5.5. Kabina va kuzovlarni stekloplastikdan tayyorlash
texnologiyasi
Stekloplastikdan ishlangan kabina va kuzovlar quyidagi tur-
larga ajratiladi: barcha detallari plastmassadan ishlangan; metall
karkasli yoki ayrim detallari metalldan ishlangan; metalldan ish-
langan va plastmassa detallar bilan qoplangan.
Stekloplastiklarni, afzalligi barcha detallari plastmassadan ish-
langan kabina va kuzovlarda yaqqol ko‘rinadi. Bu kuzov va ka-
binalar yengil, issiq va sovuqni o‘tqazmaydigan bo‘ladi. Uch qat-
lamli panellardan ishlangan kuzovlar yuqori mustahkamlikka ega.
Bu konstruksiyalarda tashqi va ichki panellar stekloplastikdan
tayyorlanadi va orasidagi bo‘shliq penoplast bilan to‘ldiriladi.
Konstruksiyali stekloplastik materialni yaratish va kuzov
detalini ishlab chiqarish jarayoni bir vaqtda bajariladi.
Stekloplastik materiallar qolipga solinib presslash va kontakt
shakl berish usullari bilan tayyorlanadi.
Qolipda presslash usuli bilan tayyorlangan materialda oyna
tolalarining miqdori bog‘lovchi materialga nisbatan ko‘proq bo‘-
ladi. Shuning uchun bu usul bilan tayyorlangan material va detallar
mustahkamligi kontakt shakl berish usuliga nisbatan 2 marta yuqori
bo‘ladi.
Seriyali ishlab chiqarishda kuzov va kabinalarni tayyorlash
uchun maxsus list shaklidagi yarim fabrikatlar ishlatiladi (prep-
riglar).
Kuzov va kabinaning katta panellarini tayyorlashda texnologiya
talablari hisobga olinadi. Detaldagi birikish radiuslari detal
qalinligidan ikki marta katta bo‘lishi va detalda o‘tkir burchaklar
bo‘lmasligi kerak. Detalni press-formadan chiqazib olish uchun
uning yonaki yuzalarining og‘ish burchaklari 3° dan kichik bo‘l-
masligi kerak. Bundan tashqari yonaki yuzalarda bikrlik qovur-
80
g‘alari, ichkariga kirgan yuzalari bo‘lmasligi shart. Aks holda
detalni press-formadan chiqarib olishda brak hosil bo‘ladi.
Detal pres-formada qizdirilib tayyorlanadigan bo‘lsa, panellar-
ning qalinligi bir xil bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Detalni pres-formadan ajratib olish uchun press-forma avval
ajratuvchi suyuqlik bilan surtib chiqiladi. Press-formadan chiqazib
olingan detal erutivchi suyuqlik bilan yuviladi.
Kabina va kuzovlarni yig‘ish panellarini bir-biriga yelimlash,
vintlar bilan karkasga mahkamlash kombinatsiyalashgan usullar
bilan amalga oshiriladi. Panellar epoksid yelimi asosida tayyor-
langan yelimlar yordamida bir-biriga yopishtiriladi. Kabina va
kuzovlarni yig‘ishda suyuq yelimlar va qizdirish talab qiladigan
yelimlar ishlatiladi. Seriyali ishlab chiqarishda tasma shaklidagi
va qizdirish natijasida yumshaydigan yelimlar ishlatiladi.
Birlashtiriladigan detallar detalni mahkamlash,
yelimlanadigan chokni ustidan siqish va qizdirish qurilmali
yig‘ish moslamasiga o‘rnatiladi.
Prepriglardan detallarni tayyorlashda, press-formada
bosim hosil qilinadi va xomaki qizdiriladi. Detalni tayyorlash
vaqti 3–3,5 daqiqa. Stekloplastikdan tayyorlangan, kabina va
kuzovlarga sarflangan xarajatlar metalldan tayyorlanganlarga
nisbatan 30 % kam bo‘ladi.
81
Do'stlaringiz bilan baham: |