D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/172
Sana31.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#202760
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   172
Bog'liq
Urinboyeva-D.-Rahimova-M.-Diktantlar-toplami

 
 


45 
 
BOLA BOSHIDAN 
Luqmoni hakimdan: 
–  Nasihatlaringizning  ko‘pi  yoshlarga  taalluqli  bo‘ldi,  ammo  yoshi 
kattalarga atalgani kamroq, buning sababi nima? – deb so‘radilar. 
Luqmoni hakim shunday javob berdi: 
–  Bog‘bon  yerni  yumshatib  bir  daraxt  ko‘chatini  o‘tkazib,  uning 
atrofini  xas-xashakdan,  zararli  yovvoyi  o‘tlardan  tozalab,  kerak  bo‘lgan 
vaqtda  suv  berib  tursa,  umuman,  yaxshi  e’tibor  berib  tarbiyalasa,  tez 
vaqtda teraklar voyaga yetadi, unumli, serhosil bo‘ladi. 
Bola  ham  yoshligidan  boshlab  yaxshilab  tarbiya  qilinsa,  axloqli, 
odobli  etib  o‘stirilsa,  u  bola  o‘ziga,  ota-onalarga  baxt-saodat  keltiradi, 
jamiyatning  eng  foydali  a’zosi  bo‘lib  yetishadi.  Shuning  uchun  men 
yoshlar tarbiyasiga ko‘proq ahamiyat beraman, va’z-nasihatlarimning ko‘p 
qismi yoshlarga oid bo‘ladi. B a y t: 
Har o‘g‘il-qizga kerakdir ruhi afzo tarbiyat,  
Aylagay 
orzu, 
umidlarni 
muhayyo 
tarbiyat. 
(“Ipak  yo‘li 
afsonalari»dan.) (109 ta so‘z). 
 
GOTFRID HERDER 
XVIII  asrda  yashab  o‘tgan  mashhur  olmon  adabiyotchisi  Gotfrid 
Herder (1744-1803) xalq og‘zaki ijodiga,  milliy tarix va xalq she’riyatiga 
yaqinlik  adabiyotning  taraqqiy  etishiga  unumli  ta’sir  o‘tkazishini  ko‘p 
ta’kidlar  edi.  Uning  o‘zi  ham  xalq  qo‘shiqlari,  dostonlarini  el  og‘zidan 
yozib olish bilan shug‘ullanar va bu sohaga katta shoir yozuvchilarni ham 
jalb  qilgan  edi.  Bu  ishning  natijasi  o‘laroq,  «Qo‘shiqlarda  xalq  ovozlari» 
nomli  to‘plam  tayyorlab  nashr  ettirganda,  bu  hodisa  olmon  she’riyatida 
romantik harakatning shakllanishiga katta hissa qo‘shdi. ning xalq og‘zaki 
ijodiyotiga, xalq qo‘shig‘iga qiziqishi, qo‘shiqlardagi samimiyat va obrazli 
tilning  yorqinligi uni  bir  talay  she’rlar  yaratishga  undadi.  Ayniqsa,  uning 
«Yovvoyi  gul»,  «O‘rmon  shohi»  kabi  balladalari  va  hikmatli  she’rlari  el 
orasida katta olqishlarga sazovor bo‘ldi (108 ta so’z).  
 
MUHAMMAD YUSUF 
Shoir  Muhammad  Yusuf  1951  yilda  Andijon  shahrida  tug’ildi. 
Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. 
Muhammad  Yusuf  XX  asr  oxiri  o’zbek  she’riyatida  o’z  so’zini  ayta 
olgan  shoirlardan  biri  edi.  Ayniqsa,  uning  qatag’on  qurbonlari  Cho’lpon, 
Qodiriy,  Hayzulla  Xo’jayevlarni  yod  olib  yozgan  she’rlari  o’sha  yillari 
xalq qalbidan chuqur joy egalladi. 


46 
 
Muhammad  Yusufning  odamiylik,  sevgi  va  vafoni  ulug’lovchi 
ko’plab  she’rlari  kuyga  solinib,  xalqimiz  sevgan  qo’shiqlarga  aylandi. 
Shoir  she’rlari  sodda  va  ravon  til  bilan  yozilgan.  Uning  ijodida  xalq 
qo’shiqlaridagi kabi ohangdorlik bor. 
Istiqlol  yillari  Muhammad  Yusuf  Vatanni  madh  etuvchi  bir  qator 
she’rlar  yozdiki,  ularga  kuy  bastalanib,  katta-katta  bayramlarda  ijro  etilib 
kelindi. 
Shoir  Muhammad  Yusuf  2001-  yil  vafot  etdi.  Uning  qo’shiqlari, 
she’rlari xalq xotirasida hali uzoq yashaydi (109 ta so’z). 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish