“+”
qo‘yilgan, agar yozilmasa
“-”
ni kartochkani ko‘rsatadi.
Bunda o‘qituvchi bir vaqtni o‘zida bir necha o‘quvchini baholash
imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.
SURATLI DIKTANT
O‘quvchilar yozma va og‘zaki nutqini o‘stirish usullaridan yana biri,
suratli diktantdir. O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan, estetik didlarini, ijodkorlik ishtiyoqlarini shakllantiradigan
o‘qitish usuli hisoblanadi. Sinfxonadagi stullar orqama – orqa qo‘yiladi.
O‘quvchilar ham bir – birlariga orqa o‘tirgan holda surat chizadilar.
Alohida dars ko‘rinishidagi bu usulda birinchi o‘quvchi manzarani bayon
qiladi. O‘rtog‘i esa uni suratga tushiradi. Diktant davomida o‘quvchilar
almashadilar va surat chizib bo‘lingach, u tasvirlanadi. Tasvirlangan matn
yozib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |