D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/172
Sana31.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#202760
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   172
Bog'liq
Urinboyeva-D.-Rahimova-M.-Diktantlar-toplami

 
SPITAMEN 
Spitamen  O‘rta  Osiyo  xalqlari  tarixida  Aleksandr  Makedonskiyga 
qarshi  ko‘tarilgan  xalq  qo‘zg‘oloni  rahbari  sifatida  nom  qoldirgan. 
Qo‘rqmas 
xalq 
qasoskori 
boshchiligidagi 
qo‘zg‘olonchilar 
makedoniyaliklarni ko‘plab marta janglarda mag‘lub etganlar. 
Grek  va  Rim  tarixchilari  asarlarida  Spitamenning  qaysi  shahar  yoki 
qisloqdan  ekanligi  aniq  yozilmagan.  Ammo  u  asosan  Politamet 
(Zarafshon)  daryosi  bo‘ylarida,  Maroqand  (Samarqand)  shahri  atroflarida 
kechgan voqealar tasvirida ko‘plab tilga olinadi.  
Aleksandr  qo‘shinlari  qancha-qancha  shaharlarni,  yurtlarni  osongina 
bosib olgan, ammo Sug‘diyonani egallash ularga oson bo‘lmaydi. Ular bu 
yerda xalqning qattiq qarshiligiga uchrab, ko‘pdan-ko‘p talofat ko‘radilar. 
Spitamen  boshchiligidagi  jangchilar  hech  kutilmagan  paytda  va  joylarda 
paydo  bo‘lishar,  dushmanga  qaqshatqich  zarba  berishar  va  yana  tutqich 
bermay,  qutulib  ketishar  edi.  Spitamen  jasur,  farosatli,  tadbirkor,  ayni 
choqda  juda  hushyor  va  ziyrak  edi.  Uning  qo‘shinida  O‘rta  Osiyoning 
mahalliy  aholisi  bo‘lgan  massagetlar,  skiflar,  daklar,  saklar,  sug‘dlar 
o‘zaro  birikib  harakat  qilar  edilar.  Ular  Spitamenni  o‘zlarining  haqiqiy 
xaloskori deb bilardilar. 
Spitamen  boylikka  qiziqmas,  qo‘lga  tushgan  o‘ljalarni  jangchilarga 
bo‘lib  berar  edi.  U  nafaqat  dushmanlarni,  balki  sotqinlik  qilgan 
yurtdoshlarini  ham  ayamas  edi.  Spitamen  Aleksandrga  O‘rta  Osiyo 
qabilalarining  nimalarga  qodirligini  amalda  ko‘rsatdi.  Vatanini,  xalqini 
sevishni, o‘z qishlog‘ini, shahrini, yurtini ardoqlashni o‘rta osiyoliklardan 
o‘rganish kerakligini isbotladi. 
Spitamening  o‘limi  haqida  ham  turli  xil  rivoyatlar  mavjud.  Ba’zi 
rivoyatlarda u o‘z xotini tomonidan o‘ldirilgan deyilsa, ayrimlarida sotqin 
qabiladoshilari  tomonidan  qatl  etilgan  deyiladi.  Sharqning  jasur, 
yengilmas,  vatanparvar,  mard  o‘g‘loni  Spitamenning  nomi,  uning 
dushmanga qarshi ko‘rsatgan qahramonliklari necha asrlardan beri tildan-
tilga,  avloddan-avlodga  o‘tib  kelmoqda.  U  haqida,  uning  qahramonliklari 
haqida ko‘plab badiiy asarlar yaratilgan. (230 ta so’z). 
 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish