Yelka pastki qismining ko‘ndalang diametri
- yelka suyagi-
ning tashqi va ichki do‘ngliklari orasidagi eng katta masofadir.
Yelka do‘nglik kengligi tirsakni bukkan holda shtangensirkul
bilan oichanadi. Sirkulning bitta oyoqchasi medial do‘nglikka, ik-
kinchisi lateral do‘nglikka qo‘yiladi.
Bilak quyi qismining ko‘ndalang diametri
— kichik bilak
va tirsak suyaklari bigizsimon o‘simtalari orasidagi eng katta
masofadir. Yelka suyagining kengligi bigizsimon o‘simtalar
orasida aniqlanadi. Sirkulning bitta oyoqchasi tirsakka, ikkinchisi
bilakka qo‘yiladi. 0 ‘lchanayotgan sirkul oyoqchasiga sal botadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |