55. Nineviya qaysi qadimiy davlatning poytaxti bo’lgan?
a) Ossuriya podsholigi b) Isroil podsholigi
c) Midiya podsholigi d) Urartu podsholigi
56. Etrusklar qaysi mintaqada yashagan?
a) Pireniy yarim oroli b) Kichik Osiyo
c) Apennin yarim oroli d) Krit oroli
57. Qaysi qadimiy davlatning hududi Hindiston va Xo’tandan O’zbekistonning janubiy viloyatlari va Afg’onistongacha bo’lgan hududlarni qamrab olgan edi?
a) Qadimgi Baqtriya davlati b) Yunon-Baqtriya podsholigi
c) Salavkiylar imperiyasi d) Kushon podsholigi
58. Trayan hukmronligi davrida Rim imperiyasi tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kiritilgan?
a) Suriya va Mesopotamiya b) Suriya va Makedoniya
c) Armaniston va Dunaybo’yi d) Galliya va Mesopotamiya
59. Troya urushi nihoyasiga yetadi. Yunonlar Troyani talaydilar va mo’l-ko’l o’lja ilinjida yurtiga qaytmoqchi bo’ladilar. Ular ……… dengizi orqali uzoq va xatarli yo’ldan o’tishlari kerak edi?
a) Egey b) O’rta yer c) Boltiq d) Qora
60. Zama shahri yaqinidagi jangda Karfagen armiyasini tor-mor keltirgan Rim sarkardasini aniqlang?
a) Yuliy Sezar b) Ssipion c) Mark Krass d) Gannibal
Do'stlaringiz bilan baham: |