D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/172
Sana31.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#202760
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   172
Bog'liq
Urinboyeva-D.-Rahimova-M.-Diktantlar-toplami

 
PALOV 
Palov  –  o‘zbek  milliy  taomlaridan  eng  mashhuri,  deb  bemalol  aytish 
mumkin.  Uni  ba’zan  osh  deb  ham  atashadi.  To‘ylar,  bayramlar,  sayllar 
usiz o‘tmaydi. 
Bu  taomni  har  kim  turlicha  tayyorlaydi,  har  kim  o‘zgacha  palovni 
xush ko‘radi. Palovni biz ham juda yaxshi ko‘ramiz (39 ta so‘z). 
 
O‘ZBEK KURASHI 
Bugungi  kunga  kelib  dunyoning  turli  burchaklarida  jahon  miqyosida 
o‘tkaziladigan  o‘zbek  kurashi  musobaqalarida  polvon,  kurash,  yonbosh, 
chala,  tanbeh,  dakki,  halol,  g‘irrom  kabi  bir  qancha  o‘zbekcha  atamalar 
barchaning  havasini  keltirib,  jaranglaydigan  bo‘ldi.  Biz  dunyo  miqyosiga 
chiqqan o‘zbek kurashi bilan haqli ravishda faxrlanamiz (40 ta so‘z). 
 
MILLIY SPORT 
O‘zbek xalqining ota-bobolari qadim zamonlaridan beri ko‘plab sport 
turlari  bilan  shug‘ullanib  kelishgan.  Bu  sport  turlaridan  poyga,  uloq 


25 
 
chopish, chavgon, kurash, merganlik, shatranj, tosh ko‘taish, arqon tortish 
kabilar xalq orasida keng tarqalgan (31 ta so‘z).  
 
KAMOLOT 
Inson kamolotga erishmoq kerak. Buning uchun har qanday harakterni 
ham  o‘zgartirsa  bo‘ladi.  Agar  inson  chinakamiga  istasa,  o‘zini  ayamasa, 
qanoat,  iqtidor,  hatto  jismoniy  kuchni  ham  o‘zida  topish  mumkin  (28  ta 
so‘z).  
 
MUNOSABAT 
Mashhur  nemis  yozuvchisi  Gyote  aytganidek:  Yaqin  kishilarimizga 
o‘zlariga  munosib  muomala  qilib,  biz  ularni  battar  buzamiz.  Agar  biz 
ularga  o‘zlaridan  ko‘ra  yaxshiroq  munosabatda  bo‘lsak,  ularga  yaxshi 
odamlar  deya  yondoshsak,  ularni  biz  yanada  yaxshiroq  bo‘lishga  majbur 
etamiz (35 ta so‘z).  
  
HISSIZ KISHI 
Dunyoda  shunday  odamlar  borki,  ular  o‘z  tuyg‘usi  va  ehtiyojlari 
haqida safsata sotib, aslida o‘zini ko‘z - ko‘z qilishdan bo‘lak hech qanday 
tuzuk  ehtiyoji  va  tuyg‘usi  bo‘lmaydi.  Bunday  hissiz  va  quruq 
kishilarninggina hayoti bo‘sh va nursiz bo‘ladi. Bunday  kishilarning hech 
kimga foydasi tegmaydi (42 ta so‘z).  
 
QADR-QIMMAT 
Har bir odam  o‘zining  va  o‘zgalarning vaqtini tejay bilmasligi –  o‘ta 
ketgan madaniyatsizlikdir. Har doim vaqtim yo‘q deguvchi kishilar aslida 
hech  narsa  qilmaydilar.  O‘z  vaqtining  loaqal  bir  soatini  behudaga 
o‘tkazmoqchi  bo‘lgan  kishini  hayotning  butun  qadr  -  qimmatini  hali 
tushunib  yetish  darajasiga  bormagan  desa  bo‘ladi.  Hech  bir  ishni  ertaga 
qo‘yma  –  vaqtning  qadriga  yetganlarning  ustunligi  ham,  siri  ham  shunda 
(56 ta so‘z).  
 
BAXT 
Baxt…  Baxt  haqida  buyuk  ajdodlarimizning  turli  fikrlari  mavjud. 
Baxt  mavhum  tushuncha  bo‘lib,  bir  g‘arb  yozuvchisi  shunday  fikrlarni 
keltiradi:  Agar  faqat  baxtli  bo‘lish  maqsad  qilib  qo‘yilsa,  bunga  tezda 
erishish  mumkin.  Lekin  odamlar  ko‘pincha  boshqalardan  ko‘ra  baxtliroq 
bo‘lishni  istaydilarki,  buning  deyarli  iloji  yo‘q,  chunki  aslida  bizga 
o‘zgalarning baxti ko‘proq bo‘lib tuyuladi (49 ta so‘z). 


26 
 
DONO ODAM 
Ulug‘larning aytishicha: Dono odamning hislati uch narsada namoyon 
bo‘ladi:  birinchisi,  boshqalarga  bergan  maslahatiga  o‘zi  ham  amal  qiladi, 
ikkinchisi  hech  qachon  haqiqatga  qarshi  bormaydi  va  uchinchisi,  o‘z 
atrofidagi  odamlarning  nuqsonlariga  sabr  -  toqat  bilan  chidaydi  (34  ta 
so‘z). 
 
VATAN MADHI 
Eng  go‘zal  va  dilbar  qo‘shiqlar  ham  Vatan  haqidagi  qo‘shiqlardir. 
Bunday jozibador qo‘shiqlar el-elatlarni birlashtiradi, ularni tinch-totuv va 
osoyishta  yashashga,  Vatanni  har  jihatdan  yuksaltirishga,  ko‘z 
qorachig‘idek  avaylab-asrashga  va  ko‘ksini  qalqon  qilib  himoya  qilishga 
da’vat etadi (34 ta so‘z). 
 
TARBIYA 
Tarbiya  –  boshqalarning  aql-idrokini  o‘stirish,  ma’rifat  ziyosidan 
bahramand  qilish,  haqiqiy  vatanparvar,  haqiqiy  fuqoro  etib  yetishtirish 
uchun,  eng  avvalo,  tarbiyachining  o‘zi  ana  shunday  yuksak  talablarga 
javob  berishi,  ana  shunday  buyuk  fazilatlarga  ega  bo‘lishi  kerak  (Islom 
Karimov) (32 ta so‘z). 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish