GYOTE
Aslida Gyote kattalarning shoiri va uning nomi jahonning Shekspir,
Bayron, Pushkin, Gyugo kabi klassiklari qatorida turadi. Hatto, uni
olmonlarning Navoiysi desak ham bo‘ladi. Shoirning «Faust», «G‘arbu
Sharq devoni» singari katta she’riy asarlari, «Yosh Verterning iztiroblari»,
«Vilgelm Meysterning o‘qish yillari» nomli nasriy asarlari, «She’riyat va
haqiqat» degan tarjimai hol, ayni chog‘da she’r va hayot tadqiqiga oid
katta kitoblari ikki asrdan beri o‘quvchilar qo‘lidan tushmay keladi. Har
qanday buyuk ijodkor asar yaratarkan, yosh kitobxonlarni ham nazaridan
chetda qoldirmaydi. Gyote ham bundan mustasno emas
(81 ta so’z).
Do'stlaringiz bilan baham: |