D. I. Mendeleyev davriy qonuni


Organik birikmalar(to’yingan va to’yinmagan uglevadarodlar, galogenli xosilalar)



Download 449,17 Kb.
bet26/28
Sana20.04.2022
Hajmi449,17 Kb.
#565905
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Organik birikmalar(to’yingan va to’yinmagan uglevadarodlar, galogenli xosilalar).
Organik birikmalar tarkibidagi uglerodning xossasi uning D.I.Mendeleyev davriy jadvalidagi tutgan o’rniga bog’liq bo’lib, bu xossa uglerod atomining boshqa element atomlari bilan kovalent bog’lar hosil qilishi yordamida tushuntiriladi. C – atomlarining o’zi ham o’zaro kovalent bog’lar orqali birikib, har xil ko’rinishdagi (chiziqli, tarmoqlangan va yopiq) uglerod zanjirlarini hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday xususiyat boshqa ba’zi elementlarda ham bor. Lekin ular o’zaro birikkanda uzun zanjir hosil qila olmaydi. M-n: 3 atomli kislorod, 4 atomli azot, 6 atomli kremniy va 8 atomli oltingugurt o’zaro birikib, qisqa zanjirli birikmalar hosil qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda C – atomlaridan shunday yuqori molekular moddalar olinganki, ularda minglab C – atomlari o’zaro birikkandir. Organik birikmalar 400-600 C da qizdirilganda to’liq parchalanadi yoki ko’mirga aylanadi, kislorod ishtirokida yonadi (ba’zi organik moddalar m-n: CCl4 va shu kabilar bundan mustasno), ko’pchilik anorganik moddalar esa yonmaydi. Organik birikmalar ko’pchilik anorganik moddalardan ionlarga ajralmasligi bilan farqlanadi. Chunki anorganik birikmalarning atomlari ionli, organik birikmalarning atomlari esa kovalent bog’lar bilan bog’langan. Shu sababli organik birikmalar noelektrolitlar hisoblanadi. Organik birikmalarning atomlari o’zaro kovalent bog’langanligi tufayli reaksiya sekin boradi va olinishi kerak bo’lgan modda to’liq hosil bo’lmaydi. Anorganik birikmalarda, odatda, reaksiya tez boradi va kutilgan moddalar to’liq hosil bo’ladi. Organik birikmalarda izomeriya hodisasi mavjud. Tarkibi va molekular massasi bir xil bo’lib, fizik va kimyoviy xossalari jihatidan o’zaro farq qiladigan moddalar izomer moddalar, ya’ni izomerlar deyiladi. (Izomeriya hodisasi XIX asrning birinchi choragidan beri ma’lum bo’lib, bu iborani fanga birinchi marta shved olimi Y. Berselius kiritgan). Bu hodisaning sabablarini ilmiy asosda dastlab rus olimi A.M.Butlerov tushuntirib bergan. Organik kimyoda, odatda, tuzilish yoki struktura formulalardan foydalaniladi. Organik birikmalar, asosan, molekular kristall panjaraga ega bo’lgan moddalardir.
Organik birikmalarning muhim sinflariga quyidagilar kiradi:
1. Uglevodorodlar
2. Uglevodorodlarning galogenli hosilalari
3. Spirtlar
4. Oddiy va murakkab efirlar
5. Karbonilli birikmalar
6. Karbon kislotalar
7. Aminobirikmalar
8. Nitrobirikmalar
9. Sulfokislotalar
10. Metallorganik birikmalar
11. Aralash funksiyali birikmalar
Quyida biz organik birikmalarning yuqorida keltirilgan muhim sinflari bilan batafsil tanishib chiqamiz.
UGLEVODORODLAR. Uglevodorodlar deb − uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan organik birikmalarga aytiladi. Uglevodorodlar molekulasidagi C-atomlarining o’zaro bog’lanishiga va ulardagi H-atomining nisbatiga qarab quyidagi sinflarga bo’linadi:
1. Alkanlar − to’yingan uglevodorodlar.
2. Sikloalkanlar.
3. Alkenlar − etilen qatori uglevodorodlar.
4. Diyen uglevodorodlar.
5. Alkinlar − atsetilen qatori uglevodorodlar.
6. Arenlar − aromatik uglevodorodlar.
Uglevodorodlar to’yingan va to’yinmaganlarga bo’linadi.


Download 449,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish