Qotishmalar. O’zbekistonda metallurgiya sanoati.
Ikki va undan ortiq elementlarni (metallarni metallar bilan yoki metallarni metalloidlar bilan) birga suyuqlantirish, qizdirib qovushtirish va boshqa yo‘llar bilan olingan murakkab birikmaga qotishma deyiladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ular tarkibiga kiruvchi elementlar xiliga, miqdoriga va boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ularda quyidagi birikmalar uchraydi:
1. Mexanik aralashma. Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari birlamchi kristal-lanish jarayonida bir-biriga tortilmay, balki qochsa, bunday qotishmaga kiruvchi har bir element atomlari kristallanishida mustaqil kristallar hosil qiladi va ularning donachalari ayrim-ayrim mexanik aralash-mani beradi.
2. Qattiq eritma. Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari bir-birida to‘la yoki cheklangan holda erisa bunday qotishmalarga qattiq eritmalar deyiladi. Bu xususiyat qattiq holatda ham saqlanadi.
3. Kimyoviy birikma. Birlamchi kristallanish jarayonida elementlarning o‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishuvi natijasida hosil bo‘lgan birikmalarga kimyoviy birikma deyiladi. Bu birikmalar kristall panjaralari ularnikidan o‘zgacha bo‘ladi.
Qotishmalarning holat diagrammalari va ularning tuzilishi
Qotishmalar tarkibidagi element (komponent) larining xili konsentratsiyasi va temperaturasi o‘zgarganda fazalarining qanday holatda bo‘lishini ko‘rsatuvchi diagramma shu qotishmaning holat diagrammasi deyiladi. Qotishmalarning holat diagrammasi uning ayni sharoitda eng kichik erkin energiyali barqaror fazalar holatini ko‘rsatgani uchun bu diagramma qotishmaning muvozanat diagrammasi deb ham ataladi.
Keng miqyosda ishlab chiqariladigan qotishmalarga quyidagilar misol boʻladi:
Poʻlat - temir va uglerod.
Birinj (latun) - mis va rux.
Bronza - mis va qalay.
Duralyuminiy - alyuminiy, mis, marganets va magniy.
Invar - temir va nikel.
Xalqaro mehnat taqsimotida O`zbekiston rangdor metalurgiya sanoati bilan ajralib turadi. Respublika hududida bu sanioat uchun kerakli bo`lgan va yetarli miqdorda xom – ashyo chinoncghi polimetal rudalari, mis, oltin, vol`fram, molibden va boshqa rudalar mavjud. Jumladan: oltin zaxiralari bo`yicha Respublika dunyoda 4- o`rinda, uni qazib olish bo`yicha 7- o`rinda, mis zahiralari bo`yicha 10-11 o`rinda, uran zahirasi bo`yicha, 7-8 o`rinda turadi. (Islom Karimov 1997 yil ) O`zbekistonda 40ta qimatbaho metal konlari topilgan. oltinning asosiy zahirasi Markaziy Qizilqumdadir.
Respublikada kumush konlari va Visokovolt`noye O`qjetpes, Kostmonovtchi (Navoiy viloyati) va Oqtepa (Namangan viloyati) konlaridir. O`zbekistonda rangli metallar mis, qo`rg`oshin, rux, vol`framlarning zahiralari ko`p. Mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi qazib olinadi. Qalmoqir konidan mis molibden rudasi qazib olinadi. Uni Olmaliq kon metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Mis Dalniy konidan olinadi. Bu kon zahirasi qazib olishning tannarxi undan boshqa foydali qazilmalarni ( kumush, oltin, molibden va boshqalar) ajratib olinishi jihatdan MDH mamlakatlari orasida tengi yo`q. Respublikada qo`rg`oshin, rux, Uchquloch (Jizzax viloyati)va Xondiza konlarida jamlangan.
O`zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta etibor berilgan . U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi. Biroq uning hisasiga Markaziy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning ( 2/3) qismi to`g`ri keladi. Markaziy Osiyoda umuman metallurgiya sanoati tarmoqlari bir tekisda rivojlanmagan. Asosiy markazlari Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |