjni  sevgan.  Amir  Temurni  harbiy  ta’lim  ko‘proq 
qiziqtirgan. O‘rta Osiyoda mo‘g‘illar zulmiga barham bergan Amir Temur 
1370-yili  Movarounnahr  amiri  deb  e’lon  qilinadi  va  Samarqand  shahri  u 
tuzgan yangi davlatning poytaxti bo‘lib qoladi. 
Amir  Temur  feodal  tarqoqlikka  barham  berib,  o‘rta  asrlarning  eng 
yirik  davlatini  barpo  etdi.  Uning  ulkan  davlati  sarhadiga  Turon,  Eron, 
Rum(Onado‘li),  Mag‘rib,  Suriya,  Misr,  Iroqi  Arab,  Iroqi  Ajam, 
Mozandaron,  Qeylon,  Shirvon,  Ozarbayjon,  Fors,  Xuroson,  Jidda,  Buyuk 
Tatariston, Xorazm, Xo‘tan, Qobuliston, Boxtar, Zomin, Hindiston, Dashti 


101 
 
Qipchoq,  Oq  O‘rda,  Gurjiston,  Armaniston,  Oltin  O‘rda  -  jami  27 
mamlakat kirar edi. 
Amir  Temur  o‘z  davlatini  adolat  bilan  boshqardi.  Uning  davrida 
mamlakat  iqtisodiy  jihatdan  kuchaydi,  fan  va  madaniyat  rivojlandi.  Xalq 
hayoti  uchun  zarur  qurilishlar,  madrasa  ta’limi  uning  e’tiborida  bo‘ldi.  U 
o‘zi zabt  etgan  mamlakatlarning  podsholarini  yana  taxtga  o‘tqazgan  yoki 
zurriyotidan  podsho  tayinlagan.  Saltanatning  tashqi  va  ichki  siyosatida 
noiblar, beklar, umuman amaldorlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatgan (192 
ta so‘z). 
 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish