SAXOVAT
Bir muruvvatli saxiy odamning juda ko‘p doni bor edi. U turgan
shaharda oziq-ovqat tangligi boshlandi. Saxiy odam hamma donlarini
beva-bechoralarga ulashib tugatdi. Tanglik kuchaygach, o‘zi ham donga
muhtoj bo‘lib qolibdi. Kishilar uni malomat qilishdi:
– Qiziq odam ekansan, o‘zing muhtojlikka tushib qolishingni bila
turib, nega donlaringni hammaga ulashib berib yubording?
Saxiy kishi dedi:
– Xalq och bo‘la turib, men rohatda yashasam, insofsizlik qilgan
bo‘laman. Ochlik azobini xalq bilan barobar tortishni, xalq qayg‘usiga
sherik bo‘lishni vijdonim buyurdi. Men vijdonim buyrug‘iga itoat qildim
(100 ta so‘z).
40
Do'stlaringiz bilan baham: |