D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/174
Sana07.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#328912
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   174
Bog'liq
DIKTANTLAR TO‘PLAMI (metodik ko‘rsatma)

BAHOR GULLARI 
«Buyuklik  va  go'zallik  hamisha  yonma-yon  tursa  kerak»,  deb  o'ylay 
boshladi  Samandar  shaharda  o'riklar  gullab,  yo'laklarni  oq-qizg'ish 
gulbarglar  qoplab  olgan  va  ko'nglida  o'zidan  ko'ra  ulug'roq  bir  shijoat 
uyg'onayotganini anglagan, har bir go'zallik butun tarovati va fusunkorligi 
bilan ko'ngliga oqib kirayotganini his etgan paytlar bog' bahor kelishi bilan 
birdan  o'zgacha  yashillanib  jo'nagandi.  Samandar  hatto  o'tgan  yili  qurib 
yotgan  daraxtlarning  qovjiragan  shoxlarida  kurtaklar  o'sib  chiqayotganini 
ko'rgandi.  Garchi  chirkin  hidi  hamon  taralib  turgan  bo'lsa  ham,  endi 
bog'dan  ko'proq  ko'kat  hidi  kelardi;  bir  yovvoyi  g'urur  bilan  ochilib 
yashnagan anvoyi gullar ham bog'ga o'zgacha fusunkorlik bag'ishlangandi. 
Gullarni,  ayniqsa,  yalpizni  ko'rganda  Samandar  zavqlanib  ketardi. 
Yalpizlar  ham  bu  yil  har  yilgidan  ko'proq  edi.  Bolalar  bog'chasidan  oqib 
kelib,  bog'ning  etagini  aylanib  o'tadigan  ariqcha  atrofida  bir  qulochcha 
joyda  yalpizlar  gurillab  o'sib  chiqqandi.  Samandar  bog'dagi  go'zallikdan 
ruhi tiniqlashib borayotganini sezardi 
(129 ta so’z
). 
  
YALPIZ HIDI 
Dam olish kuni xonasida kitob o'qib  yotgan Samandarning dimog'iga 
birdan  yalpiz  solingan  sho'rva  hidi  urildi  va  sakkiz  yasharlik  payti  bahor 
kunlarining  birida  hayotlarining  burchagidan  otasining  bir  quchoq  yalpiz 
terib  kelgani  va  onasi  kechqurun  yalpiz  sho'rva  qilgani  esiga  tushdi-yu, 
kitobni  yopib,  havoni  burniga  torta  boshladi.  So'ng  o'rnidan  turib,  deraza 
pardasini  surdi  va  u  yerdan  ko'rinib  turgan,  hali  to'la  sarg'aymagan 
daraxtlarni  ko'rib,  ko'ngli  cho'kdi.  Bog'ga  hafsalasizlik  bilan  ko'z 
yugurtirdi.  Bog'dagi  daraxtlar  siyrak,  lekin  sershox  edi;  qarovsiz 
qolganidan bog'ni chirigan chakalaklar bosgan, ayni saratonda bu manzara 
noxush  taassurot qoldirar, ko'p  yillardan beri quyosh  ko'rmay kasal bo'lib 
yotgan  shol  kampirning  qo'lidek  quruq  va  ko'rimsiz  edi.  Derazaga  yaqin 
ikkita daraxt uzun marjon shaklida meva qilgan, mevasi hali g'o'r va daraxt 


68 
 
tusiga  nisbatan  yashilroq  va  yaltiroq  edi.  Daraxtlarning  ostida  botayotgan 
quyoshning tangacha shu'lalari o'ynoqlardi (Nazar Eshonqul) 
(128 ta so‘z).
 
 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish