3. Davriy jadvaldagi qonuniyatlar
Davriy jadvaldagi elementlarning elektron tuzilishi asosida bir element atomidan ikkinchisiga o‘tganda ba’zi o‘xshash qonuniyatlar kuzatiladi.
Chala o‘xshash elementlar. Bu xil elementlar elektron konfiguratsiyalari ba’zan kichik oksidlanish darajasi uchun o‘xshash (C, Si va Ge, Sn, Pb) yoki yuqori oksidlanish darajasida bir xil elektron strukturali valent pog‘onaga ega bo‘ladi (Si va Ti).
To‘la o‘xshash elementlar. Bunday elementlar turli xil oksidlanish darajasida tashqi elektron pog‘onalari bir xil tuzilishga ega. Bunday guruhlash V.B.Nekrasov tomonidan kiritilgan bo‘lib, ularga 2 guruhda Be, Mg, 14 guruhda C, Si, ishqoriy-yer metallardan Ca, Sr, Ba, Ra, qo‘shimcha guruh elementlaridan Zn, Cd, Hg, 14 guruh elementlaridan Ge, Sn, Pb va Ti, Zr, Hf lar kabi o‘xshash elementlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |